O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Dunyo xalqlarining me’morligi - turaijoy va jamoatchilik binolari, saroylar va boshqa turdagi inshootlarning tashqi va ichki ko‘rinishlari, konstruktiv tuzilishi va shu kabi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu, awalo, har bir xalqning turmush tarzi, tarixiy an’analari, mahalliy iqlimiy sharoitlariga asoslanadi.
О "zbekiston me’morligi namunalari o‘ziga xos tashqi va ichki ko‘rinishlari, betakror bezaklari bilan dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. «О*zbekistonning me’moriy yodgorliklari» mavzuidagi darsda siz bunga amin bo‘ldingiz. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent va Qo‘qon kabi shaharlardagi qadimiy me’moriy obidalar Sharq me’morligining eng yorqin namunalari hisoblanadi.
Sharq me’morligining yana bir o‘ziga xos jihati - ulaming peshtoqlari, devorlari, minoralarini turli naqshinkor bezaklar, arabiy yozuvlar bilan ziynatlanganligidadir. Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasi peshtoqida real tasvir (yo‘lbars, quyosh, odam qiyofasi) aks ettirilgan bo‘lsa, boshqa obidalarda islomiy va girix usulidagi naqshlar, suls uslubida bitilgan yozuvlar tushirilgan. Ulaming barchasini diqqat bilan kuzating. 0‘zingiz istiqomat qiladigan hududdagi me’moriy yodgorliklar va ulaming bezaklarini eslashga harakat qilib ко‘ring. Bu ko'rinishlar siz ishlaydigan sharqona me’moriy ko‘rinishning bir qismi (fragmenti) uchun material bo‘lishi mumkin. Me’moriy mavzuda rasm ishlashda ulaming shakli, bezagi binoning ko‘rinishiga mosligiga, binoning esa atrof-muhitga monandligiga e’tibor qiling. Shundagina siz ishlagan me’moriy ko'rinishdagi tasvir hayotiy, ishonchli chiqadi.
Amaliy faoliyatni boshlashdan oldin kitobdagi illustratsiyalar, shuning- dek, Lev Burening «Samarqand. Registon», «Buxorodagi choyxona», Pavel Benkovning «Sharqona ko‘cha», «Chor Minor masjidi», Rashid Temurovning «Bibixonimda bahor», «Samarqand», Aleksey Isupovning «Shohizinda», Baxtiyor Boboyevning «Sharqona manzara» asarlarining reproduksiyalari va O'zbekistonning qadimiy shaharlariga bag'ishlangan albomlami jamoa bo‘lib ко‘ring va ulami o‘zaro muhokama qiling. Ayniqsa, Ortiqali Qozoqovning “Ichan qal’a” nomli kartinasida Sharq me’morligi mahorat bilan tasvirlangan. Sharq me’morligiga oid reproduksiyalami tahlil qilish sizga bo‘lajak kompozitsiyangiz uchun mavzu topishga yordam beradi.
Olgan taassurotlaringiz asosida Sharqona me’moriy ko‘rinishning sizga manzur bo‘lgan variantlarining eskizlarini ishlab olgach, ular asosida yakuniy kompozitsiya tuzing va uni akvarel bo‘yog‘ida yoki rangli pastelda bajaring.
46-rasm. Ortiqali Qozoqov. Ichan qal’a
Do'stlaringiz bilan baham: |