Mavzu: Rossiyaning iqtisodiy-geografik tavsifi Kirish. I. Rossiya federatsiyasiga umumiy geografik tavsif



Download 2,09 Mb.
bet13/32
Sana15.02.2022
Hajmi2,09 Mb.
#449809
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
Rossiyaning iqtisodiy-geografik tavsifi KURS ISHI

Qishloq xo`jaligi. Rossiya 1707,5 mln. ga yer fondiga ega bo`lib, haydaladigan yerlar, o`ta, yaylov va ko`p yillik daraxtlar (bog` va uzumzorlar) 209,0 mln. ga dan iborat va qishloq xo`jaligiga yaroqli maydon jixatidan dunyoda 3-o`rinda (Xitoy va AQSH) turadi.
Bugungi kunda qishloq xujaligida individual-xususiy, kollektiv (koperativ) va davlat korxonalari shakllandi. Indavidual-xususiy xo`jaliklar yordamchi va fermer xo`jaliklardan iborat. Qishloq xo`jaligi korxonalarida yerdan foydalanishda fermer xujaliklarida individual (xususiy) va ijara shakli keng tar­iflagan.
Yerlarni qayta bo`lish jarayonida shaxsiy yordamchi xo`jaliklar roli ortib bormoqda va qishloq xo`jaligi maxsuloti qiymatida 37 % ga etdi. Kollektiv bog`dorchilik, sabzavotchilik, shaxsiy yordamchi xujaliklar va dalahovli qurilishlari uchun yer ajratish davom etmoqda. Ayni vaqtda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishidagi murakkab qiyinchiliklar Rossiyani katta imkoniyatlar o`lkasi bo`lishiga qaramay, ko`plab qishloq xujaligi mahsulotlarini import qilishga majbur qilmoqda. Rossiya xukumati mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ko`llab-quvvatlash maqsadida qishloq; xo`jaligida agrar islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yirik qo`lamda assignasiyalar ajratmoqda. Ayni vaqtda xorij investorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tadbirlarini ham amalga oshirmoqda.
Rossiyada tabiat zonalariga qishloq xujaligi ishlab chikarishi (shimoldan-janubga tomon), ya'ni tundra va o`rmon-tundrada – bug`uchilik, ovchilik va balikchilik bilan uygunlashgan x.olda, taygada chorvachilik, tayga janubi va aralash urmonlar zonasida (Nokrra tuproq mintaqasi) kanop, donli (bug`doy, arpa, roj, tariq) va em-xashak ekinlari, kartoshka va sabzavotchilik, sut, sut-go`sht chorvachiligi, bog`dorchilik, yirik sanoat markazlari atrofida cho`chqachilik va parrandachilik, G`arbiy Sibir janubida donli ekinlar va sut chorvachiligi, o`rmon-cho`l zonalarida ziroatchilik yetakchi soxa bo`lib, donli va texnika ekinlari (bug`doy, roj, tar, kand lavlagi, kungaboqar, makkajuxori, kartoshka, ildiz mevalilar), yirik shoxli xayvonlar, chuchqachilik va parrandachilik rivojlangan.
Rossiyaning Yevropa qismi cho`l mintaqalarida (Kuban, 1/rta Povolje, Janubiy Ural) bug`doy va makkajuxori, chorvachilik, G`arbiy Sibir ra­yonlarida bug`doy, tabiiy yaylovlarida Go`sht-sut chorvachiligi,qurg`oqchil rayonlarida qo`ychilik va sut-go`sht chorvachiligi, Uzoq Sharqning Primore o`lkasida musson iqlimi alohida dexdonchilik - sholichilikni, cho`l va chala cho`llarda (Volgabo`yi va Dogaston) go`sht-jun yo`nalishidagi qo`ychilik, tog`li rayonlarda (Kavkaz, Oltoy, Sayan va bosh.) tog`-yaylov chorvachiligi rivojlangan, subtropik zona (Krasnadar o`lkasining Qora dengiz bo`yida) tamaki, choy va subtropik mevachilikka ixtisoslashgan. Shaxar va sanoat markazlarida shahar atrofi xo`jaligi (sabzavot, rezavorlar, gulchilik, sut-go`sht, parrandachilik, cho`chqachilik va baliq yetishtirish (sun'iy ko`llarda), teplisa xo`jaliklari) shakllangan mulkchilikning kollektiv uyishgan (ulush), va shaharlar axolisining qishloq, xujaligi maxsulotlari bilan ta'minlaydi.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulot qiymatining 40,0 % dehqonchilik va 60,0 % chorvachilikka to`g`ri keladi. Dehqonchilikda donli ekinlar (55 mln. ga) yetakchi o`rin tutadi. Donli ekinlar tarkibida bug`doy, roj, arpa, tar, grechixa, makkajuxori, dukkaklilar - , loviya, yasm, soya asosiy o`rin tutadi. Donli ekinlar tarkibida bug`doy eng ko`p ekiladi (24,0 mln. ga, yillik xosil 80-85 mln. t, ba'zi yillari 100 mln. t). Shimoliy Kavkaz, G`arbiy Sibir janubi, Markaziy Qoratuproq va Uralning janubiy rayonlari tovar bug`doy etishtiruvchi asosiy rayonlardir. Arpa, tarik,, roj etishtirish bo`yicha Rossiya dunyoda 4-o`rinda (Xitoy, AQSH, Hindiston) turadi. Makkajuxori don uchun (Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayon) mintaqasida silos uchun etishtiriladi. Grechka, tariq va sholi asosiy oziq-ovqat ekinlaridan. Yiliga Rossiya 0,8 mln. t grechika oladi. Sholi Shimoliy Kavkaz, Povolje, Primorsk o`lkasida yetishtiri­ladi va ekin maydonlaridagi xissasi 0,2-0,3 % ni tashkil qiladi.
Texnika ekinlaridan kungaboqar Markaziy qoratuproq Shimoliy Kavkaz, Povolje, Ural, Garbiy Sibir (janubi), soya Uzoq Sharqda (Amur viloyati, Primorsk va Xabarovsk o`lkalarida) yetishtiriladi. Kanop Shimoli-G`arbiy, Shimoliy (Vologda viloyati), Markaziy (Kostroma va Yaroslavl viloyatlari) iqtisodiy rayonlarida ekiladi va dunyoda etakchi o`rinda turadi. Qand lavlagi asosan shakar olish uchun Markaziy qora-tuproq (mamlakatdagi 50 % xosil to`g`ri keladi), Shimoliy Kavkaz (25 % yalpi xosil) va Volga bo`yi (10 %) Markaziy, Volga-Vyatka, Ural, Garbiy Sibir (janubi) va Uzoq, Sharq iktisodiy rayonlarida etishtiriladi.
Kartoshka 3 mln. ga dan ortiq yerga ekiladi va yiliga 40,0 mln. t dan ortiq yalpi xosil olinadi (dunyoda 1 –o`rinda) va asosan Volga-Vyatka va Markaziy iqtisodiy rayoniga (30 % ortiq ekin maydonlari) to`g`ri keladi.
Chorvachilik yirik shoxli hayvonlar, chuchqachilik, tuychilik va echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik, baliqchilik tarmoqlaridan iborat. Shuningdek, yilqichilik (Buryatiya, Oltoy, Tuva va bosh), bug`uchilik (Chekka Shimol), asalarichilik (Boportoston, Uzoq SHarq Rossiya Federatsiyasi va parrandachilik (Sibir, Uzoq Sharq} rivojlangan. Chorvachilikda ham dehdonchilik kabi zonal ixtisoslashuv xarakterli. Qo`ychilik va echkichilik cho`l zonasi va to`g oldi rayonlarida (jun va yung uchun), sut, sut-go`sht chorvachiligi o`rmon, o`rmon-cho`l va cho`l zonalarida tarqalgan. Ayni vaqtda keyingi yillarda sut va go`sht chorvachiligi sezilarli o`zgarishlar (chorva bosh sonlartshing qisqarishi va xayvonlar mahsuldorligining kamayishi, sut va go`sht yetishtirishning qiskarishi) amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar bilan bog`liq.



Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish