II BOB Mamlakatimiz va Rossiya ilm-fanida sport psixologiyasining o’rganilishi.
Rossiya ilm-fanida sport psixologiyasining rivojlanishi. P.A.Rudik va A.S.Punilarning ilmiy sa’y-harakatlari.
Mamlakatimizda sport psixologiyasi fanining rivojlanishi va fan rivojiga hissa qo’shgan olimlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, unig istiqboli bugungi avlodning, bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo’lib yetishishiga bog’liqdir. Buo’rinda inson ruhiyati qonunlarini o’rganuvchi psixologiya fani va uning sohalari alohida ahamiyat fasb etadi. Insonni jamiyatimiz uchun to’laqonli, faol barkamol shaxs sifatida shakllantirish, samaradorligini yanada oshirishda psixologiya ilmi va uning amaliyotda to’g’ri yo’nalishga ega bo’lishi juda muhimdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishganidan so’ng qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonunlar, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Millatni jahonga sportchalik tez tanitadigan soha bo’lmasa kerak. Shu sababdan sport sohasini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Dastlab O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 2002-yil 24-oktyabrda respublikamizda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish maqsadida “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” gi Farmoni jismoniy madaniyat o’qituvchilari va murabbiylari oldiga yanada murakkab vazifalarni qo’ydi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2018-yil 5-martdagi PF-5368 sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubda takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoniga muvofiq: Joylarda yosh va saloiyatli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda milliy terma jamoalar va professional sport klublari xususan futbol jamoalari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida bolalar va o’smirlar futbol akademiyalarini tashkil etish belgilandi. [1] Shu sa’y-harakatlarning o’zi ham sportga xususan bolalar sportiga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilayotganligining yorqin misoli bo’la oladi. 2018-yil 31-oktyabr kuni Prezidentimiz boshchiligida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarnintanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshaootlarini barpo etish” masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Mazkur yig’ilishda sport sohasi uchun malakali kadrlar va murabbiylar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. [2] Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo milliy istiqlol g’oyalari talablari asosida sportchilarning ruhiyatini o’zgartirish, ularda faollik, mehnatsevarlik, irodalilik, o’zini tuta bilishlik, mustaqillik, chidamlilik, epchillik matonatlilik, shuningdek, o’z xatti-harakati uchun javobgarlilik hissini o’stirish muhim o’rin tutadi. Bu hayotiy vazifani bajarish uchun sportchilarda o’z faoliyat turlariga oid bilim, malaka va ko’nikmalarni yanada rivojlantirishga mo’ljallangan sport psixologiyasi mexanizmlari ishlab chiqilgan psixologik xizmatning ahamiyati kattadir. Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, keying yillarda sportchilarni jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorlash va chiniqtirishning nazariy pedagogik va psixologik asoslarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etayotgan “Sport psixologiyasi” fanini rivojlantirishga kata hissa qo’shib kelayotgan olimlarimizning soni yil sayin o’sib bormoqda. [5] Mamlakatimizda bugungi kunda aholi orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, turli yosh vakillari xususan yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug’ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, turli sport musobaqalari orqali yoshlarda o’z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona vatanga sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish, shuningdek qobiliyatli va o’z imkoniyatlariga ishonadigan, kelgusida vatanimiz bayrog’ini jahonga tanitishga bel bog’lagan sportchilarimiz bilan ishlash mexanizmini tubdan takomillashtirish masalalarida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekistonning xalqaro miqyosda obro’-e’tibori va sport salohiyati yildan-yilga oshib borayotgani, respublikamizning turli hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshaootlaribarpo etilayotgani, o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” kabi sport musobaqalari ommalashib borayotganligi ayniqsa ahamiyatlidir.
Keyingi yillarda O’zbekiston Psixologiya fani o’z taraqqiyot yo’lini rivojlantirmoqda. Bu borada O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutining psixologiya sektori, O’zbekiston davlat Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedralari a’zolari samarali tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Bugungi kunda O’zbekiston Olimpiya zaxiralari sport kollejlari o’quvchilariga ham psixologik bilim berilmoqda. Sportchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni har taraflama o’rganish orqali ular o’rtasida do’stona aloqalarni yuksak darajada qaror toptirishga erishilmoqda. Yosh sportchilarni kamol toptirish masalasi bilan ham to’g’ridan-to’g’ri psixologiya fani shug’ullanadi. Barkamol avlod shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishiga faol ta’sir qiladigan ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiyaning yuksakligi ahamiyatini psixologiya fani tadqiq etadi. [5] Haqiqatdan ham sportchilarni bo’lg’usi musobaqalarga tayyorlashda nafaqat jismoniy tarbiya murabbiylarining balki, sport psixologlarining ham xizmatlari beqiyosdir. Negaki sportchi musobaqalarga jismonan ham ruhan tayyor bo’lishi lozim. Musobaqadan kutilayotgan ijobiy nataijalarni ham asosan aynan yuqoridagi ikki omil belgilab beradi. O’zbekiston Olimpiya zaxiralari sport kollejlarida umumiy psixologiya fanini o’qitish tajribasi shuni ko’rsatadiki, adabiyotlarni mustaqil tarzda o’zlashtirmay va psixologik kuzatishlar hamda tajribalar o’tkazish malakalari va ko’nikmalariga ega bo’lmay turib, o’quvchilar psixologiyaga oid bilimlarni chuqur o’zlashtira olmaydilar. Hozirgi kunda respublikamizda Sport psixologiyasidagi asosiy muammolarimizdan biri bu Olimpiya zaxiralari kollejlari va Oliy ta’limdagi jismoniy tarbiya yo’nalishlari talabalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma va adabiyotlarning yetishmasligidadir. Bu o’rinda rivojlangan xorij davlarlarida sport psixologiyasida erishilgan tajribalarni yanada keng o’rganish va milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan holda amaliyotga tadbiq qilish zarurati tug’ilmoqda. Bundan tashqari mamalakatimiz psixolog olimlari bilan chet elda faoliyat yuritayotgan sport psixologlari o’rtasida hamkorlikda ishlash samaradorligini yanada rivojlantirish bugungi kun davr talabiga aylanmoqda. Bugungi kunda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan e’tibor kelajakda sportchilarimizning xalqaro olimpiada va musobaqalarda mamlakatimiz bayrog’ini yanada yuqori cho’qqilarga ko’tarishlariga zamin vazifasini o’taydi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sport psixologlarining oldidagi vazifa esa sportchilarning ruhiy tayyorgarligini hamisha tog’ri baholab ularni irodaviy sifatlarini yanada rivojlantirgan holda, ularda chidamlilik, maqsadga intiluvchanlik, tez va aniq qaror qabul qila olish, o’z imkoniyatlariga ishonch kabi irodaviy sifatlarni shakllantirib borishdan iboratdir. Bundan tashqari sportchilarda yuaga kelishi mumkin bo’lga salbiy psixologik xususiyatlarni o’z vaqtida profilaktik chora-tadbirlar asosida aniqlab, ularni korreksiya qilib boorish ham o’ta muhim sanaladi. Bu o’rinda turli hil trening, metodikalar va boshqa relaksatsion mashqlar yaxshi samara berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |