Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/146
Sana31.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#252863
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   146
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida

Tabiatshunoslik 
xonalarida 
va 
tirik 
tabiat 
burchagida 
o’tkaziladigan  ishlar  uchun  o’quvchilarga  topshiriqlar  darslarda  kursning  barcha 
mavzulari  uchun  o’quv  yili  davomida  berib  boriladi.  Tabiatshunoslik  fanlarining 
o’qitilishida  o’quvchilar  bilan  olib  boriladigan  sinfdan  tashqari  mashg’ulotlarning 
majburiy  bo'1-magan  ko’ngilli  shakllari:  indiviudal  ishlar,  sinfdan  tashqari,  “Yosh 
tabiatshunoslar” to’garagining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy  foydali  ishlar  keng 
qo’llaniladi.  Sinfdan  tashqari  ish  o’quv  materiali  asosida  va  unga  bog’liq  holda 
uyushtiriladi.  Biroq  uning  mazmuni  darsni  takrorlamaydi.  Dastur  doirasi  bilan 
chek-lanmaydi, ammo uni to’ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarli hamda kerakli 
tomonlarini ochib beradi. 
Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olin-gan bilimlarni 
kengaytirish,  chuqurlashtirish  va  konkret-lashtirish,tabiatni  o’rganishga  qiziqish 
uyg’otish, o’quvchilar faol-ligi hamda mustaqilligini rivojlantirish, vaqtni rejalashtirish 
imko-niyatini  beradi.  Sinfdan  tashqari  tabiatshunoslik  ishlari  tarbiyaviy  ahamiyatga 
ham  ega,  chunki  bu  ishlar  o’quvchilarning  xulq-atvoriga  ijobiy  ta'sir  ko’rsatadi. 
Ularning  moddiy  dunyoga  qarashi  va  mehnat  madaniyati  shakllanadi,  bilishga 
qiziqishi, mustaqil kuzatish ko’nikmalari rivojlanadi, jamoatchilik hissini va tabiatga 
muhabbatni  teranlashtiradi.  Tabiatshunoslik  bo’yicha  yo’lga  qo’yilgan  sinfdan 
tashqari ishlar o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. 
Bolalarning kuzatishlari va o’qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan 
qishloq  xo’jaligi  bo’yicha  amaliy  ishlari  tabiatni  boshqarish,  uni  inson  manfaati 
uchun o’zgartirish to’g’risidagi ta'limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. 
Bolalarning  ijtimoiy-foydali  faoliyatlari  ularni  mehnatga  o’rgatadi  va 
vatanparvarlik  tarbiyasiga  ko’maklashadi.  Sinfdan  tashqari  mashg’ulotlarning 
barcha turlari bir-biriga bog’liq bo’lishi, biri ikkinchisini to’ldirishi kerak. o’simlik va 
hayvonlar  bilan  ishlashga  darslarda  vujudga  kelgan  qiziqish  sinfdan  tashqari 
mashg’ulotlarda  rivojlanishi  mumkin,  ayniqsa,  tabiatshunoslik  bilan  qiziqqan 


o’quvchilar  yosh  tabiatshunoslar  to’garagi  mashg’ulotlariga  qatnashishlari 
mumkin.  o’quvchilarda  tabiiy  obyektlarni  kolleksiyalashtirishga  moyillikni, 
hayvonlarga 
mehrni 
payqagan 
o’qituvchi  ularning  qiziqishlariga  qarab 
mashg’ulotlar  topishi,  tabiat  to’g’risidagi  fanni  chuqurroq  o’rganish  istagini 
rivojlantirishi zarur. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish