Nazariy qism:
Paradokslar va sofizmlar
Sofizm(Qad. yun. σόφισμα − hiyla) –ataylab chiqariladigan noto‘g‘ri xulosa, biror tasdiqning noto‘g‘ri isboti. Bunda isbotdagi xatoni ancha ustalik bilan, bilintirmay yashiriladi.
Sofizmga oid masalalarni dastlab, miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda yashagan matematik Zenon tuzgan.
Zenon, mashhur chopqir Axillesning oldida sudralib ketayotgan toshbaqani
hech qachon quvib yeta olmasligini matematik mulohazalar yordamida quyidagicha “isbot” qilgan. Axilles toshbaqaga qaraganda 10marta tezroq chopa
oladi. Dastlab, toshbaqa 100metr oldinda bo‘lsin. Axilles bu 100metrni chopib
o‘tguncha, toshbaqa 10metr ilgarilaydi. Axilles bu 10metrni chopib o‘tguncha
toshbaqa yana 1metr siljiydi va h.k. Ular orasidagi masofa doim qisqarib boradi,
lekin hech qachon nolga aylanmaydi.
Zenon masalalari cheksizlik, harakat, koinot tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lib, ular matematika va fizika fanlarining rivojida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ayrim sofizmlar ulug‘ ajdodlarimiz Farobiy asarlarida, Beruniy bilan Ibn
Sinoning yozishmalarida muhokama qilingan. Biz quyida eng sodda sofizmlarga misollar keltirib ularni tushuntirishga harakat qilachimiz.
2-misol. 1000 so‘m qayerga ketdi?. 3ta do‘st oshxonada ovqatlanib bo‘lishgach
xizmatchi ularga 25000so‘mlik hisobni berdi. 3nafar do‘stning har biri 10000
so‘mdan pul berib, 30000so‘mni xizmatchiga berishdi. Xizmatchi ularga 5000
so‘m qaytim berdi. Do‘stlar 1000so‘mdan bo‘lishib olishdi va 2000so‘mni taksi uchun berishdi. Qaytishayotganda do‘stlardan biri hisoblay boshladi, “Har
birimiz 9000so‘mdan xarajat qildik, bu 27000so‘m bo‘ladi, 2000so‘m taksiga
berdik, buni qo‘shsak 29000so‘m bo‘ladi. 1000so‘m qayerga ketdi ?”
Bu yerdagi asosiy “xatolik” hisoblashning noto‘g‘ri qilinayotganida. 3nafar do‘st 9000so‘mdan 27000so‘m pul to‘lashdi. Bundan 25000so‘mini ovqatga to‘lab, 2000so‘mini taksi uchun do‘stiga berish di, demak umumiy hisob 27000so‘m bo‘ladi. Yuqoridagi hisoblashda 2000so‘m 27000so‘mning ichida yotibdi.
Paradoks (Qad. yun. παράδοξος − kutilmagan, g‘alati)– ko‘pchilik tomonidan qabul etilgan an’anaviy fikrga o‘z mazmuni yoki shakli bilan keskin zid bo‘lgan, kutilmagan mulohaza. Har qanday paradoks «shubhasiz to‘g‘ri» (asoslimi, asossizmi – bundan qat'iy nazar)hisoblangan u yoki bu fikr ni inkor etishdek ko‘r inadi. «Paradoks» ter minining o‘zi ham dastlab antik falsafada har qanday g‘alati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan. Paradokslar, odatda, mantiqiy asoslari to‘la aniqlanmagan nazariyalarda uchraydi.
4-misol : Yolg‘onchi paradoksi."Men tasdiqlayotgan barcha narsa yolg‘on" mulohazani qaraylik. Agar bu mulohaza rost bo‘lsa, bu mulohazaning ma’nosiga asosan aytilgan mulohazaning yolg‘on ekanligi haqiqat. Agar bu mulohaza yolg‘on bo‘lsa, mulohazadagi ta’kid − yolg‘on. Demak, bu mulohaza yolg‘on degan mulohaza yolg‘on, shunday ekan, bu mulohaza haqiqat. Ziddiyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |