Mavzu: san'atda oqim va yo'nalishlar darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Download 16,29 Mb.
bet29/36
Sana20.06.2022
Hajmi16,29 Mb.
#681729
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
7-sinf Tasviriy san\'at

O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Grafika tasviriy san’atning eng ommalashgan turi. San’atning bu turi bilan katta-yu kichik shug‘ullanadi. Chunki u hammabop. Kimdir o‘z fikrini bayon etish uchun, kimdir tasawurlarini oydinlashtirish uchun, yana kimdir xayol surib o‘tirib qandaydir tasvirlar chizadi. Bulaming barchasi, aslida grafikaning bir ko‘rinishidir.
«Grafika» so‘zi (yunoncha) «graphike» - «yozayapman», «chizayapman» ma’nosini anglatadi. Uning hammabopligi tasviriy san’atning rangtasvir va haykaltaroshlik turlari kabi maxsus sharoitni talab etmaydi. Uni qora tushda, oddiy qalam, flomaster yoki sarikli ruchkada daftar varag‘i, oq qog‘ozga ishlash mumkin.
Ayni paytda, grafika san’atining o‘ziga xos murakkabliklari ham mavjud. Bir qarashda juda oddiy tuyulgan bu san’at turi aslida undagi shartliliklar tufayli murakkabdir. Unda bir rang bilan, odatda, qora rang bilan chiziqlar vositasida oq qog‘oz sathida rang va uning tuslari, borliqdagi voqea va hodisalar tasvirlanadi.
Grafika san’atining dastgoh grafikasi, kitob, gazeta-jumal grafikasi, amaliy grafika va plakat kabi turlari mavjud. Shular ichida insonlar hayotiga eng chuqur kirib borgani, shuningdek, kitob grafikasi san’atidir.
Kitob grafikasi - kitoblarga badiiy bezak berish san’atidir. Kitoblar o‘zining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra bezatiladi. Shu bois darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop kitoblar, lug‘atlar va ensiklopediyalar, badiiy adabiyotlarga ishlangan bezaklar bir-biridan farq qiladi. Kitob grafikasi san’atining imkoniyatlari adabiy asarlami badiiy bezashda to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi.

Zamonaviy o‘zbek kitob grafikasi san’ati XIX asming oxirlarida shakllana boshlagan. Bir paytlar 0‘rta Osiyo mashhur hattotlar, naqqoshlar, musawirlar, muqovasozlaming kitob ziynatlash borasida yuksak mahorat maktabi bo‘lgan. XIX asming oxiri - XX asming boshlariga kelib kitob ishlab chiqarish san’at sohasidan industriyaga aylanib bordi. Yevropadan awaliga 0‘rta Sharq mamlakatlariga, XIX asming 60-yillarida Turkistonga yevropacha kitob nashr qilish texnikalarining kirib kelishi, shuningdek, yevropalik kitob bezovchi rassomlaming bu yerda qo‘nim topishi asrlar davomida shakllangan an’analaming inqirozga uchrashiga olib keldi. 
Kitoblami texnika yordamida nashr etishni yo‘lga qo‘yilishi mahsulotlaming badiiy darajasi emas, balki soniga e’tibor berishni taqozo etdi. Toshkent, Xiva, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilonda litografiya usulida kitob chiqarish uskunalarini ishga tushirilishi Turkiston va Yevropada nashr etilayotgan kitoblami amalda bir xil bo‘lishiga olib keldi. Shu davrga kelib jamiyatning kitobga bo‘lgan ehtiyojini to‘la-to‘kis qondirish uchun uni industrlashtirish tabiiy holga aylandi.
0‘zbek kitob grafikasi san’atining milliy an’analarini tiklash va rivojlantirishda o‘z ijod yo‘lini XX asming 30- yillarida boshlagan Iskandar Ikromovning faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. Uning iqtidorining to‘la-to‘kis namoyon bo lishida Abdulla Qodiriy, G'ozi Yunus, Hodi Zarifov, G'afur G‘ulom, Oybek, Hamid Sulaymonov kabi adiblar bilan bolgan muloqotlar muhim o4rin tutdi. Rassomning aynan kitobat san‘atini tanlashi o‘z davrining taraqqiyparvar ziyolisi, amakisi Shoismatillaning kitob do'konida о‘tkazgan damlari, и yerda amakisining Воки, Qozon, Orenburg, U kabi shaharlardan keltirgan gazeta, jumal, darslik, romanlar va boshqa adabiyotlami ko’rib, ilhomlanganligi bilan bog‘liq. Iskandar Ikromov o‘z ijodiy faoliyatida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, G'afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek kabi allomalaming asarlariga badiiy ishlov bergan. 1959-yilda Alisher Navoiyning «Lirika»siga ishlagan badiiy bezaklari uchun Germaniyaning Leypsig shahrida о ‘tkazilgan xalqaro kitob ko’rgazmasida bronza medaliga sazovor bolgan. О‘zbekiston kitob grafikasi san’atining rivojiga XX asming 40 - 50-yillarida Usto Mo‘min (Nikolayev), Vladimir Kaydalov, Chingiz Ahmarov, Mixail Reyx, 60 - 70-yillarga kelib esa Qutlug* Basharov, Telman Muhamedov, Ivan Kiriakidi, Anatoliy Bobrov va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, Telman Muhamedovning ijodida Sharq miniatyura san’atining an’analari o‘ziga xos talqinda davom ettirildi.
Muhamedov Telman Yaminovich (1934 - 1976) (54-rasm) - 1934-yilda Toshkent shahrida tug ‘ilgan. 1968-yilda hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. 0‘z asarlari bilan bir qator xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. 1974-yilda Butunittifoq Xalq Xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining bronza medaliga sazovor bo ‘lgan. 0‘zbek xalq ertaklari, Afandi latifalari, G'qfur G'ulomning «Shum bola», 54.rasm bezovchi rassom Mirmuhsinning «Me’mor» asarlariga ish- Telman Muhamedov.
Anatoliy Andreyevich Bobrov 1948-yilda Sharqiy Qozog ‘iston viloyatining Rodionovka qishlog'ida tug‘ilgan. 1972-yilda hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomladi.
Kitob Anatoliy Bobrovning butun hayoti mazmuniga aylangan. U kitobning badiiy va texnologik jarayonlarini mukammal egallagan rassom. A. Bobrov bezagan kitoblar respublika, respublikalararo va xalqaro tanlovlaming diplomlari bilan taqdirlangan.
A.Bobrov M.R.Dayoning «Indoneziya ertaklari va afsonalari», qoraqalpoq eposi «Shahriyor», hind qahramonlik eposi «Ramayana», Asqad Muxtoming «Qo4 izi» she’rlar to‘plami, Muhammad Alining «Boqiy dunyo» she'riy romanining о ‘zbekeha hamda ruscha nashri, A.S.Pushkinning «Baliqchi va oltin baliq haqida ertak» kitobi, Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik кип» va «Qiyomat» asarlari, qirg’iz eposi «Manas» va boshqa ко ‘plab kitoblami badiiy bezagan.
Kitobning yuzaga kelishida uning muallifidan tashqari muharrir (muallif tomonidan bitilgan matnni tartibga soluvchi), badiiy muharrir (kitobning badiiy konstruktiv yechimini hal etuvchi), musahhih (xatolami bartaraf etuvchi) va texnik muharrir ishtirok etadi. Ular bo‘lajak kitobni to‘la- to‘kis bosmaxonada chop etish uchun hamkorlikda tayyorlab beradilar. Shuning uchun ham har bir kitobda uning muallifidan tashqari, muharrir, badiiy muharrir, rassom, texnik muharrir, musahhihlaming nomlari, kitobni nashrga tayyorlagan nashriyot va uni chop etgan bosmaxonaning nomi yozib qo‘yiladi. Siz o'zingiz o’qigan kitoblardan ulaming nomlarini topib, har birining mehnatiga baho berishga harakat qilib kо‘ring.

Download 16,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish