Mavzu: tadbiqiy sport psixologiyasining rivojlanish bosqichlari. Topshirdi: raximov bobur qabul qildi


I 2. G’arbiy Yevropa va Amerikada sport psixologiyasi fanining yuzaga kelishining ilk bosqichlari



Download 139,5 Kb.
bet6/11
Sana29.12.2021
Hajmi139,5 Kb.
#76953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bobur Kurs ishi Tad.Sport ps.si

I 2. G’arbiy Yevropa va Amerikada sport psixologiyasi fanining yuzaga kelishining ilk bosqichlari.

Psixologiya – bu hayotning alohida shakli sifatida psixikaning rivojlanishi va faoliyati qonunlari haqidagi fandir. Mazkur fan tarkibida “Sport psixologiyasi” fanining vujudga kelishida albatta xorijiy davlatlar xususan G’arbiy Yevropa va Amerikalik psixolog olimlarning fan rivojiga qo’shgan shubhasiz hissasi kattadir. «Sport psixologiyasi» fani bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilari va murabbiylarga har bir sport turi bo‘yicha psixologik ta’lim berishda hamda jismoniy madaniyat va sport tadbirlarini tashkil etishning tashkiliy va tarkibiy tizilmalarini ishlab chiqishda yordam beradi. Bu fan jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlash fakultetlarida, jismoniy madaniyat bilim yurtlarida majburiy ta’iim hisoblanadi. «Sport psixologiyasi» fani psixologiyaning yangi sohasi bo‘lib bu soha 1913 - yilda Pe’rde Kubertenning Olimpiada qo‘mitasi tashkil qilinishi munosabati bilan shakllana boshladi. 1920—40-yillarda Germaniya, Amerika va boshqa davlatlarda «Sport psixologiyasi» fani ommaviylashdi. Umuman olganda, ikkinchi jahon urushidan keyin «Sport psixologiyasi» fani tez rivojlandi. Jahon rekordlarining o‘sishi bu fanining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Jahon birinchiligi, olimpiada o‘yinlarida kuzatilgan natijalar sportchining psixologik tayyorgarligi ularning yaxshi ko'rsatkichlarga erishishida asosiy omillardan biri ekanligi qayta-qayta isbotlandi.

1965-yil Rimda birinchi sport psixologiyasi kongressi o‘tkazildi. Bunda doimiy rahbarlik organi va jamiyat prezidenti saylandi. Sport psixologiyasi bo'yicha keyingi kongresslar 1973-yil Madridda, 1977- yil Pragada, 1986-yil Vashingtonda o‘tkazildi. Madriddagi kongressda chexoslavakiyalik professor Miroslov Vanek jamiyat prezidenti etib saylandi. 1970-yildan boshlab maxsus xalqaro sport psixologiya jurnali chiqarila boshlandi. 1967-yilda Shimoliy Amerikada, 1969-yilda Yevropa davlatlarida sport psixologiyasi tashkilotlari tuzildi.

XIX asrning oxirlarida Amerikada murabbiylar tayyorlash maktablari ochildi, jismoniy madaniyat darslari fakultativ tarzida tashkil etildi, “Biomexanika” va “Harakat fiziologiyasi” fanlari bo‘yicha maxsus kurslar o‘tildi. XX asr 50-yillarning oxirlariga kelib, sport psixologiyasi sport amaliyotida qo‘llanila boshlandi, jismoniy madaniyat rejasi va dasturlariga kiritildi. 60-yillarning boshlariga kelib, «Sport psixologiyasi» faniga bo‘lgan qiziqish o‘sdi. Jahon miqyosida sport bo‘yicha yangi axborotlarning paydo bo'lishi natijasida «Sport psixologiyasi» fani tez rivojlandi: darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy adabiyotlar ingliz va rus tillarida chop etila boshlanganligi bois, sport sohasida ilmiy tadqiqot ishlari yo'lga qo‘yildi.

AQSHda sport psixologiyasi mutaxassislaridan Frenklin Xenri va Artur Sleyter XemmeUar mazkur fan bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar, ilmiy tajribalar olib bordilar, maxsus dasturlar ishlab chiqdilar. Angliya, Italiya, Yaponiya mutaxassislari bilan yaqindan aloqa o‘rnatildi. 60-yillarda Amerikada «Sport psixologiyasi» fani bo'yicha olimlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, nazariy bilimlar yetishmasdi. Shu tufayli ilmiy izlanishlarning ko‘pchiligi sport harakati malakalarini takomillashtirishga qaratilgan edi. Asta-sekin mutaxassis olimlar sportchilarda musobaqadan oldin va musobaqa paytida paydo bo’ladigan emotsional holatlar bilan bog‘liq vaziyat, harakat va holatlarni ham ilmiy tatbiq etishga kirishdilar.

Sportchilarning startdan oldingi ruhiy holatini murabbiylar, fiziologlar, psixologlar katta qiziqish bilan ko‘p yillardan buyon o‘rganib kelmoqdalar. Lekin sportchilarning startdan oldingi ruhiy tayyorgarlik holati haqidagi ko‘plab muammolar, masalalar shu kungacha yaxshi ishlab chiqilmagan yoki ilmiy hal qilinmagan. Faqat Z. Myuller ayrim risola va maqolalarida xalqaro sport musobaqalarida sportchilarning yomon ko‘rsatkichlari faqat ularning jismoniy, texnik yoki taktik tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki ularning musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatiga ham bog‘liq ekanligini ancha batafsil tushuntirib berishga erishgan. [5]

“Biz atletni faqat kislorod iste’moli darajasiga, glikogenli omborlarga va biomexanik o’lchovlarga asoslangan holda to’liq tasavvurga ega bo’la olmaymiz. E’tiborga olish kerak bo’lgan asosiy narsa bu psixologiya, sportdagi eng yuqori yutuqlarni aniqlaydigan shaxsiy fazilatlarni tushunish. Agar sportchi stressni boshqarishga qodir bo’lsa, shovqinlarga bardoshli bo’lsa va o’zgaruvchan sharoitlarga qanday moslashishni bilsa, unda bizda to’liq to’plam mavjud. Tadqiqot va amaliy ishlanmalarni har tomonlama, ammo ayniqsa psixologik jihatdan hisobga olgan holda amalga oshirish kerak.” degan edi Piter Snell, uch karra Olimpiya chempioni, fiziologiya doktori[4]

Bugungi kunda ham ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarda biri Richard.X.Koks 1973-yilda Oregon universitetida Sport psixologiyasi va motor ta’lim bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini va 1967 va 1968 yillarda Brigam Yang universitetida magistrlik darajasini olgan. Sport pssixologiyasi va motorli o’qitish sohalarida ko’plab ilmiy ishlari nashr etilgan. Doktor Koks Kanzas shtat univaersitetida 12 yil, Ball davlat universitetida 4 yil o’qituvchi bo’lib ishlagan va 15 yil davomida Missuri – Kolumbiya universitetida jismoniy mashqlar va turli kafedralarda mudirlik qilgan. Sport fanlari va ta’lim, maktab va maslahat psixologiyasida sport psixologiyasi dasturining direktori. Doktor Koks Amerika sog’liqni saqlash jismoniy tarbiya, dam olish va raqs alyansi tadqiqot konsorsiumi a’zosi va amaliy psixologiyasini rivojlantirish uyishmasida sertifikatlangan maslahatchi hisblanadi. [6]

Albatta sport psixologiyasi fanining bugungi taraqqiyot darajasiga yetishida G’arbiy Yevropa va Amerikalik sport psixologlarining hissalari kattadir. Chunki ularning izlanishlari o’zining amaliy xarakteri bilan ajralib turadi.


Download 139,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish