E) Gigiyenik talablar. Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritish me'yoriga va
boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning
uchun ham o’qituvchi ularga rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning jismoniy
va aqliy jihatdan charchashining oldini olish uchun o’quv ishidagi bir xillikdan,
bayonni bir ohangda bo’lishidan ehtiyot bo’lish, nazariy materialni har xil sezgi
a'zolarini ishga jalb etish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib
borishi kerak.
Fikrlash faoliyatining kuchlanishini talab qiluvchi topshiriqlar ko’rgazmali
qurol, tarqatma materiallarni ishlatish, darslik bo’yicha murakkab bo’lmagan topshiriq
va mashqlarni bajarish bilan almashinishi kerak. Shuningdek, amaliy topshiriqlarni
bajarishda shaxsiy gigiyena masalalariga alohida e'tibor berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |