Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari



Download 0,89 Mb.
bet91/175
Sana30.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#87825
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175
Bog'liq
SIYOSATSHUNOSLIK1

Psixologik nazariya davlatning paydo bo‘lishini inson dahosidan tug‘ilgan g‘oyalardan keltirib chiqaradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy nazariya davlatning kelib chiqish manbalarini mehnat taqsimotidan, jamiyatni boshqarish faoliyatining ajralib chiqishidan qidiradi. Uning eng qadimiy ko‘rinishi – Platon qarashlari.

Marksistik nazariyaga ko‘ra davlat iqtisodiy jihatdan hukmron sinf manfaatlarining ifodachisi sifatida jamiyatning sinflarga bo‘linishi natijasida paydo bo‘ladi. Davlatning barham topishi muammosi bu nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Davlat paydo bo‘lishining zamonaviy nazariyasi yuridik hisoblanadi, chunki u davlatni xalqlarning huquqlarida ko‘radi va hokimiyatni inson huquqlari, ya’ni belgilangan darajadagi inson erkinliklari asosiy talablarining hokimiyatga munosabat bilan bog‘laydi.

Hozirgi tushunchada davlat murakkab, ko‘p funksiyali, ichdan tabaqalangan yaxlitlikni o‘zida aks ettiradi. Boshqa siyosiy shakllardan uni rasmiyatchilik, muayyan qoidalar, birinchi navbatda, uning faoliyatini tartibga soladigan huquqning mavjudligi ajratib turadi. Jahonning madaniyatli davlatlari tajribasi demokratik davlat qurishiga bir sinfning «tub manfaatlari»ni mutlaqlashtirish emas, balki kishilar turli ijtimoiy birliklari manfaatlarining konsensusi yo‘li bilan erishiladi.

Davlat bu – butun xalqqa, kishilarning barcha ijtimoiy birliklari, partiyalar va harakatlar, ko‘ngilli uyushma va ittifoqlarga xizmat qilishi majburiy bo‘lgan organ. U tartib-intizom va barqarorlikni, jamiyat rivojlanishining demokratik asoslarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga da’vat qilingan.



Shunday qilib, davlat bu – asosiy elementlarini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, jamoat tartibini muhofaza qilish va davlat xavfsizligi, qurolli kuchlar, qisman ommaviy axborot vositalari tashkil etgan murakkab ko‘p qirrali tizim hisoblanadi.

Ijtimoiy institut sifatida davlat muayyan-tarixiy vazifalar va belgilarga ega. quyidagilar, nisbatan umumiy, davlat belgilariga kiradi:

Ijtimoiy va sinfiy tafovutlar mavjud bo‘lganda davlatning jamiyatni bir butun qilib birlashtirishga qodirligi. Davlat, birinchi navbatda, hammaga taalluqli manfaatlar doirasida faoliyat ko‘rsatadi, ijtimoiy yaxlitlikni saqlash muammolarini hal qiladi. Agarda u bu vazifalarni hal qilmasa, davlat sifatidagi layoqatini yo‘qotgan hisoblanadi. Davlatni bir sinfning ikkinchisi ustidan hukmronlik qilish vositasi deb bilish mohiyat e’tibori bilan anarxistik an’analarga ergashish, uning tabiatini jiddiy ravishda noto‘g‘ri talqin etish, davlatning ijtimoiy yaxlitlikning umumiy manfaatlari bilan muqarrar aloqasini unutish hisoblanadi.

Davlat bu – hokimiyat organi, lekin nafaqat ishontirish, shu bilan birga, ijtimoiy majburlash, belgilangan me’yorlarga rioya qilganlik yoki ularni buzganlik uchun taqdirlash yoki jazolash chora-tadbirlaridan faol foydalanadigan organ. Oshkora kuch ishlatish, jismoniy majburlash monopoliyasi.

Davlat faoliyatining me’yorlari huquqlar – jamiyatning vakillik organlari tomonidan qabul qilinadigan qonunlar bilan belgilanadi va mustahkamlanadi. Ular asosida jamiyatni birlashtirish va boshqarish, davlatning bevosita faoliyatini qat’iy belgilash amalga oshiriladi. Hamma uchun majburiy bo‘lgan qonunlar va me’yorlar chiqarishning tanholik huquqi.

Mustaqillik davlatning o‘z chegarasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan sub’ektlarga nisbatan eng oliy va cheklanmagan hokimiyatga egaligini bildiradi. Boshqa davlatlar ham bu tamoyilni hurmat qilishlari kerak. Bu tamoyil jamiyatning erkin, mustaqil hayot kechirishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Hozirgi davlatlarning mustaqillik doirasi bitimlarda mustahkamlangan xalqaro iqtisodiy, siyosiy, harbiy o‘zaro bog‘liqliklar bilan chegaralanadi. Mustaqillik bu – muayyan hududdagi oliy hokimiyat.

Umumiylik o‘z ta’sir doirasiga boshqa davlatlar fuqarolari bilan birgalikda uning hududidagi barcha kishilarni qamrab oladi.

Davlatning o‘z funksiyalarini amalga oshirishi bilan bog‘liq harajatlarini qoplash maqsadida aholidan yig‘ib olinadigan soliqlar.

Davlatga ta’rif berishda uning ajralib turuvchi belgilari o‘ziga xos xususiyatlari bilan to‘ldiriladi, ular jumlasiga chegaralar bilan belgilangan, barcha chegara davlatlari tomonidan rasmiy-kelishuv asosida tasdiqlangan hudud kiradi. Davlat hududi er, er osti boyliklari, havo kengligi va hududiy suvlarni o‘z ichiga oladi. Bu degani davlat ushbu muhitlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatadi va ularni boshqa davlatlar va jismoniy shaxslar tomonidan bo‘ladigan tashqi tajovuzlardan himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi. Nisbatan barqaror va kafolatlangan hudud yaxlitligiga ega bo‘lish davlatni saqlab qolishning muhim sharti hisoblanadi. Ko‘pgina ichki va tashqi siyosiy ziddiyatlar aynan davlatning moddiy asosi ustidan nazorat haqidagi masala atrofida avj oladi.

Davlat aholisi yagona millatdan tashkil topishi ham mumkin, lekin ko‘pincha u ko‘p millatli bo‘ladi.

Davlat apparati vositasida davlat faoliyat ko‘rsatadi va o‘z hokimiyatini amalga oshirib, rivojlanadi. Hokimiyat davlatda institutlashtirilgan xarakter kasb etadi. Bu mazkur hokimiyatni vaqtincha amalga oshiradigan shaxsni siyosiy birlik (davlat)ka mansub hokimiyatning o‘zi bilan aralashtirmaslik kerakligini bildiradi. Oliy hokimiyat tarkibiga kiruvchi shaxslar almashib turadi, lekin bu bilan davlatning institutlashtirilgan hokimiyati yo‘qolmaydi. Bu o‘zgarishlar fuqarolar urushi yoki boshqa davlatlarga bo‘ysinish kabi davlatni yo‘q qiladigan sabablar bilan birga kechadigan hollar bundan mustasno.

Davlatning belgi va xususiyatlari uni nafaqat boshqa ijtimoiy tashkilotlardan farqlash, balki unda hozirgi sivilizatsiyada jamiyatning yashashi va rivojlanishining zarur shaklini ko‘rish imkonini ham beradi.

Davlatning jamiyat siyosiy tizimidagi o‘rni va roli uning funksiyalari bilan belgilanadi. Odatda, davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish