Faoliyatli yondashuv – siyosat – butun jamiyat uchun majburiy qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish jarayonidir.
Qiyosiy usul – dastlab Platon va Aristotel qo’llagan.
Tarixiy – tarixiy xatolar o’rganiladi.
Umummantiqiy usullar – induksiya, deduksiya, analiz va sintez, modellashtirish.
Empirik tadqiqot usullari – siyosiy voqelik to’g’risida birlamchi axborot olish usullari
Bixevioristlar fikricha, siyosatshunoslik qat’iy ilmiy, empirik usullar yordamida odamlarning bevosita kuzatish mumkin bo’lgan siyosiy xulq- atvorini o’rganishi kerak. Dalillar va qadriyatlari bir-biridan ajratish, fanni qadriyatli mulohazalardan xoli qilish tarafdori sifatida ular bilish jarayonida faqat dalillar va mantiqqa suyanishni taklif etadilar. Ular amaliy siyosatshunoslikning rivoji uchun shart sharoitlar yaratdi.
Amaliy siyosatshunoslik vazifasi aniq tavsiyalar va qisqa muddatli bashoratlarni muayyan sub’ektlar uchun ular faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida bayon etishdan iborat.
“Siyosat” tushunchasi. Uning tuzilishi, vosita va usullari
Siyosat nazariyasini o‘rganish eng avvalo siyosat tushunchasini, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va funktsiyalari, tuzilishi, vositalari va usullarini aniq tasavvur qilishni taqozo etadi.
Siyosat tushunchasi qadimgi Yunonistonda (yunoncha, “polis” – shahar) paydo bo’lib, u davlat boshqaruvining turli shakllarini anglatgan. Siyosatga doir ilk nazariy qarashlar ham qadimgi Yunonistonda Aristotelning “La politika” (“davlatga nima tegishli bo’lsa – u haqida”) asarida yaratilgan. “Siyosat” tushunchasini aniqlashtirish, uni mazmun-mohiyatini ochib berish va tadqiq etish uzoq davrlar mobaynida monarxiya, respublika va davlatning boshqa shakllarini tadqiq etish, jamiyat va davlatni bir-biridan ajratish (N.Makiavelli), cherkov institutlari (Xristianlik an’analari) va fuqarolik jamiyati (J.Lokk), davlatni iqtisodiy va ijtimoiy tuzum bilan o’zaro aloqadorligini aniqlashga doir (A.Smit) ilmiy izlanishlar jarayonida o’z takomiliga yetdi.
Qadimgi davrlardan boshlab, shakllangan an’analarga muvofiq siyosat mazmunini davlat qudratining manbai – hokimiyat bilan uzviy ravishda bog’lab kelindi. Umuman, u davrlardagi davlatlarda siyosatning mazmuni hokimiyatning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa resurslarini aniqlash bilan bo’gliq holda talqin netildi. Shuningdek, siyosat aktorlarining hokimiyatga doir xulqini o’rganish boshqarishning legitimligi va qonuniyligi mezonlarini o’rnatish, hukmdorlar va ularga bo’ysunuvchilar rollarini ijro etish xususiyatlarini anglash (Parsons), hokimiyatning guruhiy asoslarini yoritish (Bentli) asnosida siyosatning mohiyati yanada oydinlasha boshladi.
Siyosat - murakkab ijtimoiy hodisadir. Uning tabiati va mazmunini ochib berish oson ish emas. U ilmiy adabiyotlarda ham keng, ham tor ma’noda ishlatiladi.
Keng ma’noda kishilar ko‘pincha har qanday maqsadga muvofiq ijtimoiy faoliyatni siyosat deb atashadi. Bu tushuncha u yoki bu jarayonni boshqarish bilan aynanlashtiriladi. M.Veber o‘zining mashhur "Siyosat ham mayl, ham kasb sifatida" maqolasida shunday deb yozadi: "Siyosat deganda biz nimani tushunamiz? Bu tushuncha nihoyatda keng ma’noga ega va mustaqil boshqaruvga doir faoliyatning barcha ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi. Banklarning valyuta siyosati, kasaba uyushmasining ish tashlash vaqtidagi siyosati to‘G‘risida gapiriladi, shahar yoki qishloq jamoasining maktablarga oid siyosati, korporatsiya, rahbarining boshqaruv siyosati va nihoyat, hatto o‘z erini boshqarishga intilayotgan aqlli xotin siyosati haqida gapirish mumkin".
Siyosat tushunchasi ko‘pincha tor va tom ma’noda ishlatiladi. Bu holda u jamiyatning mustaqil sohalaridan birini, ya’ni, iqtisodiyot va madaniyat bilan bir qatorda bo‘lgan sohani belgilash uchun foydalaniladi.
Tor ma’noda siyosat davlat hokimiyati idoralari, siyosiy partiyalar, manfaat guruhlarining mamlakatda tinchlik-totuvlikni, ijtimoiy barqarorlikni, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini anglatadi. Bu tushuncha davlatlarning, turli siyosiy kuchlarning, tashkilotlarning xalqaro maydondagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini ham o‘z ichiga oladi.
Ilmiy adabiyotlarda siyosatning turli-tuman ta’riflari, talqinlari mavjuddir. Bu ilmiy ta’riflarni, asosan, uchta guruhga: sotsiologik, substansional va faollik guruhlariga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |