Daryo transporti. Rossiya daryolar mamlakati bo`lib, asosiy daryolarning ko`pchiligi kema qatnovi uchun juda qulay. Ichki suv yullarining uzunligi 80 ming km.
Volga-Kema daryo xavzasi iqtchisodiy jihatdan katta o`rin tutadi va Rossiyaning Yevropa Volga-Baltika, Belomor-Baltika va Volga-Don kanallari orqali (kemalar qatnaydi) bog`lanishi tufayli Volga daryosi yagona suv tizimi sterjiniga, Moskva esa 5 ta dengiz daryolari portiga aylandi.
Rossiyaning Yevropa shimolida Suxona, Shimoliy Dvina irmoqlari bilan, Onega, Svir, Neva, Sibir va Uzoq Sharada Amur, Yenisey, Lena, Ob va uning irmoqlari kema katnovi uchun qulay bo`lib, ularda don, baliq, o`rmon (yogoch), ko`mir, metall va jixozlar, oz-ovqat mahsulotlari va boshqa yuklar tashiladi.
Quvur transporti mamlakat i ransport tizimida asosiy o`rin tutadi va yuk aylanmasidagi hissasi ortib bormoqda. Magistral quvur trassalarining uzunligi 210 ming km dan ortadi. Yangi transkontinental quvur trassalari loygsalari tez sur'atlarda amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |