O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Insonning butun umri davomida eng ko‘p hamroh bo‘ladigan buyum - bu kitobdir. U bizga bilim olish, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni ko‘ngilli o‘tkazishda, shuningdek, biror yordamga muhtojlik sezganimizda yordamga keladi. Bir so‘z bilan aytganda, kitob insonning bilimli, ma’naviyatli bo‘lishida muhim manba hisoblanadi.
Kitobat san’ati - Sharq madaniyatining eng qadimiy va nodir turlaridan bin. Kitob Sharqda qadimdan izzat-ikromda bo‘lgan. Unda Vatan va millat tarixi, ilm-fan sirlari, kishilarning falsafiy va estetik qarashlari, turmush tarzi, orzu-umidlari o‘z aksini topgan. Sharq kitoblari sharqona donolik, ma’naviy barkamollik timsoli sifatida e’tirof etiladi. Sharq kitobat san’atining yana bir qimmatli jihati shundaki, unda hattot, naqqosh, rassom, muqovasoz, zarhal harf yozuvchi (chizuvchi) mutaxassislaming yuksak badiiy mahoratining sintezi tufayli kitoblar yuksak badiiy saviyadagi asar darajasiga yetkazilgan. Shu bois ham jahonning eng yirik muzey va kutubxonalari (Sankt-Peterburgdagi Ermitaj, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi, Londondagi Britaniya muzeyi, Parijdagi Fransiya Milliy kutubxonasi va boshqalar)da Sharq kitobat san’atining nodir namunalari saqlanadi.
Bugungi kunga kelib kitoblaming barchasi deyarli bir xil shaklga ega. Biroq qadimda ulaming shakli turli-tuman bo‘lgan. Ular asrlar osha shakllanib, sayqal topib kelgan. Bu jarayonda kitobat san’atining boshqa sohalari bilan bir qatorda rassomning mehnati katta bo‘lgan. Kitobda qo‘llaniladigan harf turlari, uning nisbatlari, ko‘rinishlari, matn yoziladigan yuzaning kompozitsiyasi va boshqa jihatlar qachonlardir rassom tomonidan ishlab chiqilgan. Shuning uchun kitob bezovchi rassomni sozandaga o‘xshatishadi. Sozanda bastakoming g‘oyalarini mahorat bilan ijro etsa ajoyib musiqiy asar yuzaga kelgani kabi rassom muallifning fikrlarini o‘quvchiga estetik zavq baxsh etuvchi shaklda yetkazishda hal qiluvchi figuradir.
Bizgacha yetib kelgan eng qadimiy kitoblardan biri - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» miloddan awalgi I mingyillikning birinchi yarmida yaratilgan bo‘lib, u 12 ming mol terisiga bitilgan 21 kitobdan iboratdir. Uning 5 kitobi saqlanib qolgan.
0‘zbek xalqining dunyoga mashhur san’at turlaridan biri kitobat san’ati ekanligi uning boy tarixidan dalolat beradi. Endilikda Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarovlar tomonidan badiiy sayqal berilgan kitoblar nodir san’at asari darajasida millionlab insonlaming ma’naviyatini boyitishga xizmat qilmoqda.
0‘zbekiston kitobat san’ati namunalari endilikda eng zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan bosmaxonalarda nashr etilmoqda.
0‘zbekistonning zamonaviy kitobat san’ati misolida «Temur davrining me’moriy kahkashoni», «Ma’danga bitilgan qo‘shiq», «0‘zbekiston naqshu nigorlari», «0‘zbekiston xalq san’ati», «Musawir va kitob», «Sharq adabiyoti va san’ati», “Bobumoma”, “Zamonaviy 0‘zbekiston minatyura san’ati”, “0‘rta asrlar Sharqining olim va mutafakkirlari” nomli kitoblar, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari haqidagi albomlar o‘zining yuksak badiiy darajasi, sifati bo‘yicha klassik namunalar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |