2- qism.
Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar. Buning 2.3
qismi “tabiat ta'lim sohasi” bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiatni o’rganish usullari: kuzatish va tajriba. Jism va
moddalar.
2. Koinot. Quyosh - eng yaqin yulduz. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida
aylanishi, Oy - Yerning yo’ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari.
Yer yuzining asosiy qismlari: tog’, tekislik va okeanlar.
3. Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o’zgarishi. Yog’inlar.
Tabiatda suv.
4. Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug’lik
hodisalari haqida boshlang’ich ma'lumotlar.
5. O’simliklar. O’simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o’simliklar.
O’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlar.
6. Hayvonlar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hasharotlar. Qushlar. Suvda yashovchi
hayvonlar. Yirtqich hayvonlar. Hayvonlarning yashash sharoiti.
7. Odam va uning salomatligi.
8. Vatanimiz xaritasi yonida. Mamlakatimiz tabiati, tog’ va tekisliklari, cho'1 va
o’rmonlari, ob-havosi, asosiy daryo, ko'l va suv omborlari. Yerosti
boyliklari. Mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog’iston
Respublikasining tabiati.
9. Inson va tabiat orasidagi munosabat. Tabiatni muhofaza qilish.
Ma'lumki, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fani 2 qismga bo’lib o’tiladi:
“Atrofimizdagi olam”, (1-2- sinflarda) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflarda).
Boshlang’ich sinflarning (1-2 -sinflar) o’quv rejasiga “Atrofimizdagi olam”
nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi.
Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayot,
tabiatning jism va hodisalari to’g’risida bolalar tasavvurlarini to’plash va
muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor
(oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini, oila a'zolariga
muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni shakllantirish, atrofdagi odamlarBa
(tengdoshlarga, o’qituvchilarga va boshqalarga), tabiatga muruvvatli va e'tiborli
bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod etilgan narsalarni qadrlash, jonajon yurtga -
Vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Odamlar mehnati va bolalarning amaliy faoliyati
(ijtimoiy foydali mehnat, o’yin faoliyati)ni tashkil qilish bu ikki yo’nalishni bog’lovchi
qism hisoblanadi.'
Har bir fanning asosiy mazmuni bilan tanishib o’tamiz.
1. “Atrofimizdagi olam” fani 1-2-sinflarda o’qitiladi.
Kursning vazifasi bolalarning predmetlar va tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot
haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tizimga solish, ularning axloqiy ko’nikmalarini
boyitish, odamlar hayoti va mehnatida qiziqish uyg’otish, oila, maktab, jamoat
joylarida o’zini to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Kursni o’igatishda asosiy diqqat talabalarga e'tibor, oila a'zolariga nisbatan
muhabbat va g’amxo’rlik, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni avaylab-asrash,
mehnatni qadrlash, ona-Vatanni sevish, uyda va maktabda ijtimoiy foydali mehnatga
qiziqish hislarini tarbiyalashga qaratilgan.
1. Atrofimizdagi olam jismlari, jismlar xususiyatlari, jismlarning fazodagi
joylashishi.
2. Ona tabiat (tabiat va insonlar mehnatida mavsumiy o’zgarishlar. o’simliklar va
hayvonlar).
3. Yaqin atrof-muhit bilan tanishuv. (Bizning uy, bizning maktab, bizning
shahar (qishloq). Jonajon mamlakat).
4. Sog’liqni saqlash. (Inson tanasi qismlari. Kun tartibi).
5. Sayohat. (Yurtimiz yer yuzasi. Yurtimiz suv havzalari. Tabiat xilma-xilligi.
Dunyo mamlakatlari va tabiati).
“Atrofimizdagi olam” fani boshlang’ich sinfning o’quv rejasidagi boshqa
predmetlardan farqli bir qator vazifalarga ega:
1. Atrofimizdagi hayot hodisalari bilan tanishish jarayonida o’quvchilarning
uzluksiz o’rganish qobiliyatini rivojlantirish uchun zaruriy bo’lgan ma'lum
ma'naviy-axloqiy ko’nikmalar hosil bo’ladi.
2. O’quvchilar bevosita xalqning tajriba va madaniyatiga, axloqiy munosabatlar
tizimiga qo’shiladilar.
3. Maktab sharoitida atrof-muhit bilan tanishtirish o’quvchilarni samarali ta'lim
olishlariga imkon beradi, chunki bu yoshda bolalarning yetakchi faoliyati
hisobga olingan holda ta'lim beriladi.
4. Fanni o’rganishda ta'lim jarayonini tashkil qilishning mazmuni, shakli,
uslublari integratsiyasi ta'minlanadi. Masalan, “Ona tabiat” bo’limini
o’rganish o’quvchilarni ekskursiyalar, o’quv sayrlari hamda amaliy ishlarni
tashkil qilishda alohida obyekt va hodisalarni bevosita kuzatish jarayonida tabiat
bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
O’qitish jarayonida o’quvchilar yigirmadan ortiq tur va tushunchalarni
o’rganadilar, bular: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari,
o’simliklar, hayvonlar, sog’liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalardir.
Predmetni o’rganish jarayonida o’qituvchi dunyoni ekologik idrok etish
vositasi bo’lgan maktab yer maydonchasi, tabiat burchagidagi hayvonlar va
o’simliklarni parvarish qilish ko’nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat
go’zalligini ko’ra bilish qobiliyatini shakllantirishi, tabiiy hodisalarni tushunish
kabilarni ishlab chiqishi kerak.
Kursning yana bir sermazmun yo’nalishi - o’quvchilarni joylarda
oriyentatsiya qilishning eng oddiy usullariga o’rgatish; o’z mamlakati, uning poytaxti
va boshqa shaharlari, dunyoning turli davlatlari va, umuman, sayyoramiz haqidagi
ilk geografik tasavvurlarni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |