Patriarxal siyosiy madaniyat mahalliy qadriyatlarga (qabila, urug‘- aymoq qadriyatlariga) yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi va mahalliy vatanparvarlik, oilaviylik, korrupsiya shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Individ global madaniyatni kam qabul qiladi, muayyan siyosiy rollarni (masalan, saylovchi rolini) bajarmaydi. Madaniyatning bunday turi siyosiy madaniyat mahalliy submadaniyatlarning qatlami sifatida namoyon bo‘lgan davlatlar uchun xosdir.
Tobelik siyosiy madaniyati individning siyosiy tizimga passiv va chetlashgan munosabatini taqozo etadi. U garchi siyosiy jihatdan ongli bo‘lsa-da, an’analarga qarab ish qiladi. Hokimiyatga bo‘ysunar ekan individ undan turli ne’matlar va in’om-exsonlar (ijtimoiy nafaqalar, kafolatlar va hokazo) kutadi hamda uning o‘z hukmini o‘tkazishidan xavfsiraydi.
Tobelik tipidagi siyosiy madaniyatning afzalligi shundan iboratki, u ulkan ommani safarbar qila oladi, ularning kuch-g‘ayratlarini ijtimoiy zarur (yoki o‘ylab topilgan) islohotlarga yo‘naltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |