«mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi» — ayni bir xil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taaluqli sertifikatlashtirish tizimi;
«sifat bo‘yicha ekspert-auditor» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis;
ASOSIY QISM 1.1. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari Sertifikatlashtirish:
➢ odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
➢ mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
➢ mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
➢ iste'molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
➢ mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta'kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
Basharti, xalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitimning qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda «O‘zstandart» agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
«O‘zstandart» agentligi mazkur Qonunga muvofiq:
➢ sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to‘g‘risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;
➢ sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
➢ majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxatini belgilaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;
➢ sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestasiyadan o‘tkazilgan sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reestrlarini yuritadi;
➢ majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
➢ sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to‘xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.
«O‘zstandart» agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetimablag‘i, shuningdek «O‘zstandart» agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan haqdan iborat.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditasiya qilingan organlar:
➢mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini ta’minlaydilar;
➢sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
➢milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar;
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditasiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
«O‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining bir qismini mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) o‘tkazishga haqlidir.