19-20-Mavzu:Shaxsning o‟z-o‟zini anglashi va Men—kontseptsiyasi.
Shaxsning sotsial tasavvurlari
1-
ma‟ruza
Reja:
1.
Shaxsning subyektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi.
2.
≪
Men
≫
strukturasi va uni har xil yo‟nalishlarda tadqiq etish.
3.
O‟zini o‟zi baholash.
4.
Men kontseptsiyasi. O‟z-o‟ziga munosabat. Real va ideal “men”.
2-ma‟ruza
Reja:
1.
O‟zaro munosabatlarning tuzilishi va shakllanishi.
2.
Shaxsning o‟z- o‟zini boshqarish, o‟z-o‟zini namoyon qilish, o‟z-o‟zini
ifodalash va o‟z-o‟zini e‟tirof etish.
3.
Shaxsning psixologik yo‟nalishlari va hayotiy pozitsiyasi.
Tayanch iboralar:
«Men» strukturasi,men kontseptsiyasi, Real “men”, ideal
“men”, U.Djems, empirik «Men», jismoniy shaxs, sotsial shaxs, ma‟naviy
shaxs, egoizm, altruizm, o‟z-o‟zini boshqarish, o‟z-o‟zini namoyon qilish, o‟z-
o‟zini ifodalash, o‟z-o‟zini e‟tirof etish, yo‟nalishlari, hayotiy pozitsiyasi.
Shaxsning subyektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi.
Kishi o„z mohiyatiga ko„ra ijtimoiy hisoblangan munosabatlar sistemasiga
kirgan, odamlar bilan o„zaro birgalikda harakat qilgan va munosabatda bo‟lgan
holda o„zini atrof-muhitdan alohida ajratib ko„rsatadi, o„zining jismoniy va psixik
holati, harakatlari va jarayonlarining subyekti sifatida his etadi, o„zi uchun
boshqalarga» qarshi turgan va ayni chog‟da ular bilan uzviy bog‟liq bo‟lgan
«Men» sifatida namoyon bo‟ladi. Subyektiv ravishda xususiy «Men»ning
mavjudligini his qilish, avvalo, kylining hozirgi aytda, o„tmishda va kelajakda
o„ziga aynan o„xshash bo‟lishini tushunib etishida ifodalanadi. Bugungi «Men»
mening holatimning har qanday yangi va kutilmagan vaziyatlarda har qancha
o„zgarishi mumkin bo‟lgan taqdirda ham, mening hayotim, mening „ngim,
qarashlarim va yo„l-yo„riqlarim har qancha qayta qurilgan taqdirda ham o„sha
kecha yashagan va ertangi kunga qadam qo„ygandan keyin bo„lajak kishining
o„zini bildiradigan «Men» i demakdir. Ayrim psixik kasalliklarning alomatlaridan
biri kishining o„ziga aynan o„xshamay qolishidan, xususiy «Men» ini yo„qotib
qo„yishidan iboratdir.
O„z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloqligi aytidayoq
boshlanadigan va uzoq davom etadigan hamda sobiq sovet sotsiologi va psixologi
I. S. Kon «Men»ning kashf etilishi» deb juda o„rinli atagan shakllanish
jarayonining natijasi hisoblanadi. Bir yasharli bola o„z tanasining sezgirligi undan
tashqaridagi buyumlar tufayli hosil bo‟ladigan sezgilardan farqini anglay
boshlaydi. So„ngra 2-3 yoshida bola buyumlar bilan o„z xususiy harakatlari
jarayoni va natijasida hosil bo‟ladigan xursandchilikning katta yoshdagilarning
konkret harakatlaridan farqini ajratadi va kattalarga qarata: «Yo„q, men o„zim
qilaman!» deydi. o„zini atrofdagi muhitdan faqat alohida ajratib olgan holda, emas,
balki o„zini boshqalarning hammasiga qarama-qarshi («Bu seniki emas, meniki!»)
qo„ygan holda o„zni "birinchi marta o„zshshng xususiy harakatlari va xatti-
xarakatlari subyekti (bolaning nutqida shaxsiy olmosh paydo bo‟ladi) sifatida
anglay boshlaydi. Bolalarda bog‟cha bilan maktabga borishi oralig‟ida va
boshlangich sinflarda katta yoshdaglar, ota-onalar va o„qituvchilar yordamida hali
o„z yutuqlari va muzaffaqnyatsizliklarining sabablarini anglab etish darajasida
paydo bo‟ladi.
Nihoyat, o„sirinlik va yoshlik davrida ijtimoiy hayotga va mehnat faoliyatiga
faol qo„shilib ketish natijasida o„ziga ijtimoiy-ahloqiy jihatdan baho berishning
kengaytirilgan sistemasi shakllana boshlaydi, o„zini anglab etishi tugallanadi va
«Men»ning siymosi tarkib topadi.
≪
Do'stlaringiz bilan baham: |