5.5. Ish hаqini to’lash shакllari
Zamonaviy korxonalarida mehnatga haq to’lashning turli tizim va shakllari qo’llanilib, ulardan eng ko’p tarqalganlari sifatida ishbay va vaqtbay usulini ko’rsatish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to’lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat) uchun to’lanadigan haqni anglatadi.
korxonalarida ko’pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq to’lashdan foydalaniladi.
Mehnatga ishbay-mukofotli haq to’lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo’ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko’rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Mehnatga vaqtbay haq to’lash tarif tizimida ko’zda tutilgan ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to’lanadigan haqni anglatadi.
Vaqtbay-mukofotli haq to’lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma’lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi
Vaqtbay ishchilarning tarif ish haqi fondi (Fv) quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
Fv = St * Fi * n
bunda:
St — ishchining soatli tarif stavkasi, so’m;
Fi — bitta ishchining hisobot davridagi foydali ish vaqti fondi, kun;
n — ma’lum razryaddagi ishchilar soni, kishi.
Bevosita ishbay narx bo’yicha ish haqi fondi (Fb.i.n.) quyidagicha topiladi:
Fb.i.n. = Nm * I
bunda:
Nm - mahsulot birligining ishbay narxi, so’m;
I — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
Ish haqining soatli fondi (Fs) quyidagicha hisoblanadi:
Fs = Fb.i.n. * M * Xk
bunda:
M — mukofot miqdori;
Xk — bayram kunlari, tunda ishlaganligi, shogirdlarni o’rgatganligi uchun ishchilarga to’lanadigan qo’shimcha haq.
Ish haqining kunlik fondi (Fk) quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
Fk = Fs * Xk.e
bunda:
Xk.e - emizikli onalar, voyaga yetmaganlarning qisqartirilgan ish vaqti, bayram kunlari ishlaganligi uchun ishchilarga to’lanadigan qo’shimcha haq.
Oylik, chorak va yillik (to’liq) ish haqi fondi (Ft) quyidagacha topiladi:
Ft = Fk * Xq * Xkt
bunda:
Xq - davlat va jamoat ishlarini bajarganligi uchun beriladigan qo’shimcha haq;
X - navbatdagi va qo’shimcha ta’tillarga beriladigan qo’shimcha haq.
O’rtacha ish haqi miqdori quyidagi tenglamadan
hisoblanadi:
bunda:
IHo’ — soatlik, kunlik, oylik yoki yillik ish haqi fondi;
F — ish haqi fondi;
n — ishchilar soni.
To’xtovsiz ishlab chiqarishda tunda ishlagani uchun qo’shimcha haq quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bunda:
— normadan ortiq ishlagan soat uchun qo’shimcha haq;
— yil davomida tungi smenalar ulushi.
Do'stlaringiz bilan baham: |