Siyosiy submadaniyatlar siyosatning muayyan sub’ektlariga xosdir. Ular siyosat sohasida tegishli guruhlarga mansub kishilarning o‘ziga xos qarashlari, xayrixohliklari va xulq-atvori bilan ajralib turadi. Ularning eng muhimlari va yaqqol namoyon bo‘lib turuvchilari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Fapbsiyosiy submadaniyati. Liberal-demokratik qadriyatlar va me’yorlarga yo‘naltirilgan. Siyosiy tanlov va siyosiy intilishlar doirasining kengligi bilan ajralib turadi. Uning hududlarida fuqaroning siyosat sub’ekti sifatidagi maqomi nisbatan yuqori. Siyosiy hayot huquq tomonidan boshqarib turiladi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu siyosiy submadaniyat siyosiy madaniyat liberal-demokratik modelining asosiy negizi hisoblanadi.