Yirik markazlari: Sankt-Peterburg, Novgorod, Pskov va boshqalar;.
3. Shimoliy iqtisodiy rayon. Xududi 1466,3 ming km2, axolisi 5,9 mln. kishi. Xo`jalik ixtisoslashuvida qazib beruvchi va o`rmon sanoati etakchi o`rin tutadi. Rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoati rivojlangan. Bug`uchilik, baliqchilik (baliqchilik sanoati). janubda-em-xashak ekinlari asosida sut chorvachiligi etakchi o`rin tutadi. Kanop etishtiriladi.
Yirik markazlari: Murmansk, Arxangelsk, Vologda, Petrozavodsk, Sktvkar, Kondapoga, Segeja, Kotlas, Vorkuta va boshqalar.
4. Markaziy qoratuproq iqtisodiy rayoni. Hududi 167,7ming km2, aholisi 7,9 mln. kishi. Rayonda metallurgiya, mashinasozlik sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo`jaligi (donli va texnika ekinlari: bug`doy, makkajuxori, arpa, roj, qand lavlagi va kungaboqar), kartoshka va sabzavot, bog`dorchilik va shahar a atrofi xo`jaligi, chorvachilik rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |