Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/146
Sana31.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#252863
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida

 
 
15-MAVZU. TABIATSHUNOSLIKNI O’QITISHNING SHAKLLARI. DARS 
TABIATSHUNOSLIKDAN OLIB BORILADIGAN O’QUV TARBIYA 
ISHINING ASOSIY SHAKLI EKANLIGI. 
Reja: 
1.  Tabiatshunoslik darslarining tiplari.  
2.    Yangi material o’rganiladigan dars.  
3.   O’quv -  tajriba maydonchasidagi dars. 
 
Maktabda o’quvchilarga ta'lim va tarbiya berish o’quv ishlarining muayyan 
shakllarida amalga oshiriladi. 
O’qitishning  shakli  tarbiyaviy  ta'lim  jarayonida  o’qituvchi  tomonidan 
foydalaniladigan  o’quvchilarning  o’quv,  idrok  qilish  faoliyatini  o’tkazish  (sinfda, 
tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir. 
Maktablarda  o’rganiladigan  barcha  predmetlar  uchun  o’quv  ishlarining 
asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma'lum darajada darslikda belgilangan 
o’quv materiali o’qitiladi. Darslarga qatnashish o’quvchilarga majburiydir. 
Dars  deganda  ma'lum  fanlardan,  ma'lum  hajmdagi  bilimlarning  ma'lum 
yoshdagi  o’quvchilar  guruhiga,  maxsus  tayyorgarligi  bo’lgan  mutaxassis 
tomonidan  berilishi  tushuniladi.  Darsning  samaradorligini  oshirish,  beriladigan 
bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, yangi 
pedagogik  texnologiyani  qo’llab  dars  o’tish  o’quvchilarning  tabiatshunos-likdan 
olgan  bilimlarini  e'tirof  etish  o’quvchilarda  tabiatshu-noslikdan  bilimlarni 
o’zlashtirishga  yanada  qiziqish  uyg’otadi,  ular  bilimini  mustahkamlashga  yordam 
beradi. 
Darsda  butun  ta'lim-tarbiya  tizimi:  o’qitishning  metodlari,  uslublar  va 
vositalar kompleksi amalga oshadi. 
Tabiatshunoslik  darslarida  o’quvchilar  dasturga  muvofiq,  o’qituvchi 
rahbarligida  nazariy  bilimlar,  amaliy  o’quv  va  ko’nikmalar  oladilar.  o’qituvchi 
materialni  o’quvchilarga  tushunarli  bayon  qilib,  xilma-xil  o’quv,  ko’rgazmali 
qurollardan  foydalanib,  zarur  tushuntirishlar  beradi,  o’quvchilarga  darslik  bilan 
mustaqil ishlash, o’z bilimlaridan amalda foydalanish o’quvlarini singdiradi. 
Darsda  har  xil  metodlarning  qo’llanilishi  yangi  mavzuni  to’liq  va  ravshan 
yoritishga imkon beradi, o’quvchilarni kamroq charchatadi, faolligini oshiradi. 


Dars  ta'lim  jarayonida  o’quvchilar  jism  va  voqealar  bilan  tanishibgina 
qolmasdan,  balki  ular  haqida  fikrlaydilar.  Bu  esa  o’z  navbatida,  o’quvchilarda 
tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shakllanishiga olib keladi. 
Darsning  tarbiyaviy  mazmun  kasb  etishi,  berilayotgan  material  mazmuni 
bilangina  chegaralanib  qolmasdan,  balki  o’quv  materiallarini  egallash  usullari 
bilan xarakterlanadi. 
Tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasida  o’quv  ishlarining  ko’p  xildagi 
shakllari qaror topgan. o’simlik, hayvon va odam hayoti hamda tabiat taraqqiyotining 
qonuniyatlari o’iganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda shu fanni o’qitish 
tizimining o’ziga xosligini belgilaydi. 
Tabiatshunoslik o’qitishning  asosiy  shakli  - darslarga  qo’shimcha  holda  maktab 
amaliyotida  o’qituvchining  o’quvchilar  bilan  olib  boriladigan  o’quv  ishlarining 
boshqa shakllari tarixan vujudga kelgani 
Metodikjihatdan  to’g’ri  tashkil  etilgan  o’qitish  jarayonida  shu  o’qitishning 
barcha  shakllari  asosiy  shakl  -  dars  bUan  o’zaro  bog’liqdir.  Ular  tabiat  haqidagi 
tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi. 
Tabiatshunoslik  daislarida  o’qituvchi  barcha  o’qitish  metodlarini:  og’zaki, 
ko’rgazmali  va  amaliy  metodlarni  qo’llaydi.  U  o’simlik  va  hayvonlarni  namoyish 
etadi. Amaliy ishlarni bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi 
va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. 
Ammo  darslarda  uzoq  kuzatishni  talab  qiluvchi  o’simlik  yoki  hayvonning 
rivojlanish  jarayoni,  har  xil  organizmlarning  tabiiy  sharoitlarda  biigalikda 
yashashlarini  ko’rsatib  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  ham  tabiatshunoslik  o’qitish 
metodikasida  darslarni  to’ldiravchi  maxsus  shakllar  qo’llaniladi.  Ekskursiyalar 
tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, 
o’simlik  va  hayvonlar  bilan  tanishtiradi.  o’rganilayotgan  materiallar,  tushunchalar 
yig’indisiga  kiradi  yoki  ilgari  qaror  topgan  tushunchalarni  mustahkamlaydi, 
aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi. 
Ekskursiyalar  darslar  bilan  chambarchas  bog’lanadi,  ekskursiyada  ko’rilgan 
obyektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish 
qilinadi.  Yakunlovchi  ekskursiyalarda  o’quvchilar  ilgari  olgan  bilimlarini 
qo’llab, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar. 
Darsning  psixologik  tugallanganligi  dars  davomida  o’quv-chilarning 
egallagan bilimlaridan, ko’nikmalaridan bilinadi. Bu  darsning uslubiy tugallanishiga 
qo’yilgan didaktik masalani mu-vaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning 
mazmuni maqsadiga mos kelganligini ko’rsatadi. 
Tashkiliy  aniqlikning  zarurligi  materialni  bo’laklarga  bo’lish,  o’qitish 
usullarini  tanlash  va  darsning  turli  elementlarining  o’zaro  munosabatlari  bilan 
belgilanadi. 
Didaktik  maqsad  darsdagi  asosiy  ish  turini  aniqlaydi  (yangi  materialni 
o’zlashtirish,  uni  qaytarishdan  iborat).  Didaktik  maqsadga  qarab  darsga  vaqt 
ajratiladi. o’qitish uslublari va darsning to’liq tuzilishi belgilanadi. 
Tabiatshunoslik  darslariga  qo’yiladigan  umumiy  talablar  quyidagi 
vazifalardan kelib chiqadi: 


1.  o’quvchilarni  tabiatdagi  mavsumiy  o’zgarishlar,  vatanimiz  tabiatining 
xilma-xilligi,  yerning  shakli  va  relyefi,  odam  oiganizmi  va  uning  salomatligini 
muhofaza qilish to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish; 
2.  Botanika,  geografiya,  yuqori  sinflarda  Odam  anatomiyasi  bo’yicha  o’quv 
materialini  o’zlashtirib  olishga  tayyorlashga  yordam  beruvchi  puxta  o’quv  va 
ko’nikmalarni shakllantirish; 
3. O’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; 
4. Rivojlanishning har tomonlama garmonik bo’lishiga erishish; 
5.  Tabiatshunoslik  xarakteridagi  kitob  va  jurnallardan  bilim  olish  uquvlarini 
hosil qilish; 
6. Tabiatshunoslikni o’rganishga qiziqishni shakllantirish; 
7.  Mehnatsevarlikni,  maktabda  va  o’quv-tajriba  maydonchasida  mehnat  qilish 
xohishini tarbiyalash. 

  Talablaraing bu guruhlarini shartli ravishda quyidagi: 

  ta'lim-tarbiyaviy; 

  didaktik; 

  psixologik; 

  gigiyenik talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to’xtalib 
o’tamiz. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish