Tabiatshunoslik darslarining tiplari. Darsni quyidagi tuzilish qismlariga
ajratish mumkin:
1. Tashkiliyqism.
2. Uy vazifasini tekshirish.
3. Yangi materialni bayon qilish.
4. O’quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarni mustahkamlash,
ularning o’zlashtirilishini tekshirish.
5. Dars materialini umumlashtirish.
6. Uyga vazifa berish.
7. Baholarni sharhlash.
Dars tuzilishi kurs mavzusi bo’yicha darslarning umumiy tizimida uning
qanday o’rin egallaganligiga bog’liq, ammo qanaqa bo’lishidan qafi nazar har bir dars
tashkiliy, mantiqiy, psixologik jihatdan yaxlit bo’lishi kerak. Metodik jihatdan to’g’ri
tuzilgan darsda barcha tomonlar o’zaro bog’liqdir.
Tabiatshunoslik darsining didaktik maqsadini aniqlash uning asosan nimaga
yangi maqsadni o’iganishga, uni mustahkamlashga, takrorlashga va ketma-ketligini
ta'minlash yoki o’zlashtirishni tekshirish hamda hisobga olishga bag’ishlanishini
belgilash demakdir.
Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz:
Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng
keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, o’tilganlarni
takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarini)
tekshirish, ya'ni bilimlarni o’rganish va mustahkamlash kabilar kiradi. Bunda
vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal
qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o’tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat,
o’qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va
diafilmlar ko’rish, maqolalar o’qish, ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda
yozuvlar yozish va rasmlar chizish qo’llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni
o’tishda keng tarqalgan xato - barcha ishlarni ko’rgazmali qurollardan
foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni
(mashqni) o’qish va aytib berishdan iborat qilib qo’yishdir. Tabiatshunoslik
o’qituvchisi tabiat to’g’risidagi bilimlarning asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik
esa faqat bilimlarni mus-tahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.
Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan
bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari haqida muayyan aniq
bilimlar oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni ko’rib chiqadilar va taqqoslaydilar,
ularning tarkibiy qismlarini, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu
tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o’rganish keng tarzda yoki guruhlar
bo’yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni
tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriyada
ishlash malakasini egallaydilar, chunki darsda o’tkaziladigan ish tadqiqiy xarakterda
bo’lishi kerak, unda bolalar o’rganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarini
taqqoslaydilar, murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazadilar. Predmetli darslarda
mustaqil ishlarning sanog’i salmoqli bo’lishi kerak.
Predmetli darslarni o’tishga o’qituvchi puxta tayyorlanishi lozim. Tarqatma
materiallar o’quvchilar soniga to’g’ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada
yig’ilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to’kilgan barglari,
meva va urug’lar kolleksiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar)dan foyda-
lanish mumkin.
Foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti bahorgi va
yozgi ta'til kunlaridir. Bu davrda bolalarga tabiatshunoslik xonasi uchun tabiiy
material yig’ib kelish topshiriladi, bu imkoniyatlardan foydalanmoq lozim. Biroq
bunda o’quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o’simlik hamda hayvonlarga ehtiyotlik
bilan munosabatda bo’lish zarurligini esda tutishlari kerak.
2- sinf dasturida predmetli darslar mo’ljallangan, ularda bolalar termometrdan
foydalanishga, yangi o’simliklarda ildiz, poya, barg, gul, meva va urug’larni taniy
otishga o’rganadilar, qishda o’simliklar hayotini, o’simliklarning urug’lardan
rivojlanishini (ilgarigi tajribalar asosida) kuzatadilar. 3- sinfda bolalar foydali
qazilmalar, dala ekinlari to’g’risida boshlang’ich ma'lumotlar oladilar.
Garchi 3- sinf o’quvchilari 2- sinfda hosil qilingan predmetli darsdagi ba'zi
ish tajribasiga ega bo’lsalar ham ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish
kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay
tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqidagi maxsus yo'1-yo'riqlarga ehtiyoj
sezadilar.
Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
dars mavzusi va maqsadini bildirish;
ish rejasini doska va daftarlarga yozish;
tarqatma material bilan mustaqil ishlash;
ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilayotgan obyekt xususiyatlarini
ta'riflash, uni ilgari o’rganilganlar bilan taqqoslash,
qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash);
daftarlarga yozuvlar yozib, rasmlar chizish;
bilimlarni mustahkamlash va baholash.
O’quvchilarni tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlarning
tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o’qituvchi shu jismlar
haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan tabiatshunoslik
darslaridan: 2- sinfda “Termometr”, 3- sinfda “Foydali qazilmalar”, 4- sinfda
“Kompas bo’yicha oriyentirlash” va shu kabi mavzu-maqolalarni o’qiydi. Suhbat
jarayonida o’qituvchi predmetli darslarda o’rganilgan va darslikda ta'riflangan
obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |