xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo’jalik xizmati xodimlari (agentlar, g’aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo).
rahbarlar – korxona boshqarish vazifasini bajaruvchi - direktor, direktor o’rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo’lim va xizmat boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal.
Korxonada personalning asosiy va ko’p sonli qismini ishchilar tashkil qilib, ular mahsulot ishlab chiqarish(xizmat ko’rsatish, ish bajarish), ta’mirlash va uskunalarga xizmat ko’rsatishda (ta’mirlovchi ishchilar) qatnashadilr, mehnat predmetlarini tashishni amalga oshiradilar (transport ishchilari), qurilish-ta’mirlash ishlarini bajaradilar (quruvchi-ishchilar).
Korxona xodimlarining sifat jihatidan ishlab chiqarishga kasbiy va malakaviy jihatdan yaroqlilik darajasi «mutaxassislik», «kasb» tushunchalaridan kelib chiqadi.
Kasb faoliyatning maxsus va tor ko’rinishdagi turi bo’lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talab qilsada, mutaxassislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo’shimcha ko’nikmalarni ham talab qiladi.
Masalan, injener-mexaniq, injener-elektrik, iqtisodchi.
Mutaxassislik insonda ma’lum bir turdagi ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Kasb ichida mutaxassislik shakllanib, ishni bajarishda maxsus bilim va malaka talab etiladi. Masalan, iqtisodchi, mutaxassisligi - buhgalter, moliyachi.
Korxona personalining kasbiy strukturasi deganda turli kasb va mutaxassislikdagi ishlovchilar o’rtasidagi munosabat tushuniladi. Har bir kasb va mutaxassislik malaka darajasi bilan farqlanadi.
Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassislik bo’yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan mehnat ko’nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini baholashda o’rtacha tarif koeffitsienti va o’rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif razryadlari va koeffitsientlari bir vaqtning o’zida bajarilayotgan ishlar murakkabligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar hisoblanadi. korxonalarida yangi texnikani o’zlashtirgan ishchilar uchun 8 razryadli tizim, qolgan ishchilar uchun 6 razryadli tizim qo’llaniladi. Xizmatchilar uchun 15 -18 razryad tizim qo’llaniladi.
Har bir razryad bilim, malaka va tayyorgarlik darajasiga berilgan talab orqali aniqlanadi.
Xizmatchilarni kasb-malakaviy tuzilishi shtat jadvali orqali aniqlanadi. Korxona shtat jadvali rahbar tomonidan har yili tasdiqlanib, unda har bir razryaddagi (kategoriyadagi) xizmatchini bo’linmalar bo’yicha mansab maoshlari ko’rsatilgan hujjatlar to’plami hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |