Mavzu: Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi-pedagogik fan sifatida. Reja



Download 77,43 Kb.
bet10/14
Sana18.03.2022
Hajmi77,43 Kb.
#500012
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Roza Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi-pedagogik fan sifatid

5-bosqich. XIX asrga kelib, tabiiy fanlar har tomonlama taraqqiy etdi, endi yerda hayotning paydo bo‘lishi, turlar, tabiiy tanlanish, o‘simliklar sistematikasi haqida ilmiy asarlar yozildi, hujayra kashf qilindi, makon va zamon haqida klassik mexanikaga asoslanib asosiy fikrlar ishlab chiqildi. Ko‘pgina ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib borilib, muayyan xulosalar olindi, olimlar ayrim kashfiyotlarni ikki mamlakatda bir-biridan bexabar tarzda kashf etdilar (Masalan, Mendel va Morgan).
Genetikani mustaqil fan sifatida rasmiy tan olinishida 1900-yil gollandiyalik Gugo de Friz, germaniyalik Karl Korrens va avstriyalik Erix Chermaklaming duragaylash bo‘yicha olib borgan ishlari katta ahamiyatga ega boidi. Bu uch botanik olimlarbir-biridan bexabar holda turli obyektlar (G.de Friz enotera va lolaqizg‘aldoq, K.Konrens makkajo‘xori. E.Chermak no‘xat duragaylari) ustida tadqiqot o‘tkazib, ota-ona irsiy belgilarining nasldan-naslga berilishi va kelgusi avlodlarda ajralishi haqidagi maqolalarini sion qildilar. Ammo bu olimlar chex ruhoniysi Gregor Mendel ochgan Lrsiyat qonunlarini qaytadan kashf etdilar xolos. Chunki, Mendelning •rsiyat haqidagi qonunlari 1865 yilda nashr etilgan “0 ‘simlik duragaylari astida tajribalar” nomli asarida bayon etilgan edi. Shuning uchun G.Mendel o‘rinli ravishda genetikaning asoschisi boiib hisoblanadi. Genetikaning fan sifatida rivojlanishi uch bosqichdan iborat. Genetika rivojlanishining birinchi bosqichida irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi fanga 1906-yilda angliyaUk olim V.Betson genetika deb nom berdi. Genetikaning keyingi taraqqiyotida gollandiyalik olim Gugo de Friz caklif etgan mutatsiya nazariyasi (1901-1903 y), daniyalik genetik olim V.Iogannsen tomonidan loviya o‘simligida belgilaming irsiylanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega boidi. 1909-yilda V.Iogannsen tomonidan genetika faniga gen, genotip, fenotip kabi tushunchalar kiritildi. Genetika fani rivojlanishining birinchi o ‘n yilligida T.Boveri, U.Setton va E.Vilson tomonidan irsiyatning xromosoma nazariyasi asoslab berildi. Hujayra boiinishi (mitoz) va jinsiy hujayralaming hosil boiishi (meyoz) jarayonidagi xromosomalar tarqalishi bilan irsiy belgi-xossalar tarqalishi o‘rtasida maTum bogiiqlik borhgi aniqlandi. Genetika fani rivojlanishining ikkinchi bosqichi irsiyatning moddiy asoslarini o ‘rganish bilan bog‘liqdir. Bu vaqtda irsiyat hodisalarini o‘rganishda sitologik metod qoTlanila boshlandi, shuning natijasida sitogenetik yo‘nalish tarkib topdi. 1910-yilda amerikalik genetik olim T.Morgan tomonidan drozofila meva pashshasida olib borilgan tadqiqotlar irsiyatning xromosoma aazariyasini asoslashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boidi. Bu nazariyaga ko‘ra, genlar xromosomada chiziqli tartibda joylashgan. Hujayradagi genlarning birikish guruhi gomologik xromosomalarning gaploid to‘plamiga teng ekanligi, bir guruhga birikkan genlar ikkinchi guruhdan mustaqil ravishda nasldan-naslga berilishi aniqlandi. 1925-yilda G.A.Nadson va G.S.Filippovlar achitqi zamburug‘ida radiy nurlari ta’sirida mutatsiyalar olishga muvaffaq boidilar. 1927-yilda esa amerikalik genetik olim G.Meller drozofila meva pashshasiga roentgen nurlarini ta’sir ettirib, ulaming irsiyatini o‘zgartirish ya’ni mutatsiyani sun’iy y o i bilan vujudga keltirish mumkinligini isbot etdilar. XX asming 20-30 yillarida S.Rayt, R.Fisherlar populyatsiyalardagi jarayonlarni matematik metodlar yordamida o‘rganish mumkinligini asoslab berdilar. Genetika fani rivojlanishining uchinchi bosqichi genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, matematika va kibernetika fanlari metodlarini tatbiq etish bilan tavsiflanadi. Xususan, elektron mikroskopiya, rentgenostrukturaviy analiz, sentrifuga, radioaktiv izotop metodlaridan foydalanish orqali mikroorganizmlardan zamburugllar, bakteriyalar va viruslarning tuzilishi, ayrim organoidlarning funksiyasi, oqsillar, fermentlar, vitaminlarning stmkturaviy tuzilishi, funksiyasi o ‘rganila boshlandi. XX asrning 40-yillariga kelib amerikalik biokimyoviy olimlar D.U.Bidl va E.Tatumlar xaltali zambumgiaming neyrosporalari ustidagi tadqiqotlarida genlarning moddalar almashinuviga, tirik organizmlarning morfologik belgilarining va fiziologik xususiyatlarining shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri o‘riganildi. 1944-yilda genetik olim O.T.Eyveri shogirdlari bilan birgalikda nuklein kislotalar irsiyatning moddiy asosi ekanligini isbotladi. DNKning genetic ahamiyati aniqlangandan so‘ngT 1953-yilda Dj.Uotson, F.Kriklar M.Uilkins, R.Franklinlaming nuklein kislotalarning rentgen stmkturalari to‘g‘risidagi maiumotlari tahlilini xulosalab DNK molekulasining tuzilishi to‘g‘risidagi modelni eion qildilar. 1961-62-yillarda M.Nirenberg, G.Mattey va F.Kriklar 20 ta aminokislota uchun nukleotidlar tri pletining tarkibini aniqladilar va oqibatda genetik kod tilsimi maium boidi. 1969 yilda hind olimi Х.Когапа achitqi zambumgi hujayrasining gen sintezini laboratoriyada amalga oshirdi. Molekular biologiya va biokimyoning rivojlanishi bilan molecular genetika, gen injeneriyasi, biotexnologiya kabi genetikaning yangi shoxobchalari tarkib topdi. Asrimizning boshlariga kelib, bir necha o‘nlab mikroorganizmlar, ko‘plab hayvonlar, inson va o‘simliklar genomlari ya’ni xromosomalarni gaploid to‘plamlaridagi genlar yigindisi, yani DNKdagi nukleotidlar ketma-ketliklarini toia yechilishi (sekvens) genomika fanining shakllanishiga olib keldi. Tabiiy fanlarga qiziqish sekin-asta nihoyatda kuchayib bordi, barcha fanlar bo‘yicha tabiiy fanlar bilan bog‘liq holda izlanishlar olib borildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida dunyo mamlakatlaridagi fan namoyondalari bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishib, o‘z kashfiyotlarini o‘rgana boshladilar. Shu tariqa o‘zaro hamkorlik boshlandi. Halqaro kongresslar o‘tkazilib, olamshumul nazariya va xulosalar birgalikda muhokama qilindi.
Fandagi samarali natijalar xalq xo‘jaligining hamma sohalarida qo‘llanilaboshladi. Endi nazariyalardan amaliy tajribalarga tayangan holda xulosalar chiqarishga o‘tildi. Bu borada kuzatishar olib boriladigan, laboratoriyalarga ega, texnik, biologik yo‘nalishdagi universitetlar tashkil etildi. Hotin-qiz olimalarga ham amaliy fanlar bilan shug‘ullanishlari uchun qator tajribalardan so‘ng imkoniyat yaratildi (Sofiya Kovalevskaya, Mariya Kyuri).
XIX asr tabiatshunosligida termodinamika va elektrodinamika, energiyaning saqlanish va aylanish qonuni, turlararo tabiiy tanla-nish qonuni, fotosintez, elektron va kvant nurlanishlar, galaktika va undagi yulduzlar, Neptun planetasi, tirikdan tirik paydo bo‘lishi kabi nazariyalar kashf etildi.
Elektrlarning davriy tuzilishi, atom va molekula, moddalar tuzilishining kimyoviy nazariyasi asoslari, fizik-kimyo, organik va anorganik moddalarning asosi birligi aniqlandi.
Bu asrda dunyoning hozirgi ko‘rinishiga to‘liq ta’rif berildi, geoxronologik shkala ishlab chiqildi, tuproqshunoslik fan sifatida dunyoga keldi, dunyo tuproqlarining to‘liq ta’rifi o‘rganib chiqildi.
Hujayra kashf etildi va hujayrashunoslik fan sifatida yuzaga keldi, genetika fanining ilmiy asosi shakllandi, tashqi muhit va unda yashovchi tirik organizmlarning birligi asoslandi, asab tizimining butun organizmni boshqarishi isbotlandi. Seleksiya, fiziologiya, o‘simlikshunoslik, mikrobiologiya va boshqalar rivoj-lanib, fan sifatida to‘liq shakllandi.
XIX asr boshlarida birinchi avtomobil yaratildi, parovoz, paroxod yaratildi, temir yo‘llar, shu asrning ikkinchi yarmida, hatto, metroyo‘llari qurilib ishga tushirildi. Insoniyat uchun eng zarur bo‘lgan elektr toki ham birinchi yozuv mashinkasi, telegraf orqali uzatish, telyefon va boshqalar ham shu asr olimlarining izlanishlari mahsulidir.
XIX asrni tabiatshunoslik rivojlanishida burilish yasalgan asr deb atash mumkin.

Download 77,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish