tarzda ish ko‟rishga dahvat etadigan motivyaar sistemasidir.
E‟tiqod shaklida namoyon bo‟ladigan ehtiyojlarning mazmuni - bu tabiat,
tevarak-atrofdagi olam to‟g‟risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi
tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy, estetik, ahloqiy, tabiiy-
ilmiy va hokazolar) ning tartibga solingan va ichki uyushgan sistemasini tashkil
etgan taqdirda kishinnng dunyoqarashi safatida talqin qilinishi mumkin.
Dunyoqarash sinfiy xarakterga ega.
E‟tiqodlarning evolyutsiyasi eng avvalo ularning mazmunli tomonlariga
taalluqlidir. Ularda shaxsning dunyoqarashini ifoda etadigan xislatlar ko‟roq
darajada namoyon bo‟la boshlaydi. Kishining fikrlari va go‟yalari, printsiplari
uning butun hayoti mazmuni bilan, uning o‟zlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi,
uning qarashlari sistemasiga zarur tarkibiy qism sifatida kirgan bo‟ladi, kishi uchun
alohida shaxsiy mohiyat kasb etadi va shuning uchun ham u bu fikrlar va
tsprintsiplarni qaror totirishga, ularni himoya qilishga, ularnn boshqa odamlar ham
ma‟qul ko‟rishlariga erishish uchun qat‟iyan ehtiyoj sezadi.
Hozirga qadar so‟z yuritilayotgan motivlar, avvalo, anglanilganligi bilan
xarakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, motnv (sabab)lar paydo bo‟ladigan kishi
uni faolvyatga nimalar da‟vat etayotganini, uning ehtiyojlari qanday ma‟no kasb
etishini biladi. Lekin barcha motivlar ham bu kateg‟riyaga kiravermaydi. Inson
ishlari va xatti-harakatlari sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi
anglanilmagan motivlardan tarkib topadi. Endi ana shularni ko‟rib chiqamiz.
Psixologiyada shaxsning yo‟l-yo‟riqlari uning yo‟riqlari u yoki bu ehtiyoji
qondirilishiga yordam berishi mumkin bo‟lgan faoliyatga tayyorligining,
moyilligining o‟zi tomonidan anglanilmaydigan holatini belgilaydi. Yo‟l-yo‟riq
ob‟ekt ni aynan muayyan tarzda idrok etish, tushunib etish va anglab olish yoki u
bilan ish ko‟rishga o‟tmishdagi tajribada shakllangan shaylik va moyil-likdan
iboratdir. D.I.Uznadze va uning xodimlari o‟tkazgan ajoyib tadqiqotlar shaxs xulq-
atvorini belgilaydigan qayd etalgan yo‟l-yo‟riqlarning shakllannsh jarayonini
ko‟rsatib berdn.
Masalan, birinchi sinf o‟quvchilarining muallimaga nisbatan uning har qanday
ko‟rsatmasini bajarishga shayligi shaklida namoyon bo‟ladigan yo‟l-yo‟riqlari ana
shundaydir. Bunda muallimaning har qanday hatti-harakatlariga, shu jumladan,
biron bir boshqa kishida namoyon bo‟lganida bolalarning qarshi harakatini
qo‟zg‟atashi mumkin bo‟lgan hatti-harakatlariga nisbatan ham hech qanday
tanqidiy yondashish bo‟lmaydn.
Ko‟pgina yo‟l-yo‟riqlarning mohiyatini tashkil etadigan n‟xolislik e kishining
shaxsiy tajribasidagi ba‟zi faktlar-dan shoshilinch va etarli darajada asoslanmagan
xulosalar chiqarilishining oqibati hisoblanadi, yoxud bu tafakkur stereotiplarining-
muayyan ijtimoiy guruhda qabul qilingan standartlashtirilgan mulohazalarning
natijasi bo‟ladi.
Ijtimoiy hayotning turli faktlarn (hodisalar, odamlar va boshqalar)ga nisbatan
yo‟l-yo‟riqlar ijobiy bo‟lishi ham (vrachning barcha ko‟rsatmalarini bajonidil va
aniq bajaradigan bemor umuman tibbiyotga va qolaversa, uni davolayotgan
doktorga nisbatan ijobiy munosabatga asoslanadigan yo‟l-yo‟riqqa amal qiladi) va
noto‟g‟ri tushuncha tusini olgan holda salbiy bo‟lishi ham mumkin.
Psixologik tadqiqotlar yo‟l-yo‟riqning tuzilishi uchta tarkibiy qism (kichik
tuzilish)dan iboratligini ko‟rsatdi, Bular: kishining bilib olishga va idrok etishga
tayyor qiyofa (obraz) dan iborat bo‟lgan kognitiv (lotincha sodisho — bilish degan
so‟zdan olingan) kichik tuzalish, yo‟l-yo‟riq ob‟ekt iga nisbatan xayrihohlik va
xush ko‟rmaslik hislatlari komleksidan iborat bo‟lgan hissiy-baholash kichik
tuzilishi, yo‟l-yo‟riq ob‟ekt iga nisbatan muayyan tarzda harakat qilishga, irodaviy
kuch-g‟ayratlarni safarbar etishga shaylikdan iborat bo‟lgan xulq-atvor kichik
tuzilishidir.
Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas‟uliyat hissiga bog‟liq
yo‟nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular
shaxsni kelajakni bashorat qilish, eo‟rtangi kunini tasavvur qilish va uzoq va
yaqinga mUljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta‟minlaydi. Maqsad
va rejasiz inson-ma‟naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‟zining
anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‟liqligi bilan xarakterlanadi.
Ularning shakllanishi va ongda o‟rnashishida ma‟lum ma‟noda ideallar ham rolь
o‟ynaydi. Ideallar-shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi
orzu-umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki
ularning paydo bo‟lishiga sabab bevosita tashqi muhit bulib, o‟sha ideallar
Obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o‟rtasida tafovut bo‟lishi mumkin. Masalan,
o‟smirning ideali otasi, u otasiday mashxur va el suygan yozuvchi bo‟lmoqchi. Bu
orzuga yaqin kelajakda erishib bo‟lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar
odamga maqsadlar qo‟yib, unga erishish yo‟lidagi qiyinchiliklarni yengishga
irodani safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‟lib, ular
shaxsni atrofida ro‟y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o‟zaro
munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‟plash, ularni o‟rganishga imkon
beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan
professional, bevosita yoki bilvosita bo‟lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki
vaqtinchalik bo‟lishi mumkin. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular
shaxs dunyoqarashi va e‟tiqodini shakllantirishga asos bo‟ladi. Chunki
e’tiqod
shaxsning shunday ongli yo‟nalishiki, unga o‟z qarashlari, printsiplari va
dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e‟tiqodli
insonlarni xurmat qiladi. E‟tiqodning predmeti turlicha bo‟lishi mumkin-Vatanga
e‟tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go‟zallikka va shunga
o‟xshash.
E‟tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |