Mavzu: Sharq mutafakkirlarning jismoniy tarbiya xaqidagi qarashlari



Download 61,95 Kb.
bet6/9
Sana23.01.2022
Hajmi61,95 Kb.
#402194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

Ibn Sino:


Men qoldirib ketayotgan zo’r tabiblarning biri-tozalik. Ikkinchisi- parqyez.Uchinchisi-badantarbiyadir.Qolgan ikkisi mijoz bilan kayfintdir.

Demak, doimo pokiza, ozoda bo’lishni unutmang. Ko’ringan ovqatni yeyavermaslik, apil-tapil ovqatlanmaslik, ovqatlanishda parhyez me’yorini bilishlik lozim. Badan a’zolarini harakatsiz qoldirmaslik, mijozni unutmaslik, kayfiyatni yaxshi tutishga harakat kilish kerak. Mana shu aytganlarimga amal qilinsa, kasallanish u yokda tursin, bevaqt o’lim ham bizdan orkaga chekinadi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlamoqchimanki, buyuk siymo Abu Ali Ibn Sinoning boy merosi abadiy va beqiyosdir.Yesh avlod hayotida porlok yulduzdir.

... Shogird o’lim to’shagidagi ustozi yoniga keldi. Uning ko’z o’ngida mo’jiza yuz berayotgan edi.Mana, 39 kundirki ustozi o’limidan oldin qoldirgan malhamni uning og’ziga tomizadi:Chunki uning ustozi "Agar shu malhamni 40 kun mobaynida og’zimga tomizsang, menga jon enib yana tirilaman" deya tayinlagan edi. Shubhaga, ikkilanishga o’rin yo’q. Axir bu gapni kimsan Ibn Sinoning o’zi aytgandi. Minglab bemorlarni naq o’limining changalidan qutqargan

Ibn Sino ajalga ham davo izlardi. Shogirdning qo’lida ustozi qoldirgan malhamning so’nggi tomchisi solingan shisha idish. Oqargan yuziga yana qon yugura boshlagan, lablari ham qizarib qolgandi. Mana, ustoz ko’z ochadigan damlar yaqin. Ammo shogirdni shu qadar hayajon bosdiki, bexosdan ko’li qaltirab dori to’qilib ketdi. Shogirdnish' birgina hayajoni tufayli "tabiblar shohi", dsya nom qozongan Ibn Sino muqarrar o’lim changalida qolib ketdi. Afsuski, ajalga davo bo’luvchi hayot dorisini kanday tayyorlash sir-asrorlari faqatgina Ibn Sinoga ayon edi.

Benazir hakimning vafotidan so’ng yuqor^idagi voqyea haqida ming- minglab afsonalar to’qildi, barchapi davolagan tabib o’zining hayotini saqlab qolmagani butun dunyoga ovoza bo’ldi.

Ushbu ajib voqyeaga xulosa o’rnida shuni ta’kidlash ksrakki, Buyuk Ibn Sino dunyo bo’ylab olamshumul hodisa yaratdi. Uning inson salomatligi, sog’lomlashtirish uchun turli chiniqtiruvchi muolajalari, tadbirlari buniig yaqqol tasdigidir.

Mana shunday ijodiy merosdan jamiyat va yurt uchun foydali boylik biz yosh avlodni ruxlantirmasdan qo’ymaydi. Zero, sog’lom muhit yaratish, yangi avlodpi sog’lom turmush tarzi asosida shakllantira borish eng muximi bolajonlarni jismonan, ruxdn chiniqtirish yurtboyligig’a aylanadi.

Abu Ali ibn Sinoning ta'lim-tarbiya to'g'risidagi g'oyalarida jis-moniy tarbiya masalasi g'oyat muhim o'rin tutadi.

Xalq og'zaki ijodida va buyuk mutafakkir, shoirlar, asarlarida jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullangan kishilarning kuchli, qo'rqmas, botir, sog'lom bo'lishlari, har qanday dushmanni yenga bilishlari to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar bor. Lekin O'rta Osiyoda X asrgacha jismoniy mashg'ulotning kishi organzmiga ta'siri to'g'risida ma'lum bir ta'limot bo'lmagan edi. Kishi organizmini chiniqtirishda jismoniy mashg'ulotning roli katta ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan

Ibn Sino asoslab berdi. U muntazam kurashda jismoniy mashq qilib turish, boshqa rejimlarga (ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish) qat'iy rioya qilish sogiikni saqlashda eng muhim va asosiy shartlardan biridir, deb biladi.

Ibn Sino kishining anatomik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ,Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga majbur qiladigan ixtiyoriy harakatdir", - deb jismoniy mashg'ulotga ta'rif beradi.

Shuning uchun ham Ibn Sino jismoniy mashq bilan mustaqil shug'ullanadigan kishining organizmi juda mustahkam bo'lib, har qanday kasalliklarni yengib o'tishga qodir bo'lishini isbot qilishga harakat qiladi.

Ibn Sino jismoniy mashq bilan shug'ullanib yurgan kishi birdaniga tartibni buzsa, salomatligiga zarar keltiradi, bunda „Kishi, ko 'pincha ingichka og'riq kasalligiga uchraydi...", -degan fikrni bayon etadi.

Ibn Sino jismoniy mashq bilan muntazam shug'ullanadigan odamning organizmida keraksiz moddalar to'planib qolmasligini, badandagi tabiiy issiqliklarning oshirishini va organizmni yengil, chaqqon bo'lishini isbot qilib beradi.

Ibn Sino o'zining „Tib qonunlari" asarining birinchi kitobida jismoniy mashg'ulotni kishining yoshiga, sihat-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va odatlarda o'tkazish kerakligini ta'kidlaydi.Ayniqsa,bolalik,o'smirlik,yigitlikvaqarilikchog'larida kishi jismoniy mashg'ulotga turlicha munosabatlar bo'lishi kerak-ligi masalasini ko'tarib chiqishi, Ibn Sinoning ocjam anatomiyasi va fiziologiyasini mukammal bilganidan, kishi organizmining doimo taraqqiy etib borishini ilmiy asosda tushunganligidan dalolat beradi.

Kishi organizmini chiniqtirish va taraqqiy ettirishda tabiat kuchlari-dan: (quyosh, havo, suv) foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligini, jismoniy mashqning kishidagi sezgi organlarini taraqqiy ettirishi uchun ham katta rol uynashini isbot qilib berganligini ko'ramiz.

Ibn Sino kishi organizmini chiniqtirishda tabiatning tabiiy kuchla-ridan: havo, suv, quyoshdan jismoniy mashg'ulotlar bilan qo'shib olib borish va foydalanishga katta e'tibor beradi.

Toza havo, - deydi Ibn Sino, - bug' va tutun kabiyot narsalar aralashmagan havodir. Bu ochiq joydagi havodir. Bunday havo toza va tiniq bo 'lib, unchalik, chuqurlik, chakalakzor, botqoq yerlar va polizlardan, ayniqsa, karamo'simligi eqilganyerlardan ko'tariladigan suv bug'lari aralashmagan bo'ladi". Olimning fikricha, kishi organizmini chiniqtirishning birdan bir omili sof havoda davomli sayr qilish, sayrni har xil harakatlar, jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borilishi kerak. Ayniqsa, yosh bolalarga ko'proq sof havoda har xil harakatli mashqlar qildirilishi ularning organizmini chiniqtirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.

Olimning kishi organizmini chiniqtirishda „Sovuq suvda cho'-milish" va „Hammomda cho'milish" juda ham foydali ekanini eslatib o'tadi.

Ibn Sinoning hammomda cho'milishi haqida sportchilarga bergan maslahati, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning fikricha, „ Jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullanuvchi kishi, butunlay hordiq chiqar-maguncha hammomga borishga shoshilmasligi", - kerak. Ibn Sino gigiyena sohasidagi bir qancha fikrlarida ilmiy tomondan asoslangan holda eng yaxshi, toza suv iste'mol qilish kerakligi, uning me'yori to'g'risida gapiradi. U toza oqadigan daryo suvini, yerdagi chirindilar aralashmasdan, toshloqlardan oqadigan suvni toza suv, deb biladi. Suvning yaxshi yomonligini bilish uchun og'irligi teng bo'lgan ikki parcha lattani yoki ikki bo'lak paxtani olib, ikki xil suvda ho'llanadi va tarozida tortiladi, qaysi latta parchasi yengil kelsa, o'sha latta parchasi botirilgan suv toza hisoblanadi. Lekin Ibn Sino, „suv har qancha toza bo 'Imasin, undan har xilyuqumli kasalliklar o 'tishi mumkin, shuning uchun ham suvni qaynatib, filtrdan o 'tkazish kerak", - deydi.

Kishi organizmini chiniqtirishda Quyosh nuridan to'g'ri foyda-lanish katta ahamiyatga egadir. Ibn Sino bu masalaga katta e'tibor berib, „agar quyosh nuridan to'g'ri foydalanilsa, organizmda modda almashtirishning yaxshilanishi va

natijada, organizmning o'sishi va taraqqiyoti yaxshi bo'lishi, chiniqishi va nihoyat, kishining tetik boiishiga sabab bo'ladi. Organizmda ortiqcha moddalarning to'planib qolishidan saqlaydi, bosh og'rig'ini yo'q qiladi va miyani mustahkamlaydi", - deb uqtiradi.

Kishi organizmini chiniqtirishda massaj (uqalash)ning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ibn Sino massajni, bir tomondan, davolash uchun, ikkinchi tomondan, charchashlikka qarshi kurashish shartlaridan biri, deb hisoblaydi. Uning fikricha, massaj kuchli va kuchsiz bo'ladi. Kuchli massaj qilish organizmni chiniqtirishga yordam beradi, kuchsiz qilinadigan massaj badanni yumshatadi.

Ibn Sino qanday massaj qilish kerakligi masalasiga aniq to'xtalib, jismoniy mashq boshlanishidan oldin va mashq tugagandan keyin massaj qilish yoilarini ko'rsatadi va tiklash massajiga ajratadi.

Ibn Sinoni tavsiya qilishicha, tayyorgarlik massajini jismoniy mashg'ulot boshlamasidan ilgari qilinadi, u barcha muskullarni mashq qilishga tayyorlashi kerak. Massaj qilish yengildan boshlanib, mashq qilish oldidan kuchaytiriladi.

Tiklash massaji jismoniy mashq tugagandan keyin qilinib, uni Ibn Sino

„Tinchlantirish" massaji deb ham ataydi. Bu massajning maqsadi taranglashib turgan mushaklarni bo'shashtirishdan iboratdir.

Tiklash massaji. Ibn Sinoning ko'rsatishicha, agar bu xil massaj ma'lum yengil sur'atda olib borilishi kerak, kuchli „Qattiq va qo'pol ravishda olib borilsa, ayniqsa, bolalarda o'sish to'xtab qolish mumkin.

Ibn Sino jismoniy tarbiya to'g'risidagi fikrlarda faqat jismoniy mashqqa ta'rif beribgina qolmasdan, balki uning tarkibida har xil usul borligini va ulardan qanday qilib foydalanish kerakligini ham ko'rsatib o'tadi. Ibn Sino jismoniy mashg'ulotning roli haqida gapirar ekan, uning kishi organizmi uchun foydali ekanligini ta'kidlaydi va jismoniy mashg'ulotga odamning shu jarayonida qiladigan harakat-lari va maxsus jismoniy mashq harakatlari kira^i, degan fikrni ilgari suradi.

Maxsus jismoniy mashqlarni deydi Ibn Sino quyidagicha: „Kichik yoki katta, juda tezyoki sekin mashqlar bo 'ladi", - deydi


Download 61,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish