O’zbekistonda maxsulotni sertifikatlash tartibi muvofiqlikni tastiqlashnin grasmiy shakli bo’li, muvofiqlki ksertifikatni berishni o’z ichiga oladi. Maxsulotlarni sertifikatlash texnik tartibiga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talabalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Muvofiqlik sertifikati– sertifikatlangan maxsulotning belgilan gantalablarga javob berishni tasdiqlash uchuns ertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq berilgan hujjatdir.
Majburiy sertifikat qachon talab qilinishini qanday aniqlash mumkin? O’zbekistan Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan va sertifikatlanish majburiy bo’lgan maxsulot turlari ro’yhati qo’yidagi qarorda tasdiqlangan:
Ushbu ro’yhatda mahsulotlar tashqi iqtisodiyot faoliyatining Tovar nomenklaturasiga muvofiqt arzda tartibga solingan.
O’zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun quyidagi Hujjatlarni taqdim etish kerak:
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun normative hujjatlarining bir nuhsasi (TS, turli hil sifat sertifikatlari, ISO sertifikatlari, test hisobotlari va mahsulot sifatini tasdiqlovchi turli hujjatlar);
Mahsulot yorlig’i fotosurati (mahsulot haqida malumot, pasport, tehnikhujjatlar, tavsiflar, umumiy fotosuratlar);
O’zbekiston Respublikasining Bojhona hududiga kelish to’g’risidagi hujjat (nakladnoy, invoys, hisob-fakturasi) bilan birga yuk hujjati.
Sanitariya-Epidemilogiya hulosasining nuhsasi (agar mahsulotga Sanitariya-epidemiologiya hulosasi kerak bo’lsa).
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zstandart” agentligi belgilangan tartibda:
2014-yil 5-aprelgacha akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilishda yangi guvohnomalar ularni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab rasmiylashtirilishini;
muvofiqlikni baholash sohasi xodimi sifatida qatnashishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.