4- sinf. Bu sinf o’quvchilari o’quv yili yakunida quyidagilarni bilishlari kerak:
yashash joyi tabiatining xususiyatlari (tekislik, tuproq, foydali qazilmalar,
suv havzalari, o’simlik va hayvonlar)ni;
kishilar mehnatini;
foydali qazilma (temir va mis rudasi)ning fizik xossalarini;
tabiat zonalari xaritasida o’zbekistonning geografik joylashishi, o’rnini;
turli tabiiy sharoitlar va ularning kishilar tomonidan o’zlashtirilishini;
tabiatni muhofaza qilish bo’yicha o’zbekistondagi asosiy tadbirlarni;
tabiatda o’zini tutish qoidalarini;
yerning tuzilishi xossalari, uning tepaliklari (globus, geografik xarita)ni;
quruqlik va okeanlar nomlarini. o’quvchilar bajara
olishlari shart:
yarim sharlar, tabiiy zonalar, fizik xarita va globusdan o’zbekiston
Respublikasini chegaralab so’zlab berishni;
globus va xaritada ufq tomonlarini aniqlash, o’rganilgan zonalarni topish va
ko’rsatishni;
tabiatdagi o’zaro bog’liqlik, tabiat va inson o’rtasidagi bog’liqlikni
tushuntirishni;
tabiiy iqlim, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy sharoitlar, odamlar mehnati
o’rtasidagi bog’liqlikni keltira bilishni;
“Kundalik kuzatish daftari”ga ob-havo kuzatishlarining natijasini belgilab
borishni;
tabiat atrofni muhofaza qilish chora-tadbirlarini qo’llash, tabiatda o’zini tuta
bilishni.
“5” baho o’quvchiga dasturning asosiy mavzulari bo’yicha aniq bilimlarga - reja
bilan xaritaning, joyida ufq tomonlarning farqiga borishiga, kompasdan
foydalanishiga, o’z oikasi tabiati to’g’risida (darslik yoki mahalliy
o’lkashunoslik qo’llanmasi hajmida) gapirib berishiga, o’z kuzatishlaridan
amalda foydalanish uquvlariga, shuningdek, Vatanimiz tabiati to’g’risida
to’g’ri, to’liq hikoya qila bilishiga, har xil zonalar tabiatidagi sabab-oqibat
aloqalarini ko’rsata olishiga; tabiatni avaylab-asrash nimadan iboratligini va
odamlarning tabiatni qanday asrayotganliklarini tvfchuntira olishiga; amaliy
ishlarni to’g’ri bajarishi va “Kundalik kuzatish daftari”ni muntazam yuritishiga
qo’yiladi.
“4” baho o’sha bilimlar uchun qo’yiladi, ammo javob berishda uncha katta
bo’lmagan noaniqlikka yo'l qo’yilgan bo’ladi.
“3” bahosi bilimlarning noaniqligi, to’la emasligi, o’quv materialining
bo’sh ekanligi, hikoyada o’z kuzatishlaridan
foydalana olmaganligi amaliy ishlar va kuzatishlar kundaligi yuritishni
sifatsiz bajaiganligi uchun qo’yiladi.
“2” bahosi o’quvchi kerakli narsani topolmagan va uning xususiyatlarini
to’g’ri ta'riflay olmagan, shuningdek, shu guruh-ning xarakterli belgilarini ko’rsata
olmagan, hodisalarni tushun-tirolmagan va aniq misollar keltirolmagan, tajriba
o’tkazolmagan, xulosalarni ifodalay olmagan hollarda, shuningdek, javob berishda
adashib, biroq materialni tushunganida qo’yiladi.
“1” bahosi o’quvchi butunlay javob bermagan yoki “taxminan” javob bergan,
materialni tushunmagan hollarda qo’yiladi.
O’qituvchi bu me'yorlardan foydalana borib, har bir o’quvchining individual
xususiyatlarini, uning o’quv materialini o’zlash-tirishga ishtiyoqini, o’zining
kamchiliklari va qiyinchiliklarni bartaraf qilish qobiliyatini hisobga olishi zarur.
Baho sinfdagi yoki joylardagi amaliy ishlar uchun ham qo’yilishi mumkin.
Bunda ishning izchil va puxta bajarilishi, o’quvchining mustaqillik darajasi, olingan
xulosalarning to’g’riligi, ularni ifodalana olishi hisobga olinadi. Har oyda kamida bir
marta o’quvchilarning “Kundalik kuzatish daftari”dagi ishlar baholanadi. Baholashda
kuzatishlarning mustaqilligi, o’z vaqtida o’tkazilganligi, ob-havoni qayd qilishning
to’g’riligi hisobga olinadi. “Kundalik kuzatish daftari”da o’quvchilar yo'1 qo’ygan
imlo xatolari albatta tuzatiladi, ammo tabiatshunoslik bo’yicha baho qo’yishda bu hol
hisobga olinmaydi, ammo uni bartaraf etishni e'tiboiiga olish zarur.
O’quv choragi yoki yili uchun yakuniy baho qo’yishda o’qituvchi
o’quvchilarning dastur talablarida ko’rsatilgan bilim, o’quv va ko’nikmalarni
qanchalik
egallaganliklarini
hisobga
olishi
lozim.
Bunda o’quvchilarning
og’zakijavoblari, amaliy faoliyatlari va “Kundalik kuzatish daftari”ni yuritish sifati
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |