Sinf: 1 – sinf
Fan: Ona tili
Sana: 17. 04. 2018 yil
Mavzu: Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar. 130 – 132 – mashqlar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarning belgini bildirgan so’zlar haqidagi bilimlarini kengaytirish, so’zlarga so’roq berish orqali belgini bildirgan so’zlarni aniqlay olishga, belgining ma’nosini aniqlashga o’rgatish;
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni xushmuomala, odobli, rostgo’y bo’lishga undash;
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilar so’z boyligini oshirish, mantiqiy fikrlash va mustaqil ishlash qobiliyatini shakllantirish, og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: kommunikativ kompitensiya, o’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi elementlarini shakllantirish.
Fanga oid kompitensiyalar: nutqiy kompitensiya elementlarini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Klaster” metodi, “Sinkveyn” metodi, “Aql charxi” metodi, guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, ko’rsatmalar, mavzu asosida tayyorlangan slayd, rag’batlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |