Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga
, ayniqsa, bolalar o’z sog’liklarini 
saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo’lgan tadbirlarga alohida e'tibor bermoq 
lozim. 
Ekologiya asoslari mavzusida ekologiya haqida umumiy taassurot beriladi. Jonli 
va jonsiz tabiat aloqasi, ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o’zaro aloqasi, 
ularning o’z-o’zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e'tibor berilishi 
zarur. 
Atrofimizdagi tabiat mavzusida, birinchidan uchinchi sinfgacha olingan 
bilimlar umumlashtiriladi. 
Joyni aniqlash mavzusi o’tilar ekan, o’quvchilar ekskursiya va amaliy 
mashg’ulotlar paytida gorizont chizig’i bilan tanishadilar. Agar maktab atrofida 
tekis, yaydoq joy bo’lmasa, o’qi-tuvchi darsda jadvallardan yoki ko’rgazmali 
qurollardan foydalanishi mumkin. 
Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo’lgan 
o’quvchilar, xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo’ladilar, uning shartli belgilarini 
o’qiydilar, undan, shuningdek, globusdan yurtimizning o’rnini topadilar, uning 
yuzasini, tabiatining rang-barangligini, janubdan shimolga tomon tabiat o’zgarib 
borishini tushunadilar. 
Foydali qazilmalar mavzusi 3- sinfda o’iganilishi hisobga olinib, dasturda ular 
belgilari bo’yicha quyidagicha guruhlarga bo’lingan: 
1) qurilish materiali sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar; 
2) yoqilg’i sifatida ishlatiladigan foydali qazilmalar; 
3) madaniy o’g’itlar olish uchun foydalaniladigan qazilmalar; 
4) O’zbekiston metall qazilmalari. 
Tabiatni asrash bo’limi tabiatshunoslik fanini yakunlaydi, o’quvchilar olgan 
bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda 
bo’lishda insonning roli ko’rsatiladi. Inson yerni, tuproqni, o’simliklarni, 
hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O’quvchilar 
o’zbekiston Respublikasining tabiatini asrash bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan 
tanishadilar. 
Tabiatni asrash masalasini o’rganish faqat shu mavzu bilan cheklanib 
qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fanining asosiy mavzusi bo’lib qolaveradi. 
O’quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga 
keladi, bu o’qituvchiga o’zbekistonning tabiatini asrash to’g’risidagi qonunni kicbik 
yoshdagi o’quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi. 
Ekologiya bo’limini o’rganish jarayonida 3- sinfda o’tilgan ekologiya 
haqidagi tushuncha va bilimlar 4-sinfga kelib turli ko’rgazmali qurollar orqali 
nazariy usuldan amaliy usulga o’tkaziladi. 
Tabiatshunoslik fanini o’rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar 
yetakchi o’rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o’rgatish, ulaming natijalarini 
kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar chiqarish davom 
ettiriladi. Ekskursiyalar o’tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda 
o’iganishga katta e'tibor beriladi. Ekskursiya darsi davomida yig’ilgan ko’igazmali 
materiallardan sinflarda o’tkaziladigan darslarda ham foydalanish mumkin. Shuning 
uchun ham tabiatshunoslik darslarini o’tkazishga alohida e'tibor berish zarur. 
Tabiatini asrab-avaylash mavzusini o’rganishda o’quvchilar respublikamiz 
ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar. 


“Atrofimizdagi olam” hamda “Tabiatshunoslik” fanlari bosh-lang’ich sinflarda 
o’tiladigan boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langan. Tabiat va jamiyat hayotini, 
odamlar mehnatini kuzatish-lar ona tili, matematika, mehnat ta'limi kabi fanlar 
bo’yicha o’quv materiallarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. O’quvchi-
larning boshqa darslarda atrof olam to’g’risida olgan tasavvurlari shu fan bo’yicha 
mashg’ulotlarda kengaytirilib, boyitiladi. 
“Atrofimizdagi olam” hamda “Tabiatshunoslik” fanlarining o’qitilish 
jarayonida bolalarning sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor 
qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e'tibor berish zarur. O’qituvchi 
bolalarga o’quvchining o’z o’rtoqlari bilan qanday munosabatda bo’lishini 
ko’rsatishi kerak. 
Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida 
hikoya qilinibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham 
ko’rsatishadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro 
munosabatlari ko’rsatilgan she'r va hikoyalarni sahnalashtirish xulq-atvor 
qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir. 
Ko’pgina o’yin va mashg’ulotlar tabiatni idrok qilib olishga, unga ijobiy 
munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Ular bolalarni tabiat hodisalari 
to’g’risidagi bilimlar bilan boyitishi, ularning insonparvarlik va estetik xislatlarini 
rivojlantirishi kerak. 
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanlari barcha didaktik tamoyillar 
hamda o’lkashunoslik tamoyillari asosida tuzilgan bo’lib, bu materiallarni o’quvchilarga 
yetkazish uchun barcha uslublardan foydalanish lozim. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish