Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


-MAVZU. BILIMLARNI TAKRORLASH, O’QUVCHILARNING BILINT



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/146
Sana31.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#252863
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida

 
18-MAVZU. BILIMLARNI TAKRORLASH, O’QUVCHILARNING BILINT, 
UQUV VA KO’NIKMALARINI TEKSHIRISH, UNING TURLARI 
 
Reja: 
1.  Tabiatshunoslik darslarida o’tilgan materialni takrorlash va 
umumlashtirish 
2.  Bilimlarni yozjna tekshirish. Bilim, uquv va ko 'nikmalarni baholash.  
3.  Tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish.  
4.  Kundalik kuzatish daftari va tabiat hamda mehnat kalendari 
(taqvimi). O’quvchilar bilimini tekshirishga umum metodik talablar. 
O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quv-chilar bilimini 
tekshirishi  va  baholashi  o’qitish  jarayonining  majburiy  elementidir.  Tekshirish 
bilimlarni  mustahkamlash  va  aniqlashtirishga  xizmat  qiladi.  Bilimlarni  takrorlash 
yangilarini o’rganish uchun tayanchdir. 
Tabiatshunoslik  darslarida  o’tilgan  materialni  takrorlash  va 
umumlashtirish  yangi  mavzuni  o’rganish  jarayonida  va  uni  o’iBanishdan  keyin, 
shuningdek, har bir chorak hamda yil oxirida o’tkaziladi. 
Takrorlashning  turli  uslublari  mavjud.  Hammadan  avval  bu:  1)  ko’rilgan 
diafilmlar  yoki  kinofilmlar,  suratlar,  kontur  kartalar  bo’yicha  suhbat  vaqtida, 
o’quvchilar tomonidan tajribalar o’tka-zilganida; 2) masalalar yechish va mashqlar 
bajarilayotganida;  3)  qiziqarli  savollarga  javob  berilayotganida  bilimlarni  umumiy 
yoki individual tekshirishdir. 
Takrorlash turlaridan biri o’quvchilar bilimini og’zaki hisobga olishdir, u har 
bir  darsda  butun  sinfdan  umumiy  so’rash  yoki  ayrim  o’quvchilardan  individual 
so’rash ko’rinishida o’tkaziladi. 
Umumiy  so’rashning  qimmati  shundaki,  bunda  javob  berishga  ko’proq 
o’quvchilarni  jalb  qilish  va  sinf  e'tiborini  ushlab  turish  imkoniyati  bo’ladi.  Biroq 
ayrim  savollarga  olingan  javoblar  har  bir  o’quvchi  bilimlarining  chuqurligini 
aniqlashga  imkon  ber-maydi  va  ularga  o’z  fikrlarini  ravon  hikoya  tarzida  bayon 
qilish  ko’nikmalarini  rivojlantirishga  xalaqit  beradi.  Shuning  uchun  ham  individual 


so’rash,  ya'ni  ayrim  o’quvchining  ravon  hikoyasi  so’rashning  asosiy  turi 
hisoblanadi. 
So’rash  jarayonida  o’qituvchi  o’quvchilarning  bilimlari  naqadar  aniqligi  va 
fahmlab  olinganligini,  ularning  o’rganilayotgan  jonsiz  tabiat  obyektlari,  o’simlik  va 
hayvonlar  to’g’risidagi  tasavvur  va  tushunchalari  qanchalik  to’g’ri  ekanligini 
aniqlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra materialni faqat og’zaki bayon qilinishi bilan 
qanoatlanib  qolmaslik  kerak.  o’quvchilar  javoblarida  kuzatish  natijalaridan 
foydalansinlar,  o’z  hikoyalarini  o’qituvchi  materialni  tushuntirishda  foydalangan 
jadval, model va boshqa o’quv qurollarini ko’rsatish bilan biiga olib borsinlar. 
Alohida  o’quvchidan  so’rash  butun  sinf  bilimlarini  mustah-kamlashga 
yordam berishi munosabati bilan sinf e'tiborini har  bir javobga qaratilishiga erishish 
kerak. Sinf e'tiborini faollashtirish uchun savolni  barcha  o’quvchilarga berish,  keyin 
esa  tayinli  o’quvchini  javobga  chiqarish  lozim.  Bu  o’quvchilar  diqqatlarini 
to’plashga  va  materialni  xotirada  tiklashga  sabab  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  javob 
beruvchi o’quvchi yo'l qo’ygan xato va noaniqlikni tuzatish, uning javobini to’ldirish 
va qo’shimcha savollar berish uchun butun sinfga javobni tahlil qilib borishni taklif 
etish kerak. o’qituvchi  javob  berayotgan  o’quvchiga  e'tibor  berish  bilan  birga  butun 
sinfni  o’z  nazorati  ostida  ushlab  turmog’i  lozim.  o’quvchilar  e'tiborini 
bo’shashganligini  o’z  vaqtida  payqash  va  uni  tiklash  usullarini  topish,  chekinish 
harakatlarini o’z vaqtida payqash va bartaraf qilish g’oyat muhimdir. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish