Mavzu: san'atda oqim va yo'nalishlar darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Download 16,29 Mb.
bet17/36
Sana20.06.2022
Hajmi16,29 Mb.
#681729
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
7-sinf Tasviriy san\'at

Yangi mavzu bayoni:
Buyumlaming loyihalarini yaratuvchi mutaxassislami dizayn ustalari, dizayn rassomlari yoki qisqagina qilib dizaynerlar deb ataydilar. Dizaynerlik san’ati qadimdan mavjud boc lib, rivojlanib kelgan, lekin XX asming 20 - 30-yillaridan «dizayn» termini muomalaga kiritilgan. U inglizcha so‘z bo4lib, «chizma», «loyiha», «rasm» ma’nolarini bildiradi. Dizayn maxsus faoliyat turi, buyumlar tuzilishi, qurilishini o‘rganadigan va ulami badiiy loyihalaydigan san’at sohasi. Dizayner yaratiladigan buyumga kishilar talabi, davr rivoji va texnologiyasidan foydalanib qulay, sodda, mustahkam, arzon va go‘zal buyumlar namunasini yaratish san’ati nazarda tutiladi. Bugungi kunda avtomobillaming yangi modellari, mebel, idish-tovoq, turli dastgoh va boshqa buyumlaming shakllaridan tortib, kundalik turmushda, ba’zida e’tibor berilmaydigan, oddiy konfet qog‘ozlari, markalar, poyabzalga yopishtiriladigan oddiy etiketkalar, har bir buyumning tutqichi-yu uning yuzasiga berilgan ishlov, tanlangan rangi, ishlatilgan xomashyosi - hammasi dizayner mehnatining mahsuli.



Rassom dizayner buyumni qayerda va qanday ishlatilishini bilishi, shunga qarab buyumning shakli, uning o‘lchamlari, materialini tanlashi kerak. Shuning uchun ham dizayner loyihachi, psixolog, muhandis, sotsiolog, iqtisodchilaming sohasini tushunishi, bozor sharoitini yaxshi bilishi, yaratgan har bir buyumi raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlashi kerak.


38-a rasm. Libos dizaynining rangli yechimi qoralamasi.
Dizayn - sanoat ishlab chiqarishi bilan bogcliq. Sanoatda esa birdaniga ko‘plab buyumlar ishlab chiqariladi. U ko‘pchilikka - erkak va ayolga, yosh-u qariga, ziyoli va ishchiga yoqishi, ma’qul kelishi lozim. Bunga esa kuzatish, izlanish, talabni o‘rganish orqali erishiladi. Dizayn san’ati ishlab chiqarish sohalariga mos tarzda har xil yo‘nalishlarda bo‘ladi. Me’morchilikda, ayniqsa, uning imkoniyatlari har tomonlama namoyon bo‘ladi: inter’yer dizayni, ekster’yer dizayni, landshaft dizayni kabilardir.
Mamlakatimizda dastgohlar, transport vositalari, maishiy buyumlarga bo‘lgan talab va istaklami ilmiy asosda o‘rganish masalasi 1960-yillardan boshlangan. Yirik korxonalar qoshida loyihachi guruhlar ochildi, maxsus loyiha institutlari ishga tushirildi. Mustaqillikka erishgandan keyin respublikamizda ham dizaynerlar maxsus oliy va ocrta maxsus o‘quv yurtlarida tayyorlana boshlandi.
Bugungi kunda Respublikamizda dizayn san’ati o‘zining yangi taraqqiyotini boshidan kechirmoqda. Mamlakatimiz dunyoga tayyor sanoat mahsulotlari bilan chiqayotgan davlatga aylanib bormoqda. Yangi-yangi mashinalar, dastgohlar va boshqa sanoat mollarining jahon bozorlariga chiqa boshlagani shuning dalilidir, chunki dizayn yutugei taraqqiyot ramzi, zamon ko‘zgusidir.
Dizayn san’ati haqida ma’lumotga ega bo‘lgach, amaliy ijodiy faoliyatga kirishishingiz mumkin. Qiziqishingizga libos dizayni hamda avtomobil dizayni bo'yicha ishlash taklif etiladi.
Xonani dizayn san’ati talabi asosida jihozlash, bu mashqqa o‘tishdan awal asosiy g'oyani, nimaga mo‘ljallanganligini aniqlab olishdan boshlanadi. Masalan, o‘zingiz yashayotgan uydagi xonalami kuzating, do‘stlaringizning xonalarini eslang, mehmonxona, darsxona, kelinning xonasi bezatilishi va jihozini taqqoslang. Agar e’tibor bersangiz, har bir xona o‘zining bajaradigan vazifasiga qarab turlicha bezatilgan va jihozlangan.
Sizga taklif qilinayotgan topshiriq variantlaridan bin xona dizayni, libos dizayni, avtomobil dizayni bo'yicha bir nechta eskizlar ishlab olgach, g‘oyani qalamda tasvirini ishlab bo‘lgandan so‘ng rang berishga o‘tishingiz mumkin.
Zamonaviy dizayn san’atida libos dizayni o‘zining tasviriy-ifodaviy vositalarining boyligi bilan ajralib turadi. Zero, libos dizayni shakl, rang, rang-barangligi bilan dizaynerga keng imkoniyatlar taqdim etadi. Libos dizayni loyihasini yaratuvchi dizayner rassom kabi eskizlar, qoralamalar ishlab, kompozitsiyaning (38-a rasm) hamda ramziy ifoda vositalaridan foydalanish variantlarini qo‘llashi mumkin. 39-a-b rasmlarda guldasta hamda kapalakka qiyoslangan libos eskizlari tasvirlangan.

Download 16,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish