Zamonaviy siyosiy mafkuralar
Hozirgi dunyo - murakkab mafkuraviy ziddiyatlar dunyosi, undagi mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda kuchliroq va xavfliroqdir. Bunday sharoitlarda mafkura sohasidagi g‘alabaning ahamiyati siyosat va iqtisodiyot sohasidagi g‘alabaning ahamiyatidan kam emas.
Hozirgi kunda progressiv mafkuralar xalqlarning milliy-madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analariga, umuminsoniy qadriyatlarga va demokratik tamoyillarga, qudratli axborot texnologiyalariga asoslanmoqaa. Taraqqiyot, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, gumanizm, yadrosiz dunyo, milliy va diniy murosa, mintaqaviy nizolarni bartaraf etish g‘oyalari ustuvor g‘oyalardir.
Biroq mafkuraviy vositalar yordamida o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intiluvchi siyosiy kuch va harakatlar, shu jumladan, tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy fanatizm va ekstremizm singarilar ham mavjud. XX asr oxiriga kelib yuz bergan tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki mafkuraning qarama-qarshi turishiga xos bo‘lgan ikki qutbli dunyoning yo‘q qilinishi, globallashuv jarayonlari va axborotga asoslangan jamiyatining shakllanishi dunyoning mafkuraviy manzarasiga butunlay o‘zgacha kiyofa baxsh etdi. YAngi «mafkuraviy makonni», millionlab odamlarning ongini egallab olish uchun bo‘layotgan kurash tobora dolzarb va ko‘p qirrali bo‘lib bormoqda. Shu munosabat bilan, nazarimizda, mafkurani siyosiy dunyoning ajralmas qismi sifatida o‘rganish siyosatshunoslikning dolzarb vazifasi bo‘lib qolaveradi.
Mafkuralar siyosat olamiga keng ko‘lamdagi e’tiqodlar to‘plamini olib kiradi. Insoniyat bunday “e’tiqod”larsiz yashay olmaydi, lekin aksariyat hollarda biz ulardan qaysi birini tanlashga ikqilanib qolamiz. Misol tariqasida quyidagi jumlalarga e’tiboringizni qarating:
“Men hech qachon o‘z shaxsiy erkinliklarimning hech qaysi bir qismini qurbon qilmayman”;
“Men uchun o‘z xavfsizligim va yurtim xavfsizligi har narsadan ustun, shuning uchun ham shaxsiy erkinliklarimning ma’lum qismini tinchlik va osoyishtalik yo‘lida qurbon qilishga tayyorman”;
“Siyosiy hokimiyat ishchi va dexqonlar qo‘lida bo‘lsagina jamiyatda tenglik va adolat hukm suradi”;
“qariyb ikki ming yil o‘z Vatanidan maxrum qilingan va barcha xalqlarning nafratiga uchrab kelgan yahudiylar teng huquqlilik asosida o‘z davlatiga ega bo‘lishlari lozim”, va hokazolar.
Margaret Tetcher va fon Xayek kabi erkin bozor iqtisodining tarafdorlari bozor munosabatlariga shaxs erkinligini olg‘a suruvchi yagona zamin sifatida qarashlari, iqtisodni oldindan rejalashtirish va davlatning intervensiya (aralashish) siyosati oxir-oqibatda majburlashga va o‘z navbatida shaxs erkinligiga tahdid soluvchi kuch sifatida tan olishlari mumkin. Bunga qarama-qarshi tarzda, hukumat intervensiyasining ashaddiy tarafdori davlatning aralashuv siyosatida daromadni individlar orasida eng adolatli yo‘sinda taqsimlanish sababi va mantiqni ko‘radi. Fashistlarning agressiv millatchilik va elitizm g‘oyalarini olg‘a surishlari o‘z-o‘zidan xalqlar va millatlar orasida tenglik sari intiluvchilarga qarata qattiq zarba bo‘ladi. Xuddi shu yo‘sinda, yuqorida e’tiboringizni jalb qilgan bir necha jumlalar va, o‘z navbatida, mafkuralar advokatlari bir-birlari bilan kelishishlari juda ham mashaqqatli kechadi.
Siyosiy mafkura zamon va makondan tashqarida bo‘lgan mavhum ruhiy hodisa emas. U muayyan tarixiy sharoit bilan bog‘liq, aniq ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan ma’naviy hodisadir.
Har bir tarixiy davr o‘ziga xos va o‘ziga mos mafkuraviy oqimlarni ilgari suradi. Bundan hozirgi zamon ham mustasno emas. U ham ko‘plab mafkuraviy oqimlarni ilgari surdi. Biz quyida hozirgi zamonning eng nufuzli mafkuraviy oqimlarini, jumladan, liberalizm, konservatizm, sotsial-demokratiya kabi ko‘rinishlariga qarab chiqamiz.
Oxirgi ikki-uch asrlar mobaynida eng yirik va keng tarqalgan mafkuraviy oqimlardan biri - liberalizm. Bu atama lotincha “liberalis” so‘zidan olingan bo‘lib, “erkin” degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |