Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
79. Hukm berilgan. Davron musobaqada qatnashishi uchun u yoki Singapurga
yoki Gongkongga boradi. Davron Singapurga borishi ma’lum. Demak,
Davron Gongkongga bormaydi.
a) rostlik jadvali yordamida bu hukm noto‘g‘ri ekanligini isbotlang;
b) nega bu hukm noto‘g‘ri ekanligini tushuntiring.
80. Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri, qaysilari noto‘g‘ri:
a) Tolib soat 10.00 da yoki kinoga yoki teatrda boradi. Tolib soat 10.00
da kinoga bormadi. Demak, Tolib soat 10.00 da teatrda bordi;
b)x soni 4 ga karrali bo‘lsa, u juft son bo‘ladi.x − juft son, demak, u 4
ga karrali;
c)x soni yoki 30 ning yoki 50 ning bo‘luvchisi. Demak,x soni 50 ning
bo‘luvchisi;
d) agar ketma−ketlik arifmetik progressiya bo‘lmasa, u geometrik progressiya bo‘ladi. Demak, ketma−ketlik yoki arifmetik yoki geometrik
progressiya bo‘ladi;
e) barcha sinfdoshlarim yaxshi o‘qiydi. Mahsum yaxshi o‘qiydi. Demak,
Mahsum mening sinfdoshim.
Do'stlaringiz bilan baham: |