Mavzu: shaxsiy kompbyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari. Reja


Zamonaviy komptyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi



Download 1,76 Mb.
bet2/34
Sana14.01.2022
Hajmi1,76 Mb.
#364167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
admin

Zamonaviy komptyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi.

P


Protsessor (tizim) bloki; Monitor;

Klaviatura va sichqoncha.



rotsessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.

Korpus va elektr ta’minoti bloki;

Asosiy plata;

Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler;

Tezkor xotira;

Vinchester turidagi tashqi xotira. Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o’qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo’ldosh televideniesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o’xshash jihozlar joylanishi mumkin.

Komptyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobilt telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy komptyuter tarmog’i, internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o’xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi.

Komptyuterga ulanadigan, to’g’rirog’i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko’ra to’rt toifaga bo’linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo’shimcha. Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va komptyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo’ladi. Tashqi qurilmalar deb komptyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo’shimcha qurilmalar deb komptyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proektor, skaner, videokamera va boshqalarga aytiladi.

Funktsional vazifasi (ma’lumotlarni kiritishi va chiqarishiga) ko’ra qurilmalar uch toifaga ajratiladi: kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi kirituvchi qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, monitor chiqaruvchi, vinchester ham kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir

Korpus. Komptyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko’rinishda bo’ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o’rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda serverlar va o’ta kuchli komptyuterlar, ikkinchisi ommaviy komptyuterlar, uchinchisi arzon komptyuterlar uchun mo’ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo’lib, ular odatda ustiga monitor qo’yishga mo’ljallangan.

Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir. Super mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2-3 marta kam.

Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi.

Komptyuter korpusi mustahkam bo’lishi kerak. Unga bir necha ventilyatorlar o’rnatiladi va ular kuchli tebranishlarga sabab bo’ladi. Bu tebranishlar vinchester turidagi disklar uchun juda xavfli. Korpus karkasi kuchli bo’lsa, ventilyatorlarning tebranishi korpusning tebranishiga olib kelmaydi.

Korpusning yana bir muhim jihati uning qanday asosiy platalarga mo’ljallanganligidir. Korpuslarning bu jihati form faktor deb ataladi. AT deb atalgan korpuslar o’z o’rnini AT-X deb nom olgan korpuslarga bo’shatib berdi.

Korpuslar ularga o’rnatilgan elektr ta’minoti blokining quvvati bilan ham farqlanadi. AT korpuslaridagi ta’minot bloki quvvati 100 - 300 Vatt bo’lsa, AT-X korpuslarida bu ko’rsatkich 350 - 500 Vattga teng. Ta’minot bloklari 5 va 12 Voltt kuchlanishli elektr toklarini ishlab chiqaradilar.



Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 5 volttli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 voltt kuchlanish avval 3 volttgacha, so’ng 1,1 volttgacha kamaydi.

Protsessor.



Protsessor esa asosiy qurilma bo’lib, unda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk, kontroller, disketalar bilan ishlash uchun qurilmalar va hokazolar joylashadi. Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi:

Mikroprotsessor - komptyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo’lishi mumkin.

Operativ xotira protsessor uchun zarur bo’lgan programmalar va ma’lumotlarni saqlaydi. Komptyuter o’chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o’chiriladi.

Qattiq diskdagi programma va ma’lumotlar o’chiriladi.

Qattiq diskdagi programma va ma’lumotlarni doimo saqlaydi.

Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) komptyuterga kiruvchi (monitor, klaviatura va hokazolar) turli qurilmalar ishini boshqaradi.

Kiritish -chiqarish porti orqali protsessor bilan ma’lumot almashadi.

Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud.

Umumiy portlarga printer, "sichqoncha" ulanishi mumkin.

Nazorat Savollari



  1. Zamonaviy kompyuterni asosiy bloklari ?

  2. Funksional vazifalari sanab bering ?

  3. Protsessor nima ?

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. — 160 b.

  2. http:// www.wiley/com/combooks/fastethernet



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish