Ro'yxatdan o'tish shartlari
Korxonalarda sifat menejmenti tizimini joriy etish tezligi faoliyatning o'ziga xos xususiyatlariga qarab sezilarli darajada farq qiladi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, boshqaruv modelini joriy etish muddati bir necha oydan 2-3 yilgacha o'zgarib turadi.
Sertifikatni haqiqiy ro'yxatdan o'tkazish taxminan ikki hafta davom etadi. Aniq muddat xodimlar soniga va korxona hajmiga bog'liq bo'ladi.
muvofiqlikni baholash — mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha faoliyat;
muvofiqlikni baholash organlari — yuridik shaxs bo‘lgan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditasiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari;
muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya — ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;
muvofiqlikni tasdiqlash — normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilganligi isbotlangani haqida Milliy akkreditasiya organi yoki muvofiqlikni
baholash organlari tomonidan qabul qilingan qarorga asoslangan hujjatlashtirilgan (akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnoma, muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya tarzidagi) tasdiq;
xodimlar — muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar.
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
muvofiqlikni baholash organlari akkreditasiyaning belgilangan sohasida ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlash;
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot hamda xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish;
xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda ishtirok etish;
savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |