Ushbu MXXS ning umumiy maqsadi
Mazkur standartni qo’llash doirasi va vazifasi
Singdirilgan derivativlar tushunchasi
Depozit tarkibiy qismini ajratish
Sug’urta riskining darajadagi o’zgarishlar
Ushbu MXXS ning umumiy maqsadi
Ushbu mxxs ning maqsadi bo’lib sug’urta shartnomalari bo’yicha bunday shartnomalarni chiqaradigan har qanday tadbirkorlik subyekti ( mazkur MXXS da sug’urtalovchi deb nomlangan ) tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini belgilashdan iboratdir. Ushbu standart BXXS Kengashi sug’urta shartnomalari bo’yicha o’z loyihasining ikkinchi bosqichini tugalluganga qadar amal qiladi.
Xususan, mazkur MXXS quyidagilarni talab etadi:
Sug’urta shartnomalarini sug’urtalaovchilar tomonidan hisobga olishga nisbatan cheklangan takomillashtirishlarni.
Sug’urtalovchilarning moliyaviy hisobotlaridagi sug’urta shartnomalardan yuzaga ke;ladigan summalarni belgilaydigan tushuntiridigan hamda ushbu moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga sug’urta shartnomalari bo’yicha kelgusi pul oqimlarining summasi, muddatini va noaniqligini tushunishda yordam beradigan ma’lumotlar ochib berilishini
Mazkur MXXS ning qo’llash doirasi
Tadbirkorlik subyekti ushbu MXXS ni quyidagilarga nisbatan qo’llashi zarur:
U chiqaradigan sug’urta shartnomalari ( jumladan qayta sug’urta shartnomalari) va u egalik qiladigan qayta sug’urta shartnomalari
Ixtiyoriy ishtirok jihatiga ega bo’lgan va u tomonidan chiqarilgan moliyaviy instrumentlar MXXS 7 “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish” moliyaviy instrumentlar tog’risida jumladan bunday jihatlarga ega moliyaviy instrumentlar tog’risida ma’lumotlar ochib berilishini talab etadi
Tadbirkorlik subyekti mazkur MXXS ni quyidagilarga nisbatan qo’llamasligi lozim:
bevosita ishlab chiqaruvchi, diller yoki chakana savdodagi tadbirkorlik subyekti tomonidan chiqarilgan ma’lumot kafolatlari
Ish beruvchilarni xodimlariga haq to’lash bo’yicha yuzaga keladigan aktivlari va majburiyatlari va belgilangan nafaqa tizmlari bo’yicha hisobotlarda aks ettirilgan nafaqa majburiyatlari
Nomoliyaviy moddaga bo’lgan huquqdan yoki nomoliyaviy moddani o’zidan kelgusida foydalanishga bo’g’liq bo’lgan shartnomaviy huquqlar yoki shartnomaviy majburiyatlar ( masalan , ayrim litsenziya haqlari, roayaltilari, shartli ijara to’lovlari shunga o’xshash moddalar) hamda moliyaviy ijarachi tomonidan tugatish qiymatini kafolatlanishi