Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya,
vegetativ o‘zgarishlar
bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati
vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.
Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning
kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan
odamlarda
faqat qandaydir o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni yuzaga keltiradi.
Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham kuchli
hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini
ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin.
Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi
bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar o‘rab
olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga
ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt
va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib,
o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan, masalan,
g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar,
aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z
hislarini, ongini nazorat qiladi.
Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar
ularning faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir
etuvchi
xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‘zgarishlarga
sabab bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin
shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi.
Shunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum
odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi.
Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib
chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan miyaga
o‘rnashib
qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa
holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb ataladi.
Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX
asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib, olimlar
unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra,
oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat
chekadilar. AQSHda 55 mln.
odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln.
surunkali shopogoliklardir.
Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida
supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-do‘kon
yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha
aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm
odam organizmiga
inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining etishmovchiligi bilan
bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan
buyurtma qiladilar. YOki, ayol oiladagi muammolardan o‘zini yupatish uchun yangi
xarid bilan o‘zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, oqibatlari esa
yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm, olimlar fikriga ko‘ra,
ichkilikbozlik
kabi jiddiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: