Siyosatshunoslik fanining asosiy kategoriyalari
Siyosat – davlat ishlarida ishtirok etish, davlatning yo’nalishini, faoliyat mazmunini, shakli va vazifalarini belgilashda ishtirok etish.
Siyosiy hokimiyat – muayyan xalq, sinf, guruh, shaxs o’zining siyosatda ifodalangan irodasini amalga oshirish imkoniyatidir.
Siyosiy tizim – davlat hokimiyati va davlat boshqaruvini shakllantirish hamda amalda ro’yobga chiqarish bilan bog’liq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar tizimidir.
Siyosiy hayot – siyosiy hokimiyatni joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotning bir qismi, sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |