Mavzu: Liboslar dizayni
REJA:
- Ranglar va liboslar dizaynini yaratishda bo’yoq, yorug’lik, gul naqsh va bezaklar uyg’unligi.
- XIV-XX asrlarga xos bo’lgan qadimiy va zamonaviy liboslar dizaynini chizish.
- Turli matolarga gullar ko’chirish va ishlov berish bosqichlari.
Liboslar insoniyat hayotining turli jihatlari bilan bog’liq holatda yuzaga keladi. Tabiat jarayonlarining tez-tez o’zgarib turishi turli liboslar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Morfologik o’zgarish tamoyili turli maqsadlar uchun mo’ljallangan zamonaviy liboslar shaklida asosiy o’rin tutadi.
Liboslarning zamonaviy ko’rinishi, ularning istiqbolini aniqlash uchun tarixga murojaat qilinib, libosning retrospektiv tahlili amalga oshiriladi. Badiiy adabiyotlar, arxiv va muzey materiallarini o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar tahlili libosdagi o’zgarishlar xilma-xilligi xaqida tasavvur uyg’otadi hamda libosning tuzilishi va unga ishlatiladigan matolar o’zgarishi bilan bog’liq taraqqiyot bosqichlarini ko’rsatish imkonini beradi. Bir necha asr davomida liboslar va uning qismlarida o’zgarishlar yuz berib, ularning kostruktiv-texnologik va kompozision echimlarida ma’lum usullar yuzaga kelgan.
Eramizdan avvalgi V ming yilliklargacha bo’lgan davr liboslar uchun faqat tabiiy materiallar (hayvonlar terisi, daraxt po’stlog’i) yordamida kishilar o’z badanini o’rab olishgan. Kishilar ob-havoga qarab hamda o’z ijtimoiy ahvolidan kelib chiqqan holda to’g’ri to’rtburchak, ellips shaklidagi mato liboslar kiyib yurishgan. SHu tarzda mato-liboslarning himoya va ijtimoiy vazifasi kengayib, o’zgarib borgan.
Qadimgi yunonlarning “xiton”, “gimotiy” va “xladima” kabi liboslari, etrusklarning “tebena” plashi, qadimgi rimliklar kiygan “stol” va “palla” kiyimlari, qadimgi Hindiston liboslari hozirgi paytgacha deyarli o’zgarishsiz qolgan.
Belga o’raladigan erkaklar “dxoti” (2-5 m, uzunlikdagi yaxlit mato bilan oyoq va bel qismi turli usullar bilan) va 20 dan ortiq usulda o’raladigan, turli shaklda buklanadigan “nivi”, buklanish shakllari, “sari” kabi uchlari bog’lab qo’yiladigan an’anaviy ayollar liboslari qadimiy liboslardir. Bosh kiyimi “salla” ham o’raladigan qadimiy liboslardan biridir. Mato o’rashning turli-tuman va murakkab usullari kishilardan uni o’rganish, o’zlashtirishni taqozo etgan. Bunday liboslarda hozirgi bog’ich, qayish va ilgaklar qo’llangan.
Kishilar asrlar davomida liboslarni erkin harakatlanish uchun qulaylashtirishga, ularning elastik xususiyatlarini oshirishga harakat qilishgan. Qadimgi Misrda kalaziris, gotika va uyg’onish davrida paypoq triko, hozirgi trikotaj kabilar kashf etilishi misol bo’ladi. Tananing egiladigan joylarida matoning badan holatiga muvofiq shaklini saqlab qolish xususiyatlari (plisirovka, buklam) misrliklar kiyimi (sxenti), xitoyliklar “plaxta” si (plisselangan yonlari) hind yubkalari, arablarning buklami uzun yubkalari, yaponlarning “xakama”si, “jyustokora” yon choklarida, “vatto” buklami liboslarining qat-qat burmalarida o’z aksini topdi.
Dastlab Samarqand liboslari oddiy bo’lgan, Sidirg’a matodan tikilgan choponlarga ham kashta tikilmagan. XVI asrga kelib butun Temuriylar imperiyasiga mo’yna bilan qoplangan (sirlangan) chopon paranji kiyim rusum bo’lgan. XII asrdan boshlab Samarqandda ham Buxoro choponlariga o’xshagan liboslar kiyishgan, faqat ular sidirg’a matodan bezaksiz tikilgan. YOshi o’tgan ayollar libosi to’piqqacha uzunligi va keng lozimi, ustki kiyimining beli bog’langanligi bilan farqlangan. Keyinchalik kashta bilan bezatish ham urf bo’la boshlagan. Beliga sal yopishib turadigan astarli chopon (rumcha)ni kiyar edilar.
Samarqandda mursakni (munisak) deyishgan. Munisakni engini tor qilib, kaftgacha uzun qilib tikishgan. Englari ham keng, kaftni berkitib turadigan uzun bo’lgan. Ba’zan englari boshqa qimmatbaho matodan tikilib kashta bilan bezatilgan. Ko’ylakni qavatlab kiyishgan. Ayollar qo’lini ko’ksiga qo’yganda engining hashamdorligi va ko’ylaklar soni to’liq qo’ringan.
Marjon, bozband, tumor, zirak, uzuk, tillaqosh, zebigardon, sochpopuk, osma bezak taqishgan. Sochlari oldiga tushmasligi uchun ro’mol ostidan boshga sochpopuk (kulyuta) yoki chochkat kiyishgan. Oyoq kiyimlari etik (chakma), nimetik (nimchakma) va mahsi-kavush bo’lgan.
Xorazmda ayollarning ichki kiyimi uzun engli oq ko’ylak (kurta) bo’lgan. Uning ustidan boshqa rangli ko’ylak (pirahan)ni kiyishgan. Piragan boshiga (jegede) yopishgan. Matosining rangiga o’xshagan ipakda gullar tikilgan ipak ro’mol-farang ro’mol, burchaklariga guldasta va qoq o’rtasiga lentali gulbezak solingan chorgul ro’mol, gulnaqshli kashmiri-shol ro’mollar o’rashgan.
Janubiy Xorazmda lachak o’rash usuli o’ziga xos bo’lgan. Taqiyado’zi, mo’yna bilan chekkasi bezatilgan do’ppisimon qalpoqlar kiygan, peshaband to’qishgan. Zeb-ziynatlari xilma-xil bo’lib, soch, bosh, peshona, chakka, quloq, burun, bo’yin, ko’krak, bilak, barmoq, belga taqishgan.
Surxondaryolik ayollarning ko’ylagi to’g’ri bichiqli, ba’zan etagi kengaygan bo’lib, uzunligi to’piqqacha tushgan. Qizlar ko’ylagining yoqa o’mizi ko’ndalang tikilib, chetlari boshqa rangdagi mato yoki tasma bilan tikib chiqilgan.
Turmushga chiqqqan ayollar ko’ylagi bola emizishga qulay bo’lishi uchun yoqa o’mizi tik qilib tikilgan. Boshiga salla (bosh)ni lachak ustidan o’rashgan. Boshiga jelagiga o’xshagan kultani tashlab yurishgan.
XIX asr oxirida to’g’ri bichiqdan tashqari ulama ko’krak, burmali liboslar paydo bo’ldi. Bunday bichiqlar xozirgi paytda ham milliy kiyimlarning asosiy shakllari hisoblanadi.
Buxoro liboslari serhasham va bashangroq bo’lgan. Liboslar zardo’zi kashta va boshqa gazmolni qo’shib tikish yo’li bilan bezatilgan. Kiyimlarning matolari qimmatbaho, rang-barang bo’lgan. Ayollarning chuqur old yoqa o’mizi yuqorisida bitta katta tugma qadaladigan, bo’yi sal qisqargan, poychasi toraygan lozimi ko’ringan.
Marvarid va noyob toshlar asosan aslzodalar, saroy xonimlari uchun ishlangan. O’rtahol aholining ko’proq oltin va kumush suvi yuritilgan tosh va shishachalar bilan bezatilgan taqinchoqlar rusum bo’lgan Qo’li kaltaroq oila ayollari kumush, mis, birinj va shishalardan ishlangan zargarlik buyumlari bilan qanoatlangan.
Inson libosining tarixiy taraqqiyoti moda bilan uzviy bog’liqdir. SHuning uchun kiyim va moda o’rtasiga tenglik alomati qo’yiladi. Har bir davr o’zining estetik didini yaratadi. CHunki inson vujudi mangu go’zallikni izlashda moda ashyosi bo’lib qolganidek, kiyim tananing ayrim qismlarini yashirib yoki ta’kidlab turadi.
Moda avlodlarning fikr va g’oyalarini ifodalovchi vosita, til bo’lib qoladi. Bugun u ikki yo’nalishda talqin etiladi. Birinchisi-oliy moda bo’lib, unda har bir andoza yuksak badiiy asar sanaladi. U ijodiy ruh ifodasini nomoyon etadi. Ikkinchi yo’nalish “Preta-porte”, yani mualliflik majmuasiga kiradigan kundalik kiyimlarni yaratishdir. Matolarning takomillashib borishi har ikkala yo’nalishdagi modelьerlar uchun tayanch nuqtasi bo’lib qoladi. Ular elastikligi, g’ijimlanmasligi, namni va changni o’ziga tortib olmasligi, shaklini asrashi kabi xususiyatlari bilan xaridor talabiga javob berishi kerak.
O’zbekistonda moda taraqqiyoti haqida gap ketganda, aytish kerakki, endilikda unga munosabat tamoman o’zgardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |