Mavzu: shaxsiy kompbyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari. Reja



Download 1,76 Mb.
bet4/34
Sana14.01.2022
Hajmi1,76 Mb.
#364167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
admin

Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallami bajarish uchun mo’ljallangan (SHK laming ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprosessor ulanadi). Mikroprosessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining yeng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprosessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Reegistrarturli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka yega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq,).

Mikroprosessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchunmo’ljallangan, u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP),boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.

Interfeys (interfase) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plani bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.

Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash apparaturasi bo’lib, mikroprosessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.

Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri

hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.

Qo’shimcha integral mikrosxemalar

SHK ning tizimli shinasiga va MP ga tipik tashqi qurilmalar bilan bir qatorda ba’zi bir qo’shimcha integral mikrosxemalar ulangan bo’lishi mumkin; ular mikroprosessorning ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi: matematik soprosessor, xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi, kiritish-cliiqarisli soprosessori, uzilishlar nazoratchisi va b.



Matematik soprosessor qayd qilingan va ko’chib yuradigan nuqtali ikkilik sonlar ustida, ikkilik kodlangan o’nlik sonlar ustida amallar bajarishni tezlashtirish uchun, ba’zi bir transsendent, shu jumladan trigonometrik funksiyalami hisoblash uchun keng ishlatiladi. Matematik soprosessor o’zining buyruqlar tizimiga yega va asosiy MP bilan parallel (vaqt bo’yicha kelishilgan holda), lekin MP boshqaruvi ostida ishlaydi. Amallami bir necha o’n martalab tezlashtiradi. MP ning oxirgi modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprosessorni o’z strukturasi ichiga olgan.

Xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi MP ni magnit disklardagi yig’uvchilarni bevosita boshqarishdan holos yetadi, bu yesa SHK ning samarali tezkorligini jiddiy oshiradi. Bu nazoratchisiz TXqva TEQQ orasidagi qiymatlarni almashish MP registri orqali ikki qadamda, nazoratchi bor bo’lganda yesa bir qadamda amalga oshiriladi qiymatlar bevosita, MP ni chetlab o’tib, TXQ, va TEQQ, o’rtasida uzatiladi. Kiritish-chiqarish soprosessori — MP bilan parallel ishlashi hisobiga, bir nechta tashqi qurilmalarga (displey, printer, QMDY, EMDY va b.) xizmat ko’rsatganda kiritish-chiqarish jarayonlarini bajarishni juda tezlashtiradi; MP ni kiritish-chiqarish jarayonlarini qayta ishlashdan ozod yetadi, shu jumladan xotiraga bevosita murojaat qilish rejimini amalga oshiradi.

UiSannnza/CzsSHK da muhim rol o’ynaydi.

Uzilish — bir dasto’rni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muhimroq boshqa dasto’rni tezkor bajarish maqsadida vaqtincha to’xtatilishidir.



Uzilishlar kompyuterni ishlashida doimo paydo bo’ladi, shuni aytish yetarliki, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning hamma jarayonlari uzulishlar bilan bajariladi, masalan, taymerdan uzulishlar uzulish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta hosil qilinadi va xizmat ko’rsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi ulami sezmaydi).

Uzilishlar quyidagilarga bo’linadi:



  • kiritish-chiqarish bazaviy tizimidan uzulishlar yoki quyi daraja uzulishlar;

  • operasion tizimdan uzulishlar yoki yuqori daraja uzulishlari.

Uzilishlar nazoratchisi uzulish jarayonlariga xizmat ko’rsatadi, tashqi qurilmalardan uzulishga so’rovni qabul qiladi, bu so’rovni muhimlilik darajasini aniqlaydi va MP ga uzulish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasto’rning bajarilishini to’xtatadi va tashqi qurilma so’ragan uzulishning maxsus xizmat ko’rsatish dasturini bajarishga o’tadi. Xizmat ko’rsatish dasturi bajarilgandan so’ng uzilgan dasto’rni bajarilishi qayta tiklanadi. Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan hisoblanadi.

Klaviatura. Klaviatura komptyuterga harf va raqam ko’rinishidagi ma’lumotlar va buyruqlarni kiritish uchun ishlatiladigan tashqi qurilmadir. U yozuv mashinasining klaviaturasiga o’xshab ketadi, lekin unga nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega. Uning tugmalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Harf va raqamlarni kiritish tugmalari.

Boshqarish tugmalari Funktsional tugmalar.

Kursorni boshqarish tugmalari.

Qo’shimcha klaviatura tugmalari.

Multtimedia bilan ishlash uchun qo’shimcha tugmalar.

Barcha klaviaturalarda tugmalar to’plami deyarli bir xil. Ular odatda bir-biridan faqat multtimedia bilan ishlash uchun mo’ljallangan qo’shimcha tugmalarining soni va joylashishi bilan farq qiladilar. Oxirgi paytda tugmalarining joylashishi biroz o’zgartirilgan ergonomik (foydalanuvchi uchun qulay va bezarar) klaviaturalar urf bo’lmoqda.

Klaviaturalarni komptyuterga ulash uchun hozirgi paytda maxsus raz’em OS/2 dan foydalaniladi. Bu raz’emni 25 yil avval IBM kompaniyasi birinchi marta qo’llagan edi. Komptyuterga standart USB port orqali ulanadigan klaviaturalar ham ko’payib bormoqda. Bundan tashqari komptyuterga infraqizil nurlar yordamida ulanadigan simsiz klaviaturalar ham bor.









Sichqonchalar. Sichqonchasiz komptyuter bilan ishlashning deyarli iloji yo’q. Grafik interfeysli dasturlar bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan sichqoncha, ayniqsa komptyuterda ishlashni endi boshlaganlar uchun juda qulay. Sichqonchaning ekranda kursor deb ataluvchi ko’rsatkichi bo’lib, sichqonchani joyidan qimirlatsak, kursor ham unga mos ravishda harakatga keladi.

Sichqoncha yordamida bir necha amalni bajarish mumkin xolos, lekin bu amallardan barcha dasturlarda keng foydalaniladi. Bular uning chap tugmasini bir yoki ikki marta chertish, o’ng tugmasini bir marta chertish, uning g’ildiragini aylantirish va chap tugmasini bosib turib sichqonchani yurgizishdir.

Hozirgi paytda sichqonchaning lazerli deb ataluvchi turi ishlab chiqariladi. Bunday sichqonchaning harakati lazer nuri yordamida aniqlanadi. Avvallari sichqoncha sharikli mexanik qurilmaga ega bo’lib, uning yordamida harakat yo’nalishi aniqlanar edi.

M
Sichqonchalar ham klaviaturalar kabi komptyuterga OS/2, USB portlari orqali yoki infra qizil nurlar yordamida simsiz ulanishi mum kin.



onitorlar.
Komptyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, u ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda tasvirlab bera olmasa, undan hech qanday foyda yo’q. Foydalanuvchi komptyuterdagi ma’lumotlarni asosan, monitor orqali oladi. Monitor ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi hisoblanadi.

Hozirgi paytda sensorli (sezgir) ekranli monitorlar ham ishlab chiqarilsada, ular shaxsiy komptyuterlarda hozircha keng tarqalmagan. Bunday sensorli ekranlardan telefonlarda, bookreader (elektron kitoblarni o’qish uchun mo’ljallangan qurilmalar), sotuv avtomatlarida va ba’zi noutbuklarda foydalaniladi. Sensorli ekranlarda sichqoncha vazifasini foydalanuvchi barmoqlari bajaradi. Ularda biron ob’ektni sichqoncha yordamida chertish o’rniga ekrandagi shu ob’ektni barmoq bilan chertish yetarli. Monitorlar birinchi navbatda ularda ekran sifatida nima ishlatilishi bilan farqlanadi. Dastlab monitorlar elektron nurli trubkalardan foydalanganlar. Ular CRT (Color Ray Tube - rangli nur trubkalari) deb nomlanadi. Ularda ekrandagi tasvir elektron nur yordamida yaratiladi. Rangli tasvir yaratish uchun bunday trubkalarda bir vaqtda uchta nurdan foydalaniladi. Bu nurlar asosiy ranglar deb ataluvchi: Red (qizil), Green (yashil) va Blue (ko’k) ranglarga mos keladi. Uchta asosiy ranglarni qo’shib, tabiatda uchraydigan deyarli barcha ranglarni yaratish mumkin. SHu sababli, monitorlarda rang hosil qilish va rangli tasvirlarni saqlashning ba’zi sistemalari RGB qo’shiluvchi ranglar sistemasi deb ataladi. CRT monitorlari hozircha keng tarqalgan bo’lsa-da, bugungi kunda deyarli ishlab chiqarilmaydi.

Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan monitorlarning deyarli barchasi suyuq kristalli monitorlardir. Dastlab, bundan qirq yil oldin elektron soatlar va kalkultyatorlarda foydalanilgan suyuq kristallar hozir deyarli barcha tasvirlarni aks ettiruvchi qurilmalarda ishlatiladi. LCD (Liquid Crystal Display - cuyuq kristalli displey) deb ataluvchi bu monitorlar foydalanuvchilar orasida o’zining tashqi o’lchamlari sababli yassi monitor deb ham ataladi. Bu monitorlarda odatda suyuq holda bo’ladigan, lekin elektr toki ta’sirida kristallana oladigan va rangini o’zgartiradigan moddalardan foydalaniladi.

Yana bir monitorlarning turi bu plazmali monitorlardir. Ularning ishlash tamoyili shimoliy qutb yog’dusiga o’xshab ketadi. Bu monitorlarda gaz yuqori haroratli plazma ko’rinishida bo’ladi va ulardan elektr toki o’tganda o’zidan yorug’lik nuri chiqaradi. Bu monitorlarda tasvir elementlari (piksellarning) o’lchamlari ancha katta bo’lib, ularni kichiklashtirishning deyarli iloji yo’q. SHu sababli, bunday monitorlarning o’lchamlari bir necha metr bo’lib, ular shaxsiy komptyuterlarda deyarli foydalanilmaydi.

So’nggi paytda yarim o’tkazgichli fotodiodlardan foydalanadigan monitorlar keng ishlab chiqarila va narxlarning pasayishi sababli ommaviylasha boshlandi. Bunday monitorlar LED (Light Electronic Diode - yarim o’tkazgichli fotodiod) deb nom olgan. Suyuq kristallar yorug’lik manbasidan chiqayotgan nurlarni o’tkazsa, fotodiodlarning o’zi

yorug’lik manbasidir. SHuning uchun bu monitorlarning bir qator parametrlari, birinchi navbatda tasvirning kontrastligi boshqa turdagi monitorlarga nisbatan juda yuqori.

Ular LCD va plazmali monitorlarning kamchiliklari: ko’rinish burchagining kichikligi, ekrandagi tasvir kontrastligi va yorqinligining nisbatan pastligi kabi kamchiliklardan holi. Fotodiodli (boshqacha nomi nurli diodli) monitorlarning o’lchami 12 dyuymdan 200 dyuymgacha bo’lishi mumkin. Katta o’lchamli (masalan, 4X3m2) monitorlar hozirgi kunda ko’chalarda ko’plab uchraydi. Ular, xattoki, quyosh nurlari ostida ham yaqqol ko’rinadigan tasvirlar yarata oladilar.

Monitorlar o’lchamlarining nisbati bilan ham farqlanadi. CRT monitorlarning o’lchamlari nisbati 4X3 kabi. Dastlab LCD monitorlarning nisbati 4X3 kabi bo’lgan bo’lsa, keyinchalik maishiy kinoteatrlarining keng tarqalishi sababli, 5X3 nisbatdagi, so’ngra 16X9 nisbatdagi monitorlar ommaviylashib ketdi.



Monitorlarning yana bir muhim parametri ularning o’lchamlaridir. Monitorlarning o’lchamlari televizorlardagi kabi ularning diagonali uzunligi bilan o’lchanadi, bunda o’lchov birligi sifatida dyuymdan foydalaniladi. Bir dyuym 2,56 smga teng. Dastlab 12 va 14 dyuymli monitorlar ishlab chiqilgan bo’lsa, keyinchalik 15 va 17 dyuymli, oxirgi paytda 19 va 22 dyuymli monitorlar urf bo’ldi. Hozirgi paytda 32 va 42 dyuymli monitorlar ham ishlab chiqariladi.

Monitorlarning yana bir muhim parametri undagi piksellar sonidir. Bu son undagi ustunlar va satrlar soni orqali aniqlanadi, masalan 640X480. 4X3 nisbatdagi monitorlar uchun piksellar soni 800X600, 1024X768, 1280X960, 1600X1200 bo’lishi mumkin.

Keng formatli (16X9 o’lchamli) monitorlar uchun piksellar soni 1280X720 ga (HD - High Definition - yuqori aniqlikdagi) teng. Hozirgi paytda piksellari soni 1920X1080 ga teng (Full HD - to’liq HD) monitorlar ham ko’plab ishlab chiqarilmoqda.

Nazorat savollari:



  1. Protsessorning vazifasini tushuntiring.

  2. Xotiraning turlari va ularning vazifasi qanday ?

  3. Qanday tashqi qurilmalarni bilasiz ?

  4. Komptyuterning dasturli ta’minoti deganda nimani tushunasiz?Skaner va strimer nima ?

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. — 160 b.

  2. http:// www.wiley/com/combooks/fastethernet





  1. mavzu: Komptyuter tizimlarining arxitekturasi va klassifikatsiyasi. Komptyuter tizimlarining funktsional va strukturaviy tashkil etish, hamda ularning xususiyatlari. Ko’p mashinali va ko’p protsessorli komptyuter tizimlari

Reja:

  1. Komptyuter tizimlarining arxitekturasi va klassifikatsiyasi.

  2. Komptyuter tizimlarining funktsional va strukturaviy tashkil etish, hamda ularning xususiyatlari.

  3. Ko’p mashinali va ko’p protsessorli komptyuter tizimlari Informatsion texnologiya vositalari


Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish