Mavzu: san'atda oqim va yo'nalishlar darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Download 16,29 Mb.
bet25/36
Sana20.06.2022
Hajmi16,29 Mb.
#681729
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
7-sinf Tasviriy san\'at

O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Tasviriy san’atning tur va janrlari ichida manzara janri tabiat va inson munosabatlari, kayfiyatlarini tasvirlashda keng imkoniyatlarga ega. Manzaralar ham tabiat, insonlar kabi turli ko‘rinish va kayfiyatga ega bo‘ladi. Ular charog‘on kun, bulutli kun, quyoshli oqshom, yomg‘ir va qor, bo‘ronlami tasvirlash, shahar manzarasi, qishloq manzarasi, tog‘ manzarasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tasviriy san’at darslarida siz o‘rgangan asarlaming namunalari, undan tashqari, Ivan Shishkin, Isaak Levitan, Aleksey Savrasov, 0‘rol Tansiqboyev, Nikolay Karaxan, Oganes Tatevosyan, Rashid Temurov, Abduvali Mo‘minov, Ortiqali Qozoqov, Murtazo Ergashev, Anvar Mirsoatovlarning manzara janridagi asarlarini tomosha qilish va tahlil etish sizga me’moriy manzara elementlarini belgilashga zamin yaratadi. Ularda qishloqning past-baland uylari, tog‘u adirlar, daryo va jilg‘alar, uzoq-yaqinda tasvirlanishi mumkin bo'lgan me’moriy inshoot ko‘rinishlari, daraxtlar va boshqa elementlar tasvirini ko‘rishingiz mumkin. Amaliy tasviriy faoliyatga kirishish oldidan o‘z variantlaringizning eskizlarini ishlab oling. Bu eskiz har xil ko‘rmishda bo‘lishi mumkin. Me’moriy manzara varianti ko‘rsatilgan.
Yodingizda tuting, barcha manzaralaming bosh g‘oyasi, mavzusi - inson va tabiat uyg‘unligidir.
Endi me’moriy manzara janridagi Rashid Temurovning «Bibixonimda bahor» asarini tahlil qilib ko‘ramiz.

49-rasm. Murtazo Ergashev. Shohizinda. Qish.

50-rasm. Me’moriy 51-rasm. Ortiqali Qozoqov.
manzara vaxianti. Kuzgi Buxoro.
Asaming bosh mavzusi bir obyekt - Bibixonim masjidi. Asarning o‘rta planida uning ko‘p qismi nurab tushgan asosiy arka tasvirlangan va u kartina sathining deyarli yarmini egallagan. Orqa planda masjidning gumbazli qismi tasvirlangan. Uning orqa planda ekanligini bildirish uchun rassom havo perspektivasidan unumli foydalangan. Asaming nomlanishidan ma’lumki, bosh mavzu bahor faslini Bibixonim maydonidagi tarovatini tasvirlash. Shu bois rassom asar markazida me’moriy obidaning mahobatiga monand tarzda salobatli daraxtlaming gullagan holatini tasvirlagan. Bu bilan rassom yana bir tarixiy haqiqatni eslatib qo‘ymoqchi bo‘ladi, ya’ni Bibixonimga har yili bahor kelaveradi, yillar ketidan yillar o‘taveradi. Ajdodlarimiz yaratgan buyuk tarixiy me’moriy obidalar esa asrlar osha salobat to‘kib turaveradi.

52-rasm. Rashid Temurov. Bibixonimda bahor.
Me’moriy obida va daraxtlaming mahobatini yanada yaqqolroq tasvirlash uchun rassom odamlaming figuralaridan foydalangan. Odamlaming gavdasiga nisbatan olinadigan bo‘lsa, Bibixonimning o‘ta mahobatli ekanligi ayon bo‘ladi.
Rassom odamlami tasvirlash orqali obidani ziyorat qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan muntazam tarzda odamlar kelib turishini ta’kidlaydi.
Biz siz bilan Rashid Temurovning “Bibixonimda bahor” nomli asari misolida me’moriy manzara ko‘rinishining kompozitsion yechimini ko‘rdik. Endi o‘zingiz ko‘rgan va eslab qolgan me’moriy manzaralaming turli ko‘rinishlari haqida o‘ylab ko‘ring. Amaliy mashg‘ulotga kirishish oldidan o‘z variantlaringiznmg eskizlarini ishlab oling. Bu eskiz shahar yoki qishloq manzarasi, qadimiy yoki zamonaviy shahar, ulaming sintezi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Quyoshning botish chog‘idagi manzara binolaming faqat siluetlarini tasvirlovchi ko‘rinishlarini ishlash ham nisbatan osonligi, ayni paytda, uning emotsional ta’sirchanligining kuchliligi bilan sizni qiziqtirishi mumkin. Agar bu rasmlar sizni qiziqtirgan bo‘lsa, shu usulda manzara ishlashingiz mumkin.

Download 16,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish