Bolalar uchun amaliy ish. - Bolalar uchun amaliy ish.
- Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.
- Bolalar “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting.
- Oyijonim olmani-
- To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar:
- Bir bo‘lagin ko‘rsatib,
- “D”ga o‘xshar, dedilar.
- “D” harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda “D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |