Mavzu: Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi-pedagogik fan sifatida. Reja



Download 77,43 Kb.
bet8/14
Sana18.03.2022
Hajmi77,43 Kb.
#500012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Roza Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi-pedagogik fan sifatid

2-bosqich. Eramizgacha bo‘lgan VIII-VI asrlarni o‘z ichiga oladi. «Tabiatshunoslik» fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan barcha fikrlarni inkor qilgan holda «Avesto» ma’lumotlariga asoslanib, «Avestoni» astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo‘jaligi va tabiat haqidagi ilmlar birinchi bo‘lib yozib qoldirilganini bilamiz. «Avesto» faqat diniy tushunchalar haqidagi bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan fanlarning dastlabki ildizlari yozilgan manba hamdir.
Biz «Avesto» haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga ma’lum bo‘lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojla-nishini Gretsiyadan boshlangan, deb ishonardik. Ammo yer yuzi bo‘ylab, ayniqsa Yevropada «Avesto»shunos olimlar paydo bo‘lib, ular grek-yunon olimlari tabiiy fanlar haqida dastlabki ilmni «Aves-to»dan ko‘chirib, grek-yunongacha tarjima qilib o‘zlariniki qilib o‘zlashtirib olganlarini yozib qoldirganidan so‘ng, dunyoviy fanlar rivojlanishining birinchi bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz Markaziy Osiyoda deb aytishga haqlimiz. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishi eramizgacha bo‘lgan IV asrdan emas, balki VIII asrdan boshlangan. Hali bu borada ko‘pgina fikrlar aytilishi aniq.
3-bosqich.VIII-XIIasrlarni o‘z ichiga oladi. «Tabiatshunoslik» rivojiga hissa qo‘shgan ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr Jayxoniydir. 8–9 asrlarda bu ulug‘ inson Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlarining o‘simliklar va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar, shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan o‘simlik va hayvonlardan aholi tomonidan foydalanilishi va ularning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida yozib qoldirilgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatni, tabiat hodisalarini tasvirlovchi kitoblar juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Chunonchi, Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plagan. U o‘simlik va hayvonlarning tarqalishi, mahalliy xalqlar foydalanadigan o‘simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Abu Nasr Forobiy (873–950) bota ni ka, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunos likning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. U inson organizmi yaxlit sistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bergan Farobiy inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqanligi, shu sababli odamda hay vonlarda ba’zi o‘xshashliklar saqlanib qol ganligi haqidagi fikrni ilgari surgan. U tabiiy tanlanish, sun’iy tanlashni e’tirof etgan O‘rta asrlardagi tabiat fani rivojiga Beruniy va ibn Sino katta hissa qo‘shganlar.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: bo‘sh liq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolomeyning «Yer olamning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo radir», – degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, u yuma loq shaklda, deb ta’kidlagan. Binobarin, Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan. Uning fikricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini o‘zgartiradi Beruniyning qayd qilishicha, Yer yuzida hayvonlar, o‘simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan. Shu sababdan tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi. «Agar atrofdagi tabiat o‘simlik va hayvonlar biror turining urchishiga monelik ko‘rsatmaganda edi, – deb ta’kidlaydi olim, – bu tur butun Yer yuzasini egallagan bo‘lardi. Biroq bunday urchishga boshqa organizmlar qarshilik ko‘rsatadi va ular orasidagi kurash ko‘proq moslashgan organizmlarni ro‘yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fikrlariga asoslanib, vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800-yil ilgari ta’kidlab ‘tganligini ko‘ramiz. Beruniyning uqtirishicha, tabiatda hamma jonzotlar tabiat qonunlariga muvofiq yashaydi va o‘zgaradi. U tirik tabiatning tarixiy taraqqiyotini e’tirof etmasa-da, asalarilar o‘simliklardan, qurtlar go‘shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo‘ladi, deb faraz qilgan. Olimning qayd etishicha, Yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bo‘lishiga irsiyatgina emas, balki tuproq, suv, havo, muhit sharoiti sababchi, deb e’tirof etadi. Beruniyning fikricha, odam o‘z rivojlanishi bilan hayvonlardan juda uzoqlashib ketgan. Markaziy Osiyoning mashhur tabiatshunos olimi Abu Ali ibn Sino (980–1037) tabiatning obyektiv borlig‘iga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning fikricha, suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lgan
Ibn Sino o‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar va odam o‘zaro o‘xshash, chunki ularning barchasi oziqla nadi, ko‘payadi, o‘sadi deb uqtiradi. O‘simliklar rivoj lanishning quyi bosqichida, hayvonlar o‘rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi. Odam tanasining tuzilishini o‘rganish taqiqlangan o‘rta asrlarda Ibn Sino odam anatomiyasi bilan shug‘ullangan. Olim ko‘p ilmiy asarlar yozgan. Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan. Olim tibbiyot asoschilaridan biri sifatida katta shuhrat qozongan. U o‘rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo‘lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifidir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi organlarining tuzilishi va unksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon etiladi. Ikkinchi kitobda o‘simlik, ma’dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko‘rsatiladi. Uchinchi kitob insonning har bir organida bo‘ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usullariga bag‘ishlangan. To‘rtinchi kitobda jarrohlik, ya’ni suyaklarning chiqishi, sinishini davolash haqida so‘z yuritiladi. Beshinchi kitobda murakkab dorilar, ularni tayyorlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. «Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa universitetlarida asosiy tabobat qo‘llanmasi sifatida o‘qitilib kelindi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘ladi, deb qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600–700-yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e’tirof etdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) buyuk davlat arbobi, shoir bo‘lib qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Markaziv Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, geografiyasi, xalqlarning turmush kechirish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan. U o‘zi ko‘r gan, kuzatganlariga asoslangan holda hayvon va o‘simliklarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon etgan. Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan.
Qomusiy olimlardan biri bo‘lgan al-Xorazmiy VIII–IX asrlarda yashadi. Xivada tug‘ilgan bu olim, Bag‘dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan biri sanaladi.
Xorazmiy tabiiy fanlardan, «Astronomiya» va «Geografiya» fanlari rivojiga katta hisa qo‘shgan, u «Algebra» fanining asoschisi. «Algebra» so‘zi uning «Al-kitob al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila» risolasidan olingan.
Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U Bog‘dodda birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan.
Abu Nasr Forobiy tabiiy, ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag‘ishlangan 150 dan ziyod asar yozib qoldirgan.
Ahmad al-Farg‘oniy sharqda IX asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk allomalaridan biri bo‘lib, matematika, astronomiya, geografiya fanlarining asoschilaridan hisoblanadi, «Bayt ul hikma» ilmiy markazining tashkilotchilaridan biri.
Abu Ali ibn Sino faqat tibbiyot ilmining asoschisi bo‘lib qolmasdan, matematik, astronom, faylasuf, tabiatshunos olim hamdir.
Abu Rayxon Beruniy 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan. Ular astronomiya, fizika, geografiya, geologiya, botanika, tibbiyot, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga oid asarlardir.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»sida Andijondan Hindistongacha bo‘lgan joylarning tabiati, iqlimi, o‘simliklari va hayvonlari haqida ma’lumot berdi.
Ulug‘bek Samarqandda ilmiy madrasa ochib, uning boshchiligida astronomiya fani rivojlandi, yulduz yilining uzunligi 365 kun, 6 soat, 10 minutu 8 sekundligini aniqladi. Texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda aniqlangan yulduz yili uzunligi bilan Ulug‘bek aniqlangan bu muddat orasidagi bu farq bori-yo‘g‘i 1 minutu 2 sekunddir.
O‘rta asrlarda Sharqda ilm-fan juda tezlik bilan rivojlandi. Sharq olimlari yunon olimlarining ilmiy asarlarini o‘rgandilar va ularni o‘z tillariga tarjima qildilar. O‘rta asrda birinchi arab universitetlari va akademiyalari ochildi.
Yevropa olimlari esa qadimgi grek olimlarining asarlari bilan arablarning tarjimalari orqali tanishdilar, xalos.

Download 77,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish