Token Ring tarmog’ida 16 Mbit/s tarmog’ida xalqaga kirishni sal boshqacha algoritmli ishlatiladi. Bu algoritm markerni oldinroq ozod qilish deb nomlanadi. Bunda bekat markerni kadrini oxirgi bitini o’tkazishi bilanoq keyingi bekatga uzatadi. Bunda u qabul qilganligi xaqida tasdiqlanishini kutmaydi. Bunday usul samarali chunki xalqa bo’ylab birdaniga bir necha bekatlarni kadrlari xarakatlanadi. Lekin faqatgina markerga ega bo’lgan bekatgina kadrlarni kiritish qilish mumkin. Qolgan bekatlar bu vaqtda boshqa bekatlarni kadrlarini qaytaradi.
Kadrlar orqali uzatilgan xar-xil turdagi ma’lumotlarga xar-xil ustivorliklar belgilanishi mumkin: 0 dan 7 gacha. Kadrni aniq bir ustivorligini uzatilgan bekat xal qiladi. Marker shuningdek doimiy joriy bosqich ustivorlikka ega bo’lishi mumkin. Bekat o’zi jo’natgan markerni qo’lga olishi mumkin, faqatgina , jo’natmoqchi bo’lgan kadr ustivorligi marker ustivorligidan baland (yoki teng) kelsagina. Aks xolda bekat markerini keyingi xalqadagi bekatga uzatishga majbur. Faqatgina, yagona nusxadagi markerni tarmoqda bo’lishiga aktiv (faol) monitor javob beradi. Agar aktiv monitor markerni uzoq vaqt davomida qayta qabul qilmasa, u yangi marker xosil qiladi.
FDDI texnologiyasining asosiy xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus
vositalar.
Bugungi kunda tarmoq texnologiyalarining bir necha turlari mavjud. Qisqa vaqt ichida turli yangi texnolgiyalar amaliyotga joriy etilmoqda. Quyida ana shunday tarmoq texnologiyalari ichida tezkorligi va samaradorligi bilan tavsiflanuvchi tarmoq texnologiyalaridan biri FDDI texnlogiyasining xarakteristikalari xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz.
Fiber Distributed Data Interface texnologiyasi - bu lokal tarmoqlarda ma’lumotlami uzatish muhiti sifatida optik tolali kabeldan foydalanilgan birinchi texnologiya hisoblanadi.
Yorug’likni axborot tashuvchi sifatida qo’llash ustida tadqiqot ishlari anchadan beri olib borilayotgan edi. 1880 yil Aleksandr Bell tovush to’lqinlari bilan sinxron tebranuvchi va qaytgan yorug’lik bilan modulyatsiyalanuvchi, 200 metr oralig’ida ko’zgu yordamida so’zni jo’natuvchi qurilmaga patent olgan edi. Yorug’likdan axborotlarni uzatish sifatida foydalanish ishlari 1960-yillarda juda yuqori chastotalarda yorug’likni modulyatsiyasini ta’minlovchi, katta miqdorli yuqori tezlikdagi axborotni uzatish uchun keng polosali kanal yaratish imkonini beruvchi lazer ixtirosidan keyin jadal tus oldi. Taxminan ana shu paytlarda xuddi an’anaviy mis simlarda elektr signallarini uzatishiga o’xshash va kabel tizimlarida yorug’likni uzatish imkoniga ega bo’lgan optik tolali kabellar paydo bo’ldi. Lekin, bu optik tolalarda yorug’likni yo’qotilishi juda yuqori bo’lib, mis simlar o’rniga foydalanib bo’lmasdi.
Nisbatan arzon yorug’lik signali quvvatini past darajada yo’qotilishini va keng polosali o’tkazishni (bir necha GGts gacha) ta’minlovchi optik tolali kabellar 1970-yillarga kelibgina paydo bo’ldi. 1980-yillar boshiga kelib telekommunikatsiya
tizimlarida optik tolali kanallar xosil qilish va foydalanish sanoati taraqqiy eta boshladi.
SHuningdek, 1980-yillarda optik tolali kanallarni lokal tarmoqlarda qo’llash uchun standart texnologiyalar va qurilmalar yaratish ishlari ham boshlandi. Lokal tarmoqlar uchun birinchi optik tola standarti ishlab chiqish va orttirilgan malakalarni umumlashtirish bo’yicha qilingan ishlarni jamlash uchun Amerika Standartlashtirish Milliy Instituti - ANSIda shu maqsadda X3T9.5 komiteti tuzildi. FDDI standartini har xil qismlarini tashkil qiluvchi boshlang’ich versiyasi 1986-1988 yillarda X3T9.5 komiteti tomonidan ishlab chiqildi. O’shanda ushbu standartda qo’llaniladigan birinchi qurilmalar - tarmoq adapterlari, kontsentratorlar, ko’priklar va marshrutizatorlar paydo bo’ldi.
Hozirgi kunda ko’pchilik tarmoq texnologiyalarida fizik sathning bir varianti sifatida optik tolali kabellarni qo’llash imkoniyati mavjud. FDDI standartlari vaqt davomida tekshiruvdan o’tdi va o’z o’rnini saqlab qoldi, har xil korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilmalar bir biri bilan o’zaro ishlash, moslashish darajasi yaxshiligini ko’rsatmoqda.
Bu yuqori tezlikka ega bo’lgan har xil turdagi tarmoqlarni tashkil etishda qo’llaniladi. Bu texnologiya Ethernet (10 Mbit/s) va Token Ring (4 Mbit/s) tarmoqlariga nisbatan ancha yuqori tezlikda ma’lumot almashishni ta’minlovchi muhitda foydalanish uchun ishlab chiqilgandir. FDDI tarmog’i yuqori tezlikda ishlash zarur bo’lgan, uncha katta bo’lmagan bir necha lokal tarmoqlarga xizmat ko’rsatishi mumkin.
FDDI tarmog’i ikkita halqadan iborat bo’lib, bu halqalarda o’xshash, lekin qarama-qarshi yo’nalishdagi ma’lumotlar oqimi mavjud bo’ladi. Ulardan birinchi halqasi dastlabki halqa deyilsa, boshqasi ikkinchi halqa deb ataladi. Agar birinchi halqada nosozlik yuzaga kelsa (masalan, kabelt uzilsa), halqa ma’lumotlarni qaytadan jo’natish uchun uni ikkinchi halqaga jo’natadi va shu tarzda ma’lumot jo’natish jarayoni oxiriga yetkaziladi.
Kirish metodi
FDDI tarmog’ida kirish metodi sifatida marker (grafik belgi) jo’natish jarayonidan foydalaniladi. Komptyuterning FDDI tarmog’ida ma’lum ajratilgan vaqt mobaynida u generatsiya qila oladigan miqdordagi ma’lumot paketlarini u markerdan xalos bo’lguncha jo’natish mumkin. Qachonki komptyuter ma’lumot jo’natishni to’xtatsa yoki unga
ajratilgan vaqt oralig’i tugasagina komptyuter markemi xalos qiladi.
Qachonki komptyuter ma’lumot jo’natishni tugatib markerni bo’sh qo’ysa, halqada bir vaqtning o’zida bir necha paketlar aylanishi mumkin. Jo’natishning bu usuli marker bir jo’natilganda faqat bitta kadr o’tishi mumkin bo’lgan oddiy Token Ring tarmog’idan ko’ra ancha samaralidir.
FDDI standarti Amerika milliy standartlashtirish instituti ANSI (spetsifikatsiya ANSI X3T9.5) tomonidan tavsiya etilgan. Undan so’ng ANSI spetsifikatsiyasiga mos ravishda ISO 9314 standarti qabul qilingan. Ushbu tarmoq standartining darajasi yetarli darajada yuqori.
FDDI tarmog’ining asosiy texnik xarakteristikalari:
Tarmoqdagi maksimal abonentlar soni - 1000 ta.
Tarmoqning maksimal uzunligi - 20 kilometr.
Tarmoq abonentlari orasidagi maksimal masofa - 2 kilometr.
Kirish metodi - markerli.
Ma’lumot uzatish tezligi - 100 Mbit/s (dupleks rejimida jo’narishda esa 200 Mbit/s).
FDDI tarmog’ida yuqori tezlikka erishish uchun ikki xil abonentlar ulanishidan foydalanilaniladi:
A klass (stantsiyasi) abonentlari (Ikki tomonlama ulanish abonentlari, DAS -
Dual-Attachment Stations) tarmoqning ikkala (tashqi va ichki) halqalariga ulanadi. Bunda tarmoqda 200 Mbit/s tezlikkacha ma’lumot almashish mumkin.
V klass (stantsiyasi) abonentlari (Bir tomonlama ulanish abonentlari, SAS - Single-Attachment Stations) tarmoqning faqatgina bir halqasi (ichki halqasiga) ga ulanishi mumkin.
FDDI tarmog’ida kontsentratorlarning ikki xili ikki tomonlama ulanish (DAC - Dual-Attachment Concentrator) va bir tomonlama ulanish (SAC - Single-Attachment Concentrator) kontsentratorlari bo’ladi.
98
18-mavzu: Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari va vositalari. ATM
texnologiyasi
Reja:
Ma’lumotlarni uzatish kanallari.
Internetda tadbirkorlik.
Internetda tanishish.
Ko’pchilik internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya’ni Internet turli soxalarga tadbiq qilindi. Internet texnologiyalar: masofadan o’qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina,
telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar .
Quyida bu texnologiyalarning qisqacha, lekin asosiy tavsiflarini keltiramiz.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o’zgarmoqda.
Deyarli xar daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o’zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea xodisalar sodir bo’lmoqda. Xar bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Xayotni anglash, uni o’rganish informatsiyalarni yig’ish va o’zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o’zlashtirilgan informatsiyalarning ko’p yoki ozligi bilan belgilanadi.
SHuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish ta’limotni takomillashtirishda yangi informatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni ham zimmamizga shu ma’suliyatni yuklaydi.
Vaholanki ta’lim tizimida sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ta’lim tizimida masofadan o’qitish uslubi shakllari qo’llanilmoqda. Masofadan o’qitish uslubi bu sirtqi o’qishning yangi shaklidir. Masofadan o’qitish bu mustaqil o’qishdir. Mustaqil o’qish insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masofadan o’qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o’kuvchi o’ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan xolda o’qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko’pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o’zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o’qitishning yana bir afzallik tomoni unda o’qish muddatini o’kuvchi o’zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, materiallarni o’qituvchi nazoratida o’zlashtiradi. O’zlashtirish topshiriqlami, testlami bajarishiga qarab aniqlanadi. O’quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez o’qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
AQSH masofadan o’qitish texnologiyasi bilan Virginia Commonwealth University MCV da Dr. Dolores Clement rahbarligida o’rgandik [Z], Bu usuldan bir necha yillar davomida foydalanilmoqda. Unda magistraturani tugatgan vrachlar o’qiydi. Vrachlar dunyoning turli nuqtalaridan turib o’qish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ba’zi bakalavriyat talabalari birnecha mutaxxassislikni egallash maqsadida bu usuldan foydalanishadi.
Masofadan o’qitishda odatda ishlayotganlar, onalar, o’qiyotganlar biror mutaxxassislikni egallash yoki malakasi IH oshirish maqsadida o’qiydi. Bu uslub nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan o’qitishda hattoki mahbuslar ham o’qish imkoniga ega. Bu haqida bir necha bor Avstraliyada eshitdik.
Masofadan o’qitish ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodan qulaydir.
Masofadan o’qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o’qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o’qitishda moliyaviy harajatlar asosan o’quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu harajatlar ning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi. SHuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o’qish narxi ham pasayadi. Masofadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’kuv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. CHunki o’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O’quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo’Isa, shunchalik u o’quvchiga foydali bo’ladi. Ya’ni material uslubiy jihatdan puxta bo’lmog’i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |