Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Ekskursiya  vaqtida  to’plangan  material



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/146
Sana31.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#252863
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida

Ekskursiya  vaqtida  to’plangan  material  darsda,  uyda  yoki  darsdan  tashqari 
vaqtda  maktabda  ishlanadi  (tartibga  keltiriladi).  Ulardan  gerbariy  va  kolleksiyalar 
tayyorlanadi, ular tarqatma material bo’lib xizmat qiladi yoki ulardan ko’rgazmali qurol 
sifatida  foydalaniladi.  Shu  maqsadda,  shuningdek,  rasmlar,  albomlardan  ham 
foydalaniladi. 
Ekskursiyada  to’plangan  materiallardan  faqat  tabiatshunoslik  darslaridagina 
emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish mumkin. 
Chunonchi, 1- sinfda “Alifbe” o’qitilayotgan davrda o’quvchilar bilan  “Kuz”  mavzusi 
bo’yicha ikkita ekskursiya o’tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o’quvchilar  xiyobonda 
erta  va  kech  kuz  davrida  o’simliklar  hayotidagi  o’zgarishlar  bilan  tanishadilar. 
Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material 
yig’adilar. 
Qish  va  bahorda  o’quvchilarning  o’simliklar  hayotidagi  yil  fasllariga  qarab 
farqlarni  ko’rishlari  uchun  kelgusi  ekskursiyalar  o’sha  obyektlarda  o’tkaziladi.  2- 
sinfda  tabiatdagi  mavsumiy  o’zgarishlar  mavzusi  bilan  bog’lq  holda  ekskursiyalar 
o’tkaziladi, ularda o’qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi  va chuqur-lashtiradi, 
tabiat haqida aniq tushunchalarni shakllantiradi. 
1-  sinfda  bolalar  ekskursiyalarda  3-4  o’simlik  bilan  tanishadilar  va  ularni  yil 
davomida kuzatib boradilar. 2- sinfda bunga yana 3-4 o’simlik turi qo’shiladi, 3- sinfda, 
bahorning  oxiriga  kelib,  ular  6-8  o’simlik  turlari  (daraxt,  buta  va  o’t  o'simliklari)ni 
taniy va ta'riflay olishlari,        4- sinfda esa 8-10 turni yaxshi bilib olishlari kerak. 
Ekskursiya  o’quvchilarni  tabiat  hodisalarining  yoki  tabiat  va  mehnat 
aloqalarini  aks  ettiravchi  faktlar  bilan  tanishtirish  uchun  zarur  bo’lgan  noyob  bilim 
manbaidir.  Misol  sifatida  eng  ko'p  tarqalgan  suv  o’simliklari  va  hayvonlar  bilan 
tanishish maqsadida suv havzasiga o’tkaziladigan ekskursiya rejasini   keltiramiz. (3-
sinf): 
1)  ilgari  tabiatga  (bog’cha,  xiyobonga)  o’tkazilgan  ekskursiya  mazmuni 
bo’yicha suhbat; 


2)  yangi  mavzu  bo’yicha  (suv  havzasining  mavjudotlari  haqida)  kirish 
suhbati; 
3) o’smliklarni kuzatish; 
4) hayvonlarni kuzatish; 
5) yaqinda joylashgan suv havzasidagi o’simlik va hayvonlarning tashqi 
tuzilishini qarab chiqish; 
6) ekskursiya materialini yig’ish; 
7) umumlashtiruvchi suhbat; 
8) uyga vazifa berish (jadval). 
Ekskursiya  jarayonida  o’qituvchi  o’quvchilarning  bilish  faoliyatiga  rahbarlik 
qiladi, bunda og’zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko’rgazmali (suhbat jarayonida 
kuzatish) va amaliy (o’quv-chilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan 
foy-dalanadi. 
Ekskursiya  jarayonida  o’quvchilar  faqat  kuzatibgina  qolmasdan,  balki 
o’iganilayotgan  obyekt  to’g’risida  yangi  ma'lumotlar  olishlari  va  ulardan  amalda 
foydalana  bilishlari  kerak.  Olgan  bilimlarning  natijalarini  o’quvchilar  so’zlab  bera 
olishlari lozim. 
0'qitishning  xilma-xil  metodlari  va  uslublaridan  foydalanish  jihatidan 
darslarga o’xshash bo’lgan ekskursiya ayni vaqtda o’ziga xos belgilarga ham egadir. U 
maktabdan  tashqarida  o’tkaziladi  va  ko’proq  vaqt  talab  qiladi,  vaqt  faqat  bilish 
faoliyatigagina  emas,  balki  o’rganish  obyekti  tomon  va  orqaga  qarab 
harakatlanishga ham sarflanadi. 
Ekskursiya vaqtida bilimni faqat o’qituvchigina emas, balki boshqa shaxslar 
ham bayon qiladilar. Uning farq qiladigan  muhim belgisi - atrof borliqning obyekt 
va hodisalari bilan tanishtirishdir. 
Sinfda esa tabiiy obyektlar ko’pincha ko’rgazmalilikning u yoki bu 
vositalari bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ekskursiyada darsdagiga 
qaraganda o’rganiladigan obyekt va hodisalarning aniq bog’lanishlari osonroq 
belgilanadi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish