4-bosqich. XV va XVIII asrlarda Kopernik, Jordano Bruno, G.Galiley, I.Nyuton, I.V.Lomonosov, P.S. Pallas, A.G.Verner, S.Geyls, CH.Darvin, K.Volf, J.Lamark va boshqalar tomonidan tabiatshunoslikni o‘rganish borasida inqilob yoki buyuk kashfiyotlar qilindi: ilmiy tarjribalar boshlandi, muomalaga «tabiatni o‘rganuvchilar» atamasi kirib keldi. Bu olimlar tomonidan tabiiy fanlardan–kimyo, biologiya, fizika, geologiyaning birinchi tabiiy-ilmiy poydevoriga asos solindi. Tabiat haqidagi fanlarning empirik qonuniyatlari aniqlandi.
XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida birinchi akademiyalar va keng qamrovda bilim beradigan universitetlar ochildi. Tabiiy fanlarga qiziqish doirasi juda kengaydi. Fan jamiyat rivojida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Ammo texnik fanlarning rivojlanishi hali juda sust edi.
Bu davrlarda yevropada tabiiy fanlar haqida dastlabki to‘g‘ri fikrlarni aytgan olimlar inkivizatorlar qahriga uchrab, ilmiy ishlari uchun joni bilan to‘lov to‘ladilar.
Tabiiy fanlar asrdan-asrga shu tarzda rivojlanib bordi.
XV asr yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o‘rniga burjuaziya hokimiyati o‘rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Boshqa yerlardan Yevropaga ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o‘simlik va hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. Buning oqibatida kishilarning o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini yanada rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney (1707–1778) shug‘ullandi U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsiflab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni sinflarga birlash tiradi. Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari, sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematikguruhlari bilan tanishgansiz. K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Linney o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoffaq bo‘ldi. U barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi, qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinflarga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fikr bildirgan. Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik olamni atroflicha o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi.Organik olam evolutsiyasi haqidagi naza riyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi
Jan Batist Lamark (1744–1829) yaratdi (86-rasm). U «umurtqa sizlar» va «biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. Lamarkning evolutsiyaga doir fikrlari «Zoologiyaga kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli asarlarida bayon etilgan. Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib qilgan. Lamark fikricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar real deb hisoblagan. Lamark hayvonot olamining tabiiy sistematikasini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va shu sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan klassifikatsiyani ilgari surgan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. Hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasiga qarab 6 bosqichga ajratdi. Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko‘tarilar ekan, qayd etilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini e’tirof etdi. U organizmlarni sistemaga solish ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan joylashtirish mumkinligini aytgan. Lamark fikricha, sodda mavjudotlar o‘z-o‘zidan anorganik tabiatdan paydo bo‘ladi. Keyinchalik tashqi muhit ta’siri ostida o‘zgarib, davrlar o‘tishi bilan murakkablashib, tuzilishi yuksak bo‘lgan organizmlarga aylanadi. Turlar o‘zgarishida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Ular muhit sharoitiga muvofiq o‘zgaradi. Lamark muhit ta’siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3 guruhga bo‘lgan. Birinchi guruhga o‘simliklar, ikkinchi guruhga sodda hayvonlar, uchinchi guruhga nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarni kiritdi. Tashqi muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashqi muhit o‘simliklar va tuban hayvonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarga esa muhit bilvosita ta’sir etadi. Muhitning uzoq davom etgan o‘zgarishi hayvonlar hayotiga ta’sir etib, avval ularning talabini o‘zgartiradi. Talabning o‘zgarishi esa shu talabni qondirish maqsadida qilingan harakatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bunday sharoit davom etsa hayvonlarning xulq-atvori o‘zgaradi. Bu, o‘z navbatida, hayvonlarning ba’zi organlari mashq qilishiga, boshqalarining mashq qilmasligiga sabab bo‘ladi. Mashq qiladigan organlarga oziq moddalar ko‘p kelib turgani uchun ularning ko‘lami ortadi. Aksincha, mashq qilmaydigan organlarga oziq moddalar kamroq kelishi sababli ular kuchsizlana boradi va rivojlanmaydi. Organlarning mashq qilmasligi ular degradatsiyasi (soddalashuv)ga va yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Olim organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyaga asos solgan bo‘lsa-da, lekin evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanligini bila olmadi.
Biologiya fani rivojiga fransuz olimi Jorj Kyuve ham katta hissa qo‘shdi . U morfoligiya, anatomiya, sistematika, paleon tologiya sohalarida tadqiqot olib borgan. Kyuve mulohazasiga ko‘ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shunga ko‘ra, hayvonning bir organi, masalan, ovqat hazm qilish organining o‘zgarishi u bilan aloqador bo‘lgan boshqa organlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. J. Kyuve ilgari surgan mulohazaga binoan har bir hayvon turi o‘zi yashaydigan muhitga muvofiq ravishda yaratilgan va o‘zgarmasdir. Shu bois, hayvonlarda hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Kyuve o‘zi kashf qilgan korrelatsiya prinsipini hayvonlar sistematikasiga ham tatbiq etdi. U K. Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimliginin aytdi. Nerv sistemasi tuzilishiga qarab olim barcha hayvonlarni 4 ta guruh (tip) ga ajratdi. Bular: umurtqalilar, molluskalar, bo‘g‘imlilar, shu’lalilar. Qazilma holda saqlangan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi paleontologiya fani rivojlanishida Jorj Kyuvening xizmatlari nihoyatida katta bo‘ldi. Olim qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o‘rgandi. U korrelatsiya prinsipidan foydalanib, ilgari yashab, qirilib ketgan hayvonlarning topilgan ayrim suyaklariga qarab butun hayvon qiyofasini qayta tiklash metodini kashf etdi va undan amaliyotda foydalandi. Olim turli era va davrlarda hayvonot olamining turli-tuman xillari yashaganligini aniqlagan. Vaqt o‘tishi bilan ular murakkablashganini ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, olim ularni halokatlar nazariyasi bilan tushuntirishga intildi. XVII–XIX asrlarda hayvon va o‘simliklarning shaxsiy taraqqiyotini o‘rganish sohasida ham birmuncha tadqiqotlar olib borildi. Birinchi marta Karl Ber 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kashf etdi. Olim jo‘ja taraqqiyotini sinchiklab o‘rganib, uning organlari asta-sekinlik bilan rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinflariga mansub hayvonlar embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi. XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari
T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha organizm lar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat qildi
Do'stlaringiz bilan baham: |