4- 21 ~pa cm
Ushbu kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma’lumotlar mavjud: san’at va
arxitektura, biologiya, biznes, kimyo, ilm-fan, tibbiyot, qonunlar, matematika va hokazolar. Kutubxona qidirish tizimi mavjud. Kutubxona ma’lumotlarga buyurtmalar qabul qiladi.
Rossiya MiHiy Elektron Kutubxonasi
NTTR://www.nns.ru Dunyodagi eng yirik rus tilidagi ommaviy informatsiya vositalarining elektron to’plamidir (4.22-rasm). Unda matbuotdagi nashrlar, Informatsiya Agentliklari xabarlari, tele va radio dasturlar izohlari va analitik ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumotlar 2.500 dan ko’p Moskva, Rossiya regionlari, SNG va Boltiq davlatlari informatsiya manbaalaridan olinadi va doimo yangilanib turiladi. Kutubxonaga kuniga 6.500 dan oshiq hujjatlar kelib tushadi va ular to’la hajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4.000.000 dan oshiq hujjatlar yig’ilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma’lumotlami so’z va iboralar bo’yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxonadan ixtiyoriy paytda foydalanish mumkin. Kutubxona manbalaridan tijoriy usulda foydalanish mumkin. Kutubxona Rossiyadagi eng yirik ommaviy siyosiy va yangiliklar serveri xisoblanadi.
Moliyaviy Infoimatsiyalar Agentligi Virtual Kutubxonasi. 2000 yilda Yevrosiyo fondining moliyaviy ko’magi yordamida tashkil etildi. Virtual Kutubxona biznes jumalistlar va ommaviy informatsiya vositalari mutaxassislarini informatsiya bilan ta’minlash uchun yaratilgan. Kutubxona informatsiyani olish, yig’ish va uzatish uchun zamonaviy kompnyuter va informatsion vositalar bilan ta’minlangan. Virtual kutubxona zamonaviy usullarda informatsiya tarqatadi. Virtual kutubxona kitobxonlarga respublikamizda va horijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar, hamda iqtisodiy jarayonlar haqida ma’lumotlar olish uchun maxsus to’plamlar yaratilgan.
Internetda elektron ish birjalari mavjud. Elektron birja yordamida o’zingizga ish yoki ishchi topishingiz mumkin. Buning uchun maxsus elektron birja sahifalari mavjud.
Odatda o’zingizga mos ish topish uchun gazetalardagi e’lonlardan foydalanasiz, yoki korxonalarga va mehnat birjalariga borasiz. Bunda son-sanoqsiz e’lonlarni o’qib va tahlil qilib o’zingizga mosini topishga harakat qilasiz. Undan keyin topilgan manzilga qo’ng’iroq qilasiz. UchrashuVGa borasiz, o’zingizni tanishtirasiz. Bu jarayon ish beruvchi va ish qidiruvchidan anchagina harakat va vaqt talab qiladi.
Elektron ish birjasi bu jarayonni ancha yengillashtirdi va qulaylashtirdi. Endilikda korxona mutaxxassisga muhtoj bo’lsa, vakansiya haqida Internetda e’lon qiladi va tanlov o’tkazadi. Yoki ish birjasidagi takliflar orasidan o’ziga mosini topishi mumkin. Xuddi shunday mutaxxassis o’ziga mos vakansiyani topishi yoki o’z nomzodini taklif etish imkoniyatiga ega.
Internetda anchagina ish birjalari mavjud. Ish birjalarida ma’lumotlar kategoriyalarga qarab ajratiladi. Ya’ni mutaxxassislikka mos ish joylari keltiriladi.
Informatsion texnologiyaga oid, ishchi yoki boshqa vakansiyalar ro’yxat keltiriladi. O’zingizga mos ishni kategoriyalarga qarab topib olishingiz mumkin. Quyida ba’zi ish birjalar ro’yxatini keltiramiz.
NTTR://job.com - Juda boy resurslarga ega bo’lgan ish birjasi. NTTR://careers.msn.com - Vakansiyalar va maslahatlarga ega bo’lgan sahifa.
Rossiya ish birjalari:
www.rabota.ru
www.job.ruwww.zarrlata.ruwww.job.rambler.ru (4.23rasm) www. vandex, m www.joblist.ru
Ularda vakansiyalar va mutaxassislar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Ish topish bo’yicha turli foydali maslahatlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |