y,^Cflj*jfiaACCT|)na MMMflaHnnp»fTeosi.i cereii Micrey. y>ijrinahipceinn. ns*tToe£|oS
m
jn^cyri>.ort (TGFVIPI
■yCTSRlEHTh..
Orncamt
Hpoiwon T CP^lP ■ cr«KpTK)rt [vjrottfln rmSaf^juxn
cerrfl. o6ecnnnTTOUjHr< cBHjt ne*uy plMWtfcm DHHMOlwkfWUHWUnOH
y Hci1 ikw./Kwetim St-S4 :th siaMCr. a c6iucth^afiowfle™™ [✓) y tiflUMnart npd h*i Grt^Tcra^omew
noBXJuoneinii
OTMShH
Tarmoq xususiyatlari bo’yicha barcha ishlar ushbu oyna orqali amalga oshiriladi. Ochilgan oynaning KomponentH, ispoltzuemne etim podklyucheniem bandidan Protokol Intemeta (TCP/IP)ni tanlaymiz Svoystva tugmasini bosamiz.
Ushbu oyna TCP/IP Internet protokolini xusuyatlari oynasi hisoblanadi. Oynada IP manzilini olishni ikki yo’li mavjud: birinchisi, avtomatik tarzda IP manzilni olish. Bunda komptyuterni tarmoq kabelini mahalliy tarmoqqa ulanadi natijada tarmoq serveri komptyuterga IP manzilni o’zi taqsimlaydi.
Ikkinchi usulda IP manzil IP manzil maydoniga yoziladi. Odatda ushbu usuldan ko’proq foydalaniladi. Maska podseti agar tarmoqda komptyuterlar soni 254 tadan oshmasa 255.255.255.0 konfiguratsiyada yoziladi.
Ushbu oynada ko’rinib turgandek komptyuterimizga 174.166.1.102 IP manzilini yozdik. Bajarilgan amallarni saqlash uchun OK tugmasini bosamiz. SHuning bilan mahalliy tarmoq IP manzilini o’rnatish ishlari yakunlandi. endi mahalliy tarmoqda 174.166.1.102 IP manzil sizni komptyuteringizniki bo’lda. Istalgan papka yoki diskka ruxsat (dostup) berib boshqa komptyuterlarga ma’lumotlaringizdan foydalanishga imkoniyat yaratishingiz mumkin
Nazorat savollari?
Ethernet nima? Maska nima?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. — 160 b.
11- mavzu: Faks-modemlar va ularning interfeyslari. Faks aloqasini o’rnatish tamoyillari. Faksimil qurilmasi axborotlarini jo’natish va qabul qilish.
«Barcha madaniylashgan insoniyat fakslami yozayotgan, imzolayotgan va
o’qiyotganlarga, bu fakslarni uzatayotgan va qabul qilayotganlarga va bu fakslarni hech qachon ko’rmaganlarga bo’linadi; buning ustiga so’nggi guruh, tugab
bormoqda». (Tadbirkor odamlar xazili)
Butun tijorat tez rivojlanib borayotganda faksimil aloqa oddiygina raqobatga bardosh berib turish uchun ham kerak, bu yerda muvaffaqiyatga erishish to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi.
Agar siz kontraktni (shartnomani) darhol yubora olmasangiz, u holda buyurtmachini yo’qotishingiz mumkin. Agar siz yangi eskizni u tayyor bo’lishi bilanoq darhol namoyish eta olmasangiz, mijozni yo’qotishingiz mumkin. Buyurtmachilar va mijozlarga kerakli hujjatlar darhol kerak va bu muammoni tezkor, oddiy va qimmat bo’lmagan faksimil aloqa bilan hal etish mumkin.
Faksimil aloqa oddiy pochta yoki kurter xizmatidan tezkorgina emas, balki u deyarli barcha holatlarda juda arzon hamdir (adolat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, so’nggi yillarda faksimil aloqaga jiddiy raqobatni elektron pochta — «E-mail» yaratmoqda). Faksimil aloqa (facsimile communication) — qo’zg’almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir; uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo’natuvchining qog’ozli varaqlaridan oluvchining qog’ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir; bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotosuratlar va sh.o’. bo’lishi mumkin. Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko’chirishdir.
Faksimil aloqani oldin fototelegraf aloqa deyilar edi, lekin TTXMK ning tavsiyalari bo’yicha «fototelegraf aloqa» atamasini faqat yarim ochiq rangli tasvirlarni uzatish tizimi uchungina qo’llash kerak; yanada umumiyrog’i «faksimil aloqa» atamasidir, u ham yarim ochiq, rangli, ham shtrixlangan hujjatlarni uzatish tizimlariga xosdir.
Faksimil aloqa asosiga elektr signallarni vaqt oralig’dagi ketma-ketliklarini uzatish usuli qo’yilgan bo’lib, bu signallar uzatilayotgan hujjatning ayrim elementlarini yorqinligini harakterlaydi. Uzatilayotgan tasvirni elementlarga yoyib chiqishni yoyish, bu elementlarni ko’rib chiqish va uqishni esa skanerlash deyiladi. Faksimil aloqaning muxim afzalligi uzatishning to’liq avtomatlashganligi bo’lib, bunga qog’ozli hujjat-manbadan ma’lumotni o’qish va qog’ozli hujjat-qabul qiluvchida ma’lumotni qayd qilish kiradi. Faksimil aloqani tashkil etish uchun faksimil apparatlar (telefakslar) va aloqa kanallari ishlatiladi: hammadan ko’proq telefon kanallardan, kamroq integral servisli (ISDN)
raqamli kanallari va aloqa radiokanallardan foydalaniladi.
Faksimil aloqa standartlari va rejimlari
Faksimil aloqada turli xil ma’lumotlarni uzatish standartlari va ajratish qobiliyati rejimlari (faqat eng mukammal telefakslardagina ta’minlanadi) ishlatiladi.
Xalqaro tasnifga muvofiq xabarlar uzatish standartlarining 4 ta guruhi mavjud bo’lib, ular 12-jadvalda keltirilgan.
Faksimil axborotni telegraf aloqa kanali bo’yicha uzatish tezligi 4800—28800 bit/s oraliqdarda yotadi (TTXMK V.34 standarti); raqamli kanallarni ishlatganda ma’lumotlarni qing’iroq siqish imkoniyati bor va uzatish tezligi 64000 bit/s gacha yetadi.
12-jadval
Faksimil xabarlarni uzatish standartlari
Xabarlarni uzatish standarti
|
A4 Hujjatlarni Ajratish qobiliyati, mm uzatish vaqti da nuqtalar (210x297), s
|
Analogli chastota-
modulyatsiyalangan
signallar
|
360 gacha
|
4tadan
|
Analogli ampletuda-
modulyatsiyalangan
signallar
|
180 gacha
|
4tadan
|
Axborotni siqib raqamli kodlash
|
60 gacha
|
7-9
|
Yuqori tezlikni raqamli uzatish
|
5-10
|
16 gacha
|
Faksimil apparatlari ma’lumotlarni uzatish tezligini, agar qabul qilayotgan telefaks yoki aloqa kanali yuqori darajali xalaqitlarga ega bo’lsa, avtomatik o’rnatishi mumkin. Bu holatlarda odatda boshida maksimal o’rnatilgan uzatish tezligi, qabul qilayotgan telefaks tasdiqlagan axborotlarni ishonchli qabul qilishga erishmagunga qadar pasayadi (uzatish seansi boshida uzatayotgan telefaks maxsus signal yuboradi; qabul qilayotgan apparat bu signalni tushunganidan keyin, axborotni qabul qilganlik xabarini yuboradi). Masalan, A4 o’lchamdagi matnli hujjatni uzatish vaqti, uzatish tezligi 9600 bit/s bo’lganda, 20 sekundni tashkil etadi, lekin aloqa kanalining sifati pastligi tufayli uzatish tezligi 4800 bit/s gacha pasaysa, hujjatni uzatish vaqti ikki marta ortadi, tezlik 2400 bit/s bo’lganda esa 4 marta ortadi, ya’ni hujjat 1 minutdan ortiqroq vaqt davomida uzatiladi.
Faksimil apparatlar ishlatadigan ajratish qobiliyati rejimlari:
Standart — oddiy, ajratish qobiliyati 100x200 dpi;
Fine (High) — sifatli (yuqori), ajratish qobiliyati 200x200 dpi;
Superfine (Super high) — yuqori sifatli (o’ta yuqori), ajratish qobiliyati 400x200 dpi;
Halftone (Photo) — yarim ochiq, rangli (fotorejim), qo’l rangning 64 tagacha (darajasi).
Yuqorida aytilganlarni tushuntiramiz.
Faks-hujjatning to’la satri qog’oz varaqa eni 210 mm bo’lganda 1600 ta elementdan tashkil topadi, ya’ni faksning ajratish qobiliyati satr bo’ylab (gorizontal bo’yicha) deyarli har doim 1 dyuymga 200 ta element (nuqtalar) yoki 200 dpi (dot per inch — dyuymda nuqtalar; 1 dyuym 25,4 mm) — 1 ta element taxminan 1/8 mm joy oladi.
Oddiy rejimda qog’ozning siljish qadami 1/4 mm ni tashkil etadi (vertikal bo’yicha ajratish qobiliyati 100 dpi); sifatli rejimda — qadam 1/8 mm ni tashkil etadi (ajratish qobiliyati - 200 dpi).
Yuqori sifatli rejim ishlatilayotgan faksapparatga bog’liq ravishda 300—400 dpi ajratish qobiliyatiga ega.
Yarim ochiq rangli rejim qo’l rang tuslarini uzatishni ta’minlaydi va kerak bo’lganda yarim ochiq rangli fotosuratlarni yoki rasmlarni uzatish uchun ishlatiladi. «Qo’l rangni darajalash» yarim ochiq rangni tasvirlash imkoniyatini belgilovchi muxim kattalikdir.
Fotosuratlar, rasmlar, reproduktsiyalar, rangli hujjatlar oq-qora tasvirda uzatilishi mumkin va telefaks qo’l rang shu darajalashni (yarim ochiq rang, tuslarni) qanchalik ko’p miqdorda shakllantira olsa, uzatilgan tasvirning sifati shunchalik yuqori bo’ladi.
SHuni inobatga olish kerakki, ajratish qobiliyatining qanchalik sifatli rejimi qabul qilinsa, hujjatdan o’qilayotgan nuqtalarning soni shunchalik ko’p bo’ladi va butun hujjatni o’qib chiqishga shunchalik ko’p vaqt talab qilinadi. Ma’lumotlarni fine rejimida uzatish stardart rejimiga nisbatan uzatish vaqtini taxminan ikki marta uzaytiradi, superfine rejimi esa bu vaqtni 4 marta uzaytiradi; halftone rejimida uzatish vaqti stardart rejimga nisbatan eng kamida 8 marta kattadir.
Umuman olganda, bir varaq hujjatni uzatishga sarflangan vaqt bu varaqning o’lchamlari, undagi tasvir harakteri, uzatish tezligi va o’tkazish tezligi rejimiga bog’liq.
Faksimil aloqa, agar EHM faksmodem bilan jixozlangan bo’lsa, uzatilayotgan axborotni EHM ga avtomatik kiritish uchun ishlatilishi mumkin.
Faksimil apparatlar
Faksimil apparat uchta asosiy qismdan tuzilgan:
qog’oz varag’idagi xabarni o’qish va uni apparatning elektron qismiga kiritishni ta’minlaydigan skaner;
xabarni oluvchiga uzatish va boshqa abonentdan xabarni qabul qilishni ta’minlaydigan uzatuvchi-qabul qiluvchi qims (odatda modem);
qabul qilingan xabarni rulonli yoki oddiy qog’oz varag’iga chop etuvchi printer.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan faksimil apparatlar tasvirlarni ifodalash turi, yoyish turi va ajratish qobiliyati bilan farqlanadi.
Tasvirlarni ifodalash turi bo’yicha (ishlatilayotgan printer turi bo’yicha) faksimil apparatlar quyidagilarga bo’linadi:
termografik (Xerox 7235, Canon Fax-T20, Panasonic KX-F130B);
ingichka oqimli (Panafax UF-305, Panafax UF-321);
lazerli (Panafax UF -755, Canon Fax 850, Xerox 7041);
elektrografik (Panasonic KX-F 1000B, Panasonic KX-F 1100B);
fotografik (Neva);
elektrokimyoviy (Beryozka);
elektromexanik (SHtrix).
Ko’pchilik zamonaviy faksimil apparatlar termografik tipdagidir: ular qimmat emas va yetarli yaxshi tavsiflarga ega: ajratish qobiliyati mm da 7—10 ta nuqta, 16—32 darajali qo’l rangni uzatishi mumkin, ko’pincha 9600 bit/s li modem bilan jixozlanadi; lekin ularda vaqt o’tishi bilan sarg’ayib ketadigan maxsus qimmat turadigan termoqog’oz ishlatiladi.
Telefaksda termochop etishning ishlash prinsipi. Uzatilayotgan hujjatdagi oq va qora nuqtalarning almashinishib turishi tug’risidagi aloqa kanali bo’yicha kelgan ma’lumotlar mos ravishda chop etadi.
13-rasm. Zamonaviy faksimil apparati
Kuchsiz va kuchliroq elektr signallari ko’rinishida bo’lib, termoqog’oz bilan kontaktda bo’lgan qizdiruvchi elementlar chizg’ichiga beriladi. Yanada kuchli signalni olgan termoelementlar qiziydi va u bilan kontaktda turgan qog’oz uchastkalarining qorayishiga olib keladi. Termoelementlar sovigandan keyin termoqog’oz bir qadam oldinga suriladi va tasvirni keyingi qatorda shakllanishi amalga oshiriladi. Bunday tsikl bir necha millisekund davom etadi, bu esa yuqori tezlik bilan chop etishni ta’minlaydi.
Elektrografik va ingichka oqimli faksimil apparatlar ham taxminan shunday klassda ishlaydi, lekin ularning asosiy xususiyati oddiy qog’ozni ishlatishi va birmuncha yuqori narxdaligidir.
Lazerli faksimil apparatlar yaxshi tavsiflarga ega: ajratish qobiliyati 1 mm da 16 ta nuqtagacha va 64 ta kul rang darajasi, 14400 bit/s li modemlar bilan jixozlanadi, lekin ular sezilarli darajada qimmatdir.
Fotografik faksimil apparatlar boshqalarga qaraganda yarim ochiq rangni yaxshi uzatadi va yuqori ajratish qobiliyatiga ega (mm da 16 ta nuqtagacha), lekin qimmat. Elektrokimyoviy va elektromexanik apparatlarning ajratish qobiliyati taxminan bir xildir — 1 mm da 4—6 ta nuqta, lekin elektromexanik apparatlar yarim ochiq ranglarni uzatmaydi (ularni ko’pincha shtrixli apparatlar deyiladi). Elektrokimyoviy apparatlar maxsus elektrokimyoviy qog’ozni ishlatadi. elektromexanik apparatlarning afzalligi shundaki, oddiy qog’ozni ishlatadi va tuzulishi oddiydir.
Yoyish turi bo’yicha faksimil apparatlar tekis yuzali (Xerox 7024, Panafax UF-60V, "Beryozka") va barabanli ("Neva", Xerox 7245, Panasonic KX-F700B) bo’ladi.
Tekis yuzali apparatlarda uzatilayotgan hujjatlar faqat enining o’lchami bo’yicha, barabanlida esa ham eni bo’yicha, ham buyi bo’yicha cheklanadi.
Ba’zi faksimil apparatlarning tavsiflari 13-jadvalda keltirilgan.
Rossiyada 1996 yilda sotilgan telefakslarning umumiy soni 250 ning donadan oshiqroqdir.
13-jadval
Ba’zi faksimil ai
|
pparatlarning tavsiflari
|
Firma
|
Model
|
Hujjatni uzatish vaqti
|
Kul rangni darajalash, dona
|
Ajratish qobiliyati, 1 mm da nuqta
|
Panasonic
|
Panafex
UF-755
|
7
|
64
|
16
|
Canon
|
Fax 850 HD
|
3
|
64
|
16
|
Xerox
|
7041
|
7
|
64
|
16
|
Panasonic
|
Panafex UF
|
7
|
64
|
16
|
Xerox
|
7210
|
20
|
16
|
8
|
Xerox
|
7235
|
17
|
32
|
16
|
Panasonic
|
KX-F130
|
15
|
16
|
16
|
Canon
|
Fax T20
|
20
|
16
|
8
|
Faksimil apparatlarning servis imkoniyatlari
hujjatlarni nusxalash rejimi borligi; ko’pchilik telefakslar hujjatlarni nusxalashni yuqori tezlik bilan bajaradi — minutiga 10 tagacha nusxa (aslini olganda, bu chop etuvchi qurilmaning ish tezligi bilan aniqlanadi);
telefon trubkasi va tovushli aloqa rejimiga qayta ulanish imkoniyatining borligi, ba’zida esa bir vaqtning o’zida faksni uzatish bilan bir qatorda so’zlashuvni olib borishga imkon beruvchi qo’shimcha telefon kanalining borligi;
avtojavob beruvchining borligi, u liniyaga oldindan yozib quyilgan nutqli xabarni yuborish imkonini beradi, olingan xabarni qabul qilish va keyinchalik eshitib ko’rish uchun saqlab turishga imkon beradi;
«baland tovushli aloqa» — trubkani ko’tarmasdan nomer terish va abonent bilan gaplashishni yoki uni faqat eshitishni amalga oshirish imkoniyati (birinchi holatda baland tovushli aloqa ikki tomonlama, ikkinchisida esa bir tomonlama); bu rejimni amalga oshirish uchun spikerfon — dupleksli baland ovozli dinamik va mikrofon bo’lishi kerak;
kerakmas chiqaruvlarni qabul qilmaslik imkoniyati — siz xoxlamayotgan abonentlardan kelayotgan chiqaruvlarni inkor qilish;
faksimil apparatni kompyuterga ulash imkoniyati;
bir necha Mbayt tezkor xotirani va o’nlab bayt tashqi xotiraning borligi;
«nomerlar xotirasi» — muhim abonentlarning nomerini tezkor terishda ishlatish uchun telefaks xotirasida saqlanadigan telefon nomerlari soni;
«varaqlar xotirasi» — qog’oz yo’qligida va kutilmaganda tugaganda yoki keyinchalik uzatish uchun telefaks tezkor xotirasiga yozilishi mumkin bo’lgan hujjatlar varag’i soni;
abonentlarning nomerlarini va adreslarini elektron telefon ma’lumotnomasining borligi;
suyuq kristalli raqam-harfli qayd etuvchining (displeyning) borligi, unda telefaksning joriy ishlash rejimlari, shu jumladan terilayotgan telefon nomeri, ma’lumot almashish tezligi, aloqa o’rnatilgan abonent nomi va nomeri va b. aks ettiriladi;
xabarni ushlab turib uzatish («kechiktirilgan uzatish») va tashqi so’rov bo’yicha uzatish imkoni;
kechiktirilgan uzatish imkoni, bu oldindan uzatishga tayyorlangan hujjatni abonentlarga berilgan vaqtda avtomatik uzatish, masalan, kechqurun, shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlarga tariflar birmuncha past bo’lganda uzatish;
poling imkoniyati — faksimil axborotni avtomatik uzatishga kerakli stantsiyani so’roqlash va taklif qilish; parol bilan himoyalangan so’roqlash, siz faks olishni xoxlagan faks-apparatni himoyalangan kod nomerini bilishni talab etadi;
fakslarni sir tutiladigan pochta qutilari bo’yicha saralash imkoniyati;
hujjatlarni va qog’ozni avtouzatish imkoniyatining borligi;
rulonli qog’ozni avtokesishning borligi va b.
Faksimil apparatda ishlash
Faksimil xabarni (faksni) qabul qilish, uzatish va hujjatni nusxalashni oddiy va keng tarqalgan Xerox 7210 faksimil apparati misolida ko’rib chiqamiz.
Faksimil axborotni qabul qilish
Agar faksimil apparat ulangan va qog’oz bilan ta’minlangan bo’lsa, u holda u kelgan faksni avtomatik rejimda sizning xech qanday aralashuvingizsiz qabul qiladi. Sizning qiladigan ishingiz faksni rulondan kesib olish yoki apparat kesuvchi qurilma bilan jixozlangan bo’lsa, undan chiqqan faksni olish bo’ladi.
Agar faksimil apparat o’chirilgan bo’lsa, sizga esa telefon bo’yicha qo’ng’iroq qilib faksni qabul qilishni so’ralsa, u holda qog’oz borligini tekshirish va apparatni ulash lozim (START knopkasini bosish kerak).
Faksimil axborotni uzatish
Eng avvalo uzatiladigan hujjatni e’tibor bilan tayyorlash lozim.
Uzatilayotgan hujjat o’lchamini sizning uzatayotgan apparatingiz va qabul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan moslashtirish kerak.
Agar hujjat o’lchami apparatingiz imkoniyatlaridan kattaroq bo’lsa, uni masshtabli nusxalash yo’li bilan kichraytirish, yoki qismlarga bo’lish va har bir qismni alohida nusxalash kerak yoki oddiygina qilib alohida qismlarga bo’lish, keyin esa qismlar bo’yicha uzatish kerak.
Xususan, Xerox 7210 telefaksi kengligi 216 mm gacha va uzunligi 1500 mm gacha bo’lgan hujjatlarni uzatish imkonini beradi.
Qabul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan qabul qilinayotgan hujjatning maksimal uzunligini moslashtirish kerak: ba’zi bir tipdagi apparatlarda bu uzunlik cheklangandir va agar bunday apparatga juda ham uzun hujjat uzatsangiz, u holda hujjat to’liq qabul kilinmaydi. Standart A4 o’lchamli hujjatlar (210x297 mm) amalda istalgan telefaksda qabul qilinadi, shuning uchun hujjatlarni aynan shunday standart o’lchamda uzatishga harakat qiling.
Qog’oz sifatiga ham e’tibor berish talab etiladi: g’ijimlangan qog’oz, juda qalin yoki aksincha, juda yupqa qog’oz hujjatning tiqilib qolishi yoki ezilishiga olib kelishi mumkin. Uzatilayotgan hujjatda begona narsalar: qiskichlar, changaklar, knopkalar va sh.o’., bor-yo’qligini diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi, ular faqat hujjatnigina emas, balki faksimil apparatning o’zini ham buzib qo’yishi mumkin.
Uzatishga tayyorlangan hujjatni matnini pastga qaratib kirish ariqchasiga qo’yish va yo’naltirgichni hujjat kengligi bo’yicha sozlash kerak. Ko’pchilik faksapparatlar 5-10 ta va undan ko’p varag’ni avtouzatkichiga ega, shuning uchun tayyorlangan hujjatlarni unchalik ko’p bo’lmagan to’plamini birdaniga qo’yish mumkin. Xerox 7210 apparatida uzatuvchi ariqchaga birdaniga 5 varaqni qo’yish mumkin.
Uzatish sifati rejimlarini o’rnatish tavsiya etiladi:
agar hujjat juda ham och rangda bo’lsa, LIGHT knopkasini bosish kerak;
ajratish qobiliyatining tanlangan rejimi knopkasini bosish kerak, bunda yuqori sifatli rejimlarni tanlashni suiste’mol qilmaslik kerak, negaki ular katta uzatish vaqtini talab etadi; odatda standart rejimlari bilan chegaralanish yetarlidir, kichik detallarga ega bo’lgan hujjatlar uchun esa fine rejimi kifoya.
Faks yuborishni istagan abonent bilan telefon orqali bog’laning va unga bu haqda ma’lumot bering. Trubkada faks xabarini paydo bo’lishini kutib, START knopkasini bosing va telefon trubkasini joyiga qo’ying.
Agar abonentingizning faksapparati ulanganligiga ishonsangiz, telefon trubkasini ko’tarmasdan uning telefon nomerini terib, START knopkasini bosishingiz mumkin.
Agar abonent nomeri tezkor terish klavishasida eslab qolingan bo’lsa, u holda bu klavishani bosib, qabul qilayotgan tele-faks nomerini kiritishingiz mumkin.
Hujjatlami nusxalash
Hujjatlarni nusxalash uchun:
nusxa olinayotgan hujjat qog’ozining sifatini va hujjatda begona elementlar yo’qligini tekshiring;
telefaks qog’oz bilan ta’minlanganligini tekshiring va agar yo’q, bo’lsa qog’oz bilan ta’minlang;
nusxa olinayotgan hujjatni kirish ariqchasiga matnni pastga qaratib qo’ying;
COPY knopkasini bosing;
tayyor nusxani uzib oling yoki oddiygina oling.
SHuni nazarda tutingki, termografik faksapparatlarda hujjatlarni nusxalash iqtisodiy tomondan foydali emas (juda ham qimmat qog’oz).
Faksimil servis-tizimlar
Faksimil apparatni mavjud bo’lgan faks-servis tizimlariga ulanishi servisli xizmatlar hajmini sezilarli kengaytirish imkonini beradi. Rossiya, MDH, mamlakatlari va uzoqdagi chet elning 500 dan ortiqroq shaharlaridagi hamma yirik korxonalarni qamrab olgan umumrossiya kengaytirilgan faks-servis tizimi o’zining barcha abonentlariga quyidagi xizmatlarni ta’ninlaydi:
olinganligi to’g’risida tasdiqlash bilan hujjatlarni yuborish uchun ixtiyoriy faksapparat yoki komptyuter tizimiga murojaat qilish;
hujjatlarni darxol yoki kechiktirib eltish — yetkazish kuni va vaqti jo’natuvchi tomonidan muloqot qilish rejimida beriladi;
oldindan tuzilgan ro’yxat bo’yicha hujjatlarni avtomatik; aylanma (tsirkulyar) yuborish;
uzatilayotgan ma’lumotning maxfiyligi (abonentning identifiqatori va paroli bo’yicha);
abonent buyrug’ining bajarilish natijasini (hujjat eltib berilgan yoki eltib berilmagan), kun va vaqtini ko’rsatib hamda hujjat eltib berilmaganligi sababini ko’rsatgan holda kvitantsiya berish;
boshlovchi foydalanuvchilar uchun rus va ingliz tillarida spikerfon bo’yicha tovushli aytib turish.
CHet elda faksimil tizimlar bizdagiga nisbatan birmuncha yaxshi rivojlangan. Ko’pchilik mehmonxonalar, aeroportlar, ko’plab korxonalar faesida va boshqa jamoat joylarda faksimil apparat xizmat ko’rsatilmaydigan xonalarga o’rnatiladi. Ular taksofonlar kabi tamoyil bo’yicha ishlaydi. Ko’pincha faksimil kabinalar ikkita telefon liniyasiga ega bo’lib, ularda bir vaqtning o’zida faks uzatish va telefonda so’zlashish mumkin. Radiofakslar keng ishlatilmoqda; harakatlanadigan radio-faksimil aloqaning ko’p kanalli tizimlari mavjud, ular avtomobillarda o’rnatiladigan harakatlanadigan radiofakslar va statsionar bazaviy stantsiyani o’z ichiga oladi (hamda, amaliyotning ko’rsatishicha, avtomobildagi radiotelefonlar va radiofakslar ko’pincha yo’l-transport xodisalari sababchisi bo’lmoqda).
O’zini kompyuteriga ega bo’lgan uyali intellektual radiotelefon-fakslar mavjud — elektron kotiblar (PDA); IBM firmasi shunga o’xshash Simon apparatini ishlab chiqardi, mutaxassislarning fikricha, ular PDA ni siqib chiqarishga qodirdir.
Qo’lyozma xabarlarini va qo’lda bajariladigan sxemalarni uzatish uchun ishlatiladigan telefonli faksimil qo’shimcha qurilmalar (pristavkalar), imzolarni uzatish uchun esa aslini olganda teleavtograf qo’shimcha qurilmalar chiqarilmoqda. Bunday qo’shimcha qurilma, bu kompyuter — telefonga ulanuvchi elektron daftarcha. Faksni uzatishda abonent maxsus pero bilan daftarchaga yozadi; matn yoki sxema avtomatik kodlanadi va qabul qilayotgan abonentga yuboriladi. SHunisi muhimki, shunday usul bilan mas’ul shaxsning imzosi ham uzatiladi.
Kompyuterli faksimil tizimlar
Kompyuter kuchli hisoblagichdan kuchli kommunikatsion vositaga tobora ko’proq aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, turli xil axborot-hisoblash tarmoqlaridan butun dunyoning eng uzoqdagi manzillariga axborotlarni yuborish va olish mumkin, yuzlab va minglab abonentlar bilan ma’lumotlar va dasturlar almashish mumkin, tezkor xizmat tizimidan ixtiyoriy ma’lumotnoma axborotlarini olish mumkin.
Yuqorida aytilganidek, kompyuter abonentlik telefon tarmog’iga ulanishi va bu tarmoqning boshqa abonentlariga murojaat qilishi mumkin hamda bu tarmoq bilan ishlovchi elektron pochta, teletayp va telefakslarga ulanishi ham mumkin (shunday servis tarmoqlari xozirda mavjud: «Rosnet», REX 400 va boshqa tarmoqlar).
Faksmodemli kompyuter telefaksga qaraganda birmuncha ishonchliroq («qog’ozni chaynamaydi») va turg’unroq ishlaydi, ko’pgina qo’shimcha ushbu servis xizmatlarini ta’minlaydi: komptyuter vositalarini hamma xazinasini ishlatib, faks matnlarini yanada qulayroq va samaraliroq avtomatik tayyorlash; elektron pochta, teleks va kompyuterning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyasi; juda rang-barang foydali ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi katga sig’imli elektron ma’lumotnoma kitobining borligi; faksga xodimlarning va tashqi abonentlarning murojaat qilish huquqini ajratib qo’yish; aloqa qog’ozlarining o’tishini nazorat qilish; faks bilan ishlashni to’liq statistikasi va sh.o’.
Hozirning o’zida abonentning telefon nomerini bevosita terish mumkin bo’lgan kompyuter klaviaturalari (Compu Phone 2000 klaviaturasi) ishlab chiqarilmoqda; hozirdanoq videokamera va mikrofon bilan jixozlangan komptyuterlar paydo bo’ladi, ular hamkorlar bilan faqatgina fakslar almashibgina qolmasdan, balki ular bilan ham ko’rishish, ham gaplashish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |