5.3. Kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash 5.4. Bozor munosabatlari sharoitida sаnоаt коrхоnаlаridа ish hаqini tаshкil etish tizimi va uning funktsiyalari. Tа’rif tizimi vа uning elеmеntlаri Korxonalarda mehnatga haq to’lashni oqilona tashkil qilish xodimlar faoliyatini rag’batlantirish, tayyor mahsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni, rentabellik va mahsulotlarning daromadliligini ta’minlashi lozim. Mehnatga haq to’lashni oqilona tashkil etishdan maqsad uning hajmi va xodimning korxona xo’jalik faoliyatiga mehnat faoliyatida qo’shgan hissasiga mos kelishini ta’minlash, ya’ni mehnat o’lchami va iste’mol o’lchami o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdir.
Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir. Ish haqi bu mehnat uchun mukofotdir.
Xodimlar mehnatiga haq to’lashishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to’lash uchun sarflanuvchi qismidir.
Ish haqining nominal va real turlari mavjud.
Nominal ish haqi bu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to’langan ish haqidir.
Real ish haqi nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining «iste’mol qobiliyati»dir.
Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to’lash;
mehnatning zararli sharoitlari va og’ir jismoniy mehnatni hisobga olish;
sifatli, sidqidildan mehnat qilishni rag’batlantirish, yo’l qo’yilgan yo’qotishlar yoki o’z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;
mehnat unumdorligi sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlariga nisbatan tezroq ko’tarish;
ish haqi miqdorini inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
mehnatga haq to’lashning korxona ehtiyojlariga to’liq javob beruvchi ilg’or shakl va tizimlarini qo’llash.
Sanoat korxonalarida, jumladan korxonalarida hozirgi vaqtda mehnatni tashkil etishning bir necha tizimlaridan foydalanilmoqda.
-tarif tizimi
-tarifsiz tizim
-aralash tizim