Mavzu: TO‘G‘RI FIKR YURITISH (ARGUMENTATSIYA)
QONUNLARI. PARADOKSLAR VA SOFIZMLAR
O’tkazish sanasi: ___________________
O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___
Darsning maqsadi:
|
Ta’limiy: O’quvchilarga to‘g‘ri fikr yuritish (argumentatsiya) qonunlari. paradokslar va sofizmlarni o’rgatish
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish
|
Kompetensiya
|
TK: boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi va uni tanqid qila oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi;
FK: standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.
|
Dars usuli
|
suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
|
Dars turi
|
Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.
|
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi
|
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Abuturent” jurnali.
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
|
Ishlash bosqichlari vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
O’quvchilar
|
1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)
|
Darsni tashkillashtish.
Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)
O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:
|
Darsga tayyorlanadi.
Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.
Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.
|
2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa)
|
hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa)
|
Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi.
|
3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa)
|
O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.
Uyga topshiriq va savollar beriladi.
|
Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.
Vazifalarni yozib oladi.
|
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
81. Mulohazalarni davom ettirib, to‘g‘ri hukmlarni hosil qiling:
a) Ikkalamizdan birimiz hozir stomatolog qabuliga kirishi kerak.
Men kirmayman. Demak .....................;
b) Men yoki maktabga boraman yoki onam meni qattiq urushadi. Bugun
men maktabga aniq bormayman. Demak .................;
c) Agar men masalani to‘g‘ri yechsam, uning javobi kitobdagi javob bilan
bir hil bo‘ladi. Mening natijam kitobdagi javobdan farqli. Demak .......;
d) Agar Genri uylangan bo‘lsa, uning mulkiga turmush o‘rtog‘i ega bo‘ladi. Agar uylanmagan bo‘lsa, uning mulkiga akasi ega bo‘ladi. Demak,
uning mulkiga .....;
e) Yoki poyezd kech qolmoqda, yoki uni bekor qilishgan. Agar uni bekor qilishgan bo‘lsa, men bugun hech qayerga ketmayman. Agar u kech
qolayotgan bo‘lsa, men ishga vaqtida bora olmayman. Demak men..........;
f) Agar 2 – tub son bo‘lsa, u eng kichik tub son bo‘ladi. 2 – tub son.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Paradokslar va sofizmlar
Sofizm(Qad. yun. σόφισμα − hiyla) –ataylab chiqariladigan noto‘g‘ri xulosa, biror tasdiqning noto‘g‘ri isboti. Bunda isbotdagi xatoni ancha ustalik bilan, bilintirmay yashiriladi.
Sofizmga oid masalalarni dastlab, miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda yashagan matematik Zenon tuzgan.
Zenon, mashhur chopqir Axillesning oldida sudralib ketayotgan toshbaqani
hech qachon quvib yeta olmasligini matematik mulohazalar yordamida quyidagicha “isbot” qilgan. Axilles toshbaqaga qaraganda 10marta tezroq chopa
oladi. Dastlab, toshbaqa 100metr oldinda bo‘lsin. Axilles bu 100metrni chopib
o‘tguncha, toshbaqa 10metr ilgarilaydi. Axilles bu 10metrni chopib o‘tguncha
toshbaqa yana 1metr siljiydi va h.k. Ular orasidagi masofa doim qisqarib boradi,
lekin hech qachon nolga aylanmaydi.
Zenon masalalari cheksizlik, harakat, koinot tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lib, ular matematika va fizika fanlarining rivojida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ayrim sofizmlar ulug‘ ajdodlarimiz Farobiy asarlarida, Beruniy bilan Ibn
Sinoning yozishmalarida muhokama qilingan. Biz quyida eng sodda sofizmlarga misollar keltirib ularni tushuntirishga harakat qilachimiz.
2-misol. 1000 so‘m qayerga ketdi?. 3ta do‘st oshxonada ovqatlanib bo‘lishgach
xizmatchi ularga 25000so‘mlik hisobni berdi. 3nafar do‘stning har biri 10000
so‘mdan pul berib, 30000so‘mni xizmatchiga berishdi. Xizmatchi ularga 5000
so‘m qaytim berdi. Do‘stlar 1000so‘mdan bo‘lishib olishdi va 2000so‘mni taksi uchun berishdi. Qaytishayotganda do‘stlardan biri hisoblay boshladi, “Har
birimiz 9000so‘mdan xarajat qildik, bu 27000so‘m bo‘ladi, 2000so‘m taksiga
berdik, buni qo‘shsak 29000so‘m bo‘ladi. 1000so‘m qayerga ketdi ?”
Bu yerdagi asosiy “xatolik” hisoblashning noto‘g‘ri qilinayotganida. 3nafar do‘st 9000so‘mdan 27000so‘m pul to‘lashdi. Bundan 25000so‘mini ovqatga to‘lab, 2000so‘mini taksi uchun do‘stiga berish di, demak umumiy hisob 27000so‘m bo‘ladi. Yuqoridagi hisoblashda 2000so‘m 27000so‘mning ichida yotibdi.
Paradoks (Qad. yun. παράδοξος − kutilmagan, g‘alati)– ko‘pchilik tomonidan qabul etilgan an’anaviy fikrga o‘z mazmuni yoki shakli bilan keskin zid bo‘lgan, kutilmagan mulohaza. Har qanday paradoks «shubhasiz to‘g‘ri» (asoslimi, asossizmi – bundan qat'iy nazar)hisoblangan u yoki bu fikr ni inkor etishdek ko‘r inadi. «Paradoks» ter minining o‘zi ham dastlab antik falsafada har qanday g‘alati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan. Paradokslar, odatda, mantiqiy asoslari to‘la aniqlanmagan nazariyalarda uchraydi.
4-misol : Yolg‘onchi paradoksi."Men tasdiqlayotgan barcha narsa yolg‘on" mulohazani qaraylik. Agar bu mulohaza rost bo‘lsa, bu mulohazaning ma’nosiga asosan aytilgan mulohazaning yolg‘on ekanligi haqiqat. Agar bu mulohaza yolg‘on bo‘lsa, mulohazadagi ta’kid − yolg‘on. Demak, bu mulohaza yolg‘on degan mulohaza yolg‘on, shunday ekan, bu mulohaza haqiqat. Ziddiyat.
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
79. Hukm berilgan. Davron musobaqada qatnashishi uchun u yoki Singapurga
yoki Gongkongga boradi. Davron Singapurga borishi ma’lum. Demak,
Davron Gongkongga bormaydi.
a) rostlik jadvali yordamida bu hukm noto‘g‘ri ekanligini isbotlang;
b) nega bu hukm noto‘g‘ri ekanligini tushuntiring.
80. Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri, qaysilari noto‘g‘ri:
a) Tolib soat 10.00 da yoki kinoga yoki teatrda boradi. Tolib soat 10.00
da kinoga bormadi. Demak, Tolib soat 10.00 da teatrda bordi;
b)x soni 4 ga karrali bo‘lsa, u juft son bo‘ladi.x − juft son, demak, u 4
ga karrali;
c)x soni yoki 30 ning yoki 50 ning bo‘luvchisi. Demak,x soni 50 ning
bo‘luvchisi;
d) agar ketma−ketlik arifmetik progressiya bo‘lmasa, u geometrik progressiya bo‘ladi. Demak, ketma−ketlik yoki arifmetik yoki geometrik
progressiya bo‘ladi;
e) barcha sinfdoshlarim yaxshi o‘qiydi. Mahsum yaxshi o‘qiydi. Demak,
Mahsum mening sinfdoshim.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish: 81-mashqni ishlab keling
O’IBDO’: _________________________
Mavzu: Masalalar yechish.
O’tkazish sanasi: ___________________
O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___
Darsning maqsadi:
|
Ta’limiy: O’quvchilarga to‘plam tushunchasi, to‘plamlar ustida amallar; to‘ldiruvchi to‘plamni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish
|
Kompetensiya
|
TK: boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi va uni tanqid qila oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi;
FK: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni nostandart vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi va kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
|
Dars usuli
|
suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
|
Dars turi
|
Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.
|
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi
|
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Abuturent” jurnali.
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
|
Ishlash bosqichlari vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
O’quvchilar
|
1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)
|
Darsni tashkillashtish.
Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)
O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:
|
Darsga tayyorlanadi.
Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.
Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.
|
2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa)
|
hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa)
|
Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi.
|
3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa)
|
O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.
Uyga topshiriq va savollar beriladi.
|
Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.
Vazifalarni yozib oladi.
|
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
73. D(m,n): nbutun son mbutun songa qoldiqsiz bo‘linadi, predikat berilgan
bo‘lsin. Mulohazalardan qaysi biri rost?
a) ∀m∀nD(m,n); e) ∃n∀mD(n,m);
b) ∀n∃mD(m,n); f) ∀n∃mD(m,n);
c) ∃m∀nD(n,m); g) ∃m∀nD(n,m).
74. Mulohazalardan qaysilari to‘g‘ri? Tegishli misollar keltiring.
a) ∀x ∈ ℝ, ∃y ∈ ℝ, x < y;
b)barcha boshqa sonlardan kichik bo‘lgan son mavjud;
c)agar ∀x∃yP(x,y)bo‘lsa , u holda ∃y∀xP(x,y)bo‘ladi.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
1-masala. Kesishadigan ikkita A,Bto‘plamlar universal to‘plamni to‘rt
qismga ajratadi:
Demak, universal to‘plam elementlari soni shu qismlar elementlari soni
yig‘indisi ekan.
Quyidagi diagrammada universal to‘plam mos qismlarining elementlari soni
qavsga olinib yozilgan:
Bu yerda, masalan, A,Bto‘plamlar ikkalasiga 4 ta element, 3 ta element esa
birortasiga xam tegishli emas.
Uto‘plamning ixtiyoriy elementi 4 ta qismlardan aqalli bittasiga tegishli
bo‘lgani bois Uto‘plam elementlarining soni 7+4+6+3=20ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |